O‟zbekiston respublikasi qurilish vazirligi mirzo ulug‟bek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafidan - 3 sm, pastdan va tepadan



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana16.08.2021
Hajmi0,88 Mb.
#149265
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Uslubiy korsatma

Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafidan - 3 sm, pastdan va tepadan 

- 2 sm, o„ngdan – 1,5 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir varaqda 28-30 

qator  yozuv  bo„lishi  zarur  (5-ilovaga  qarang).  Bunday  cheklovlar  kurs  ishi 

hajmining  sun‘iy  ravishda  orttirib  yuborilishiga  yo‗l  qo‗ymaslik  maqsadida 

belgilanadi.  Varaq  tagiga  tipografik  sharoitda  tayyorlangan  yo‗l-yo‗l  qog‗oz  qo‗yib 

yoziladi, varaqning o‗ziga matn yozish uchun to‗g‗ri chiziqlar chizish yoki printerda 

chiziqlar chizilgan varaqlarga yozish tavsiya etilmaydi. 

Kurs  ishining  barcha  betlari  rejadan  boshlab  oxirgi  betigacha  tartib  bilan 

raqamlanadi.  Birinchi  bet  titul  varag‗i  hisoblangani  uchun  unga  raqam  qo‗yilmaydi. 

(4-ilova) 

1-betda odatda kurs ishining rejasi aks ettiriladi va bu bet ham raqamlanmaydi, 

shuningdek,  uning  boshiga  kurs  ishi  mavzusini  yozib    qo‗yish  shart  emas,  bu  betda 

―Reja‖ degan so‗zdan keyingi qatorda rejaning qismlarini aks ettirish kifoya. Kirish 

qismi bayoni 3-betdan boshlanadi va bu betga ―3‖ raqami qo‗yiladi va hokazo. Tartib 

raqami varaqning pastki tomonining o‗rtasiga qo‗yiladi. 

Kurs ishi bo‗lim (savol) larining har biri yangi varaqdan boshlanadi va bo‗limning 

nomlanishi  rejada  qanday  bo‗lsa,  o‗zgartirishsiz  shundayligicha  varaq  satrining  o‗rtasiga 

yoziladi.  Sarlavhalarni  yozishda  so‗zlarni  bo‗g‗inlab  ko‗chirishga  ruxsat  berilmaydi, 

shuningdek,  sarlavha  oxirida  nuqta  qo‗yilmaydi.  Sarlavhaning  tagiga  chizib  yozishga 

ruxsat  etilmaydi.  Har  bir  sarlavhadan  oldin  bo‗limning  tartib  raqami  arab  raqami  bilan 

belgilanadi va raqamdan so‗ng nuqta qo‗yiladi. Agarda rejada belgilangan savollar kichik 



14 

 

savollarga bo‗lingan bo‗lsa, u  holda bu  savolchalar sarlavhasi ko‗p pog‗onali raqamlash 



qoidasiga ko‗ra ―1.1.‖, ―1.2.‖ shaklida raqamlanadi. 

Kirish,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yxati  ham  yangi  varaqdan  boshlab 

yoziladi  va  raqamlanmaydi.  Kurs  ishining  asosiy  qismi  bo‗limlari  nomlari,  shuningdek, 

―Kirish‖,  ―Xulosa‖,  ―Foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yxati‖  so‗zlari  bir  xilda  varaqning 

yuqori  qismining  o‗rtasiga,  matn  esa  sarlavhadan  keyin  bir  qator  tashlab,  keyingi  qator 

xatboshidan katta harf bilan boshlab yoziladi. 

Illyustrativ  materiallar,  masalan,  rasmlar,  diagrammalar  ko‗rish  uchun  qulay 

tarzda  joylashtirilishi  kerak.  Kurs  ishiga  PowerPoint  dasturida  tayyorlangan  tayyor 

slaydni  joylashtirishga  ruxsat  berilmaydi,  slayddagi  materialni  Word  dasturida 

tayyorlab,  so‗ngra  kurs  ishi  matniga  kiritish  maqsadga  muvofiq,  chunki  PowerPoint 

dasturida  tayyorlangan  slaydlar  taqdimot  qilish  uchun  mo‗ljallangan,  unda  qisqa 

ma‘lumotlar,  bog‗langan  blok-chizmalar,  rasmlar,  boshqa  rangli  tasvirlar  bo‗ladi, 

kurs  ishi  esa  ma‘lum  talablar  asosida  tayyorlangan  jiddiy  ilmiy    ish  bo‗lib,  agar 

kafedra tomonidan  kurs ishi  himoyasi  taqdimot  ko‗rinishida  amalga  oshirilishi  talab 

etilsagina,  PowerPoint  dasturida  tayyorlangan  taqdimotni  printerda  chop  etib,  kurs 

ishiga ilova qilishingiz mumkin. 

Barcha  surat  (grafik,  chizma,  diagramma)lar  bo‗lim  bo‗yicha  ketma-ket  arab 

raqamlari  bilan  ―1-rasm‖,  ―2-rasm‖  shaklida  raqamlanadi  (kurs  ishining  ilovalarida 

keltirilgan suratlar bundan mustasno) va rasmga izoh beruvchi yozuvdan nuqta bilan 

ajratiladi  (grafik,  chizma,  diagrammalarni  rasmiylashtirish  tartibi  7-ilovada 

ko‗rsatilgan). 

Raqamli materiallar jadval ko‗rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir jadval 

sarlavhaga  ega  bo‗lishi  kerak.  Sarlavha  bosh  harf  bilan  boshlanadi,  sarlavhaning 

tagiga chizilmaydi. 

Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‗rtaga yozilishi tavsiya etiladi. Jadval 

ustunlarining  sarlavhalari  bosh  harflar  bilan,  sarlavhachalar  esa,  agar  ular 

sarlavhadagi gapning davomidan iborat bo‗lsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil 

bo‗lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak. 

Ko‗plab  ustunlardan  iborat  bo‗lgan  jadvalni  qismlarga  bo‗lish  va  bir  qismni 

ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. 

Kurs  ishining  bo‗limlari  tarkibidagi  jadvallar  izchil,  ketma-ket  arab  raqamlari 

bilan belgilanadi. Masalan: ―1-jadval‖, ―2-javdal‖ va h.z. 

Jadvalning biror qismi ishning keyingi betiga o‗tish holatlarida ―jadval‖ so‗zi, 

uning  tartib  raqami  va  sarlavhasi  bir  marta  jadvalning  bosh  qismi  ustida  ko‗rsatilib, 

keyingi betga o‗tgan qismlar ustiga ―davomi‖ degan so‗z yoziladi. 

Kurs  ishini  yozish  davomida  foydalanilgan  manbalarga  havola(―snoska‖)larni 

satr osti eslatmalarida keltirish lozim. Havola har bir betda 1 raqamidan boshlab tartib 

bilan, sanoq ketma-ketligida, arab raqamida keltirilishi lozim. 




15 

 

Havolalar quyidagi holatlarda qo‗llaniladi: 



  matnda qo‗llanilgan hujjat yoki ta‘rifni tasdiqlash uchun; 

  foydalanilgan adabiyotlar va birlamchi manbalarni ko‗rsatish uchun; 



  matnda  keltirilgan  biror  muammo,  xulosa  yoki  taklifning  olingan  adabiyoti 

yoki boshqa manbasini ko‗rsatish uchun; 

  davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirilganda; 



  statistik ma‘lumotlar va to‗plamlardan iqtibos keltirilganda; 

 

me‘yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda va boshqa holatlarda. 



Har  bir  betda  havolalar  ko‗payib  ketmasligi,  iloji  bo‗lsa,  bir  betda  uchtadan 

ko‗p  havola  ishlatmaslikka  harakat  qilish  kerak.  Rasmlar  va  jadvallarga  qilingan 

havolalar sarlavhaning oxirgi so‗ziga qo‗yiladi (7-ilovaga qarang). 

Adabiyotlarni  rasmiylashtirish  tartibi,  ya‘ni  foydalanilgan  manbaning  nomi, 

muallifi,  nashriyotning  nomi,  nashr  etilgan  yili  va  hajmi  kabi  ma‘lumotlarni 

adabiyotlar ro‗yxatida qanday tartibda keltirish lozimligi quyida ko‗rsatilgan

3



Mazkur  qo‗llanmaning  8-ilovasidagi  adabiyotlar  ham  kurs  ishini  bajarishda 



foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yxatini  rasmiylashtirish  tartibiga  to‗liq  rioya  qilingan 

holda keltirilgan. 

Agar kurs ishida ilovalar mavjud bo‗lsa, u holda ular foydalanilgan adabiyotlar 

ro‗yxatidan  keyin,  har  bir  ilovani  yangi  betning  o‗ng  yuqori  burchagiga  ―Ilova‖ 

so‗zini  yozgan  holda  keltirish  tavsiya  etiladi.  Agar  kurs  ishida  bittadan  ko‗p  ilova 

bo‗lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, ―1- ilova‖, ―2-ilova‖ 

va  h.z.  Kurs  ishi  matnida  bu  ilovalarga  havolalar  bo‗lishi  kerak  va  ular  ―1-ilovaga 

qarang‖,  ―2-ilovada  keltirilgan‖  kabi  so‗zlar  bilan  ko‗rsatiladi.  Hajm  jihatdan  katta 

jadvallar, rasmli illyustratsiyalar, shuningdek, korxona va tashkilotlar, moliya, soliq, 

organlarining ma‘lumotlari kurs ishiga ilova tarzda keltirilishi maqsadga muvofiq. 

Kurs ishining rejasi ma‘lum ma‘noda mundarija vazifasini o‗taydi, shu sababli, 

agar  kurs  ishiga  ilovalar  keltirilgan  bo‗lsa,  rejadagi  ―Foydalanilgan  adabiyotlar 

ro‗yxati‖ so‗zlaridan keyingi qatoriga ―Ilovalar‖ degan so‗z kiritilishi kerak. 

 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish