5
UMUMIY QOIDALAR
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani echish vazifasi qo‗yilishi muhimdir.
Tadqiqot ob‘ekti sifatida muayyan bir bozor ob‘ekti yoki firmalar olinishi mumkin.
Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan bog‗langan bir nechta masalalarni nazariy va
amaliy chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishiga va
sababiy bog‗liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratining shakllanishiga olib
keladi.
Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas‘uliyatli vazifalardan
biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo‗yiladigan umumiy talab –
ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog‗liqligidir.
Ular hozirgi zamon talablari va qishloq xo‗jaligini rivojlanish tendensiyalari
istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Kurs ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo‗lishi va
ob‘ekt to‗g‗risida eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy yo‗nalishida tahlil
qilinishini nazarda tutishi lozim. Kurs ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini
va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta‘lim va madaniyatning
istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‗quv jarayonida olgan nazariy
bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi,
keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi,
rasmiylashtirishga qo‗yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan
holda bayon qilish tajribasiga ega bo‗lishi juda muhimdir. Bo‗lajak iqtisodchi-
mutaxassis o‗z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini
ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‗z o‗rnida to‗g‗ri
ishlata bilishi, kerakli ma‘lumotlarni to‗play olishi va qayta ishlay olishi, ularni
atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va ma‘lum
ma‘noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. Ayrim iqtidorli
talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha chuqur va keng qamrovli
ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning mustaqil ravishda bajargan kurs ishlari
talabalar ilmiy to‗garaklarida, ilmiy konferensiyalarda va tanlovlarda ilmiy
ma‘ruza qilish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Kurs ishida tavsiya etilgan adabiyotlarni, ayniqsa, iqtisodiy ta‘limotlar
klassiklari asarlarini, prezident asarlari, iqtisodiy ta‘limotning ko‗zga ko‗ringan
horijiy va milliy namoyandalarining asarlari va ma‘ruzalarini chuqur o‗rganish
natijalari (tegishli havolalarda) aks ettirilsagina, mazkur kurs ishi unga
qo‗yiladigan zamonaviy talablarga javob bera oladi. SHuningdek, ishda nafaqat
mamlakat ichki institutsional tuzilmalarining, balki tashqi kuzatuvchilar, BMT,
Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlarning,
6
xalqaro va umummilliy tashkilotlarning tegishli ma‘lumotlarini keltirish, ularni tahlil
qilish natijalarini aks ettirish yuqori baholanadi.
Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‗z
ichiga oladi:
1. Kurs ishi mavzusini tanlash. Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim
va mas‘uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga
qo‗yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari
va muammolari bilan bog‗liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
2. Mavzuga doir bibliografiya va me‘yoriy, qonuniy hujjatlar, yo‗riqnomalar
yig‗ish.
3. Kurs ishining rejasini tuzish.
4. Kurs ishiga rahbarlik qiluvchi professor-o‗qituvchi bilan ishlab chiqilgan rejani
kelishish.
5. Kurs ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.
6. Kurs ishini himoyaga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: