KIRISH
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada
chuqurlashtirish, uning ko‗lamini kengaytirish bilan bog‗liq masalalarning nazariy va
amaliy tomonlarini o‗rganishda ―Mikroiqtisodiyot‖ fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida
iste‘molchilar talabining o‗zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar
narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul
qilish shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog‗liq talab va taklif elastikligining
mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya‘ni tovarlarga minimal va
maksimal narxlarni o‗rnatish va uning oqibatlari bilan bog‗liq tushunchalar va
qarashlar hamda tizimiy tahlil qilishda ―Mikroiqtisodiyot‖ fani alohida o‗rin tutadi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta‘kidlab o‗tganlaridek: ―Biz tabiiy, ishlab
chiqarish va inson resurslariga g‗oyat boy bo‗lgan mintaqamizda transport, savdo,
investitsiya, energetika va yuksak texnologiyalar sohalaridagi loyihalarni amalga
oshirishni nazarda tutamiz‖
1
. Bu iqtisodiyotimizni tayanchi bo‗lgan korxona,
firmalarning faoliyatiga bog‗liqdir. Bunda boshqa korxonalar bilan bir qatorda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham alohida o‗rin tutmoqda.
―Mikroiqtisodiyot‖ fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor
narxini shakllanish mexanizmlarini va bozor sub‘ektlarining iqtisodiy faoliyatini
o‗rganadi.
Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo‗lishi, nazariy bilimlarni
amaliy vazifalar bilan bog‗lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o‗z
ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi
uchun mazkur fandan kurs ishini bajarish talab etiladi.
Bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv jarayonining zarur elementi – ushbu
yo‗nalishlar o‗quv rejasida ko‗zda tutilgan asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish
hisoblanadi va talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish ko‗nikmalarini
tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur o‗rganish, nazariy
bilimlarni amaliyot bilan bog‗lash, ilmiy, nazariy va amaliy xulosalarni
shakllantirish va pirovardida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega.
Mazkur uslubiy ko‗rsatma Oliy ta‘limning bakalavriat yo‗nalishiga
mo‗ljallangan o‗quv rejaga mos holda, 2-kurs bakalavriat asosiy fanlaridan
―Mikroiqtisodiyot‖ fanidan kurs ishlarini bajarish bo‗yicha tavsiyalar va tartib-
qoidalarni o‗z ichiga oladi.
Kurs ishida talabaning oliy o‗quv yurtida tahsil olishi davomida to‗plagan
nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мизиѐевнинг ―Бир макон, бир йўл‖ халқаро форумида сўзлаган нутқи.
4
qurollanish darajasi, malaka va ko‗nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini
echishga qay darajada qo‗llay olishi orqali namoyon bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |