O’zbekiston Respublikasi Qonuni Pedagog xodimning maqomi to’g’risida ql-1037/20-3 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Pedagog xodim faoliyatiga nisbatan cheklovlar



Download 27,78 Kb.
bet7/13
Sana23.07.2022
Hajmi27,78 Kb.
#841053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
qarorlar

16-modda. Pedagog xodim faoliyatiga nisbatan cheklovlar
Pedagog xodim:

  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ta’lim oluvchilarni kamsitish;

  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg’atuvchi axborot tarqatishga qaratilgan faoliyat olib borish;

  • ta’lim tashkilotlarida siyosiy guruhlar tuzish va siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish;

  • ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarini siyosiy harakatlarga jalb qilish;

  • qonunga muvofiq jinoiy va o’zga javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa harakatlarni sodir etish taqiqlanadi.

17-modda. Ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlariga nisbatan qo’yiladigan talablar va ularning asosiy vazifalari
Maktabgacha, o’rta maxsus, professional, oliy, oliy ta’limdan keyingi va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha davlat ta’lim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasida kamida besh yil pedagogik ish staji va umumiy o’rta ta’lim muassasasi ko’rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo’yicha o’z dasturiga ega oliy ma’lumotli nomzod umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori lavozimiga tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori lavozimiga tanlov xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan o’tkaziladi va tanlov natijalariga ko’ra g’olib deb topilgan nomzod tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlanadi.
Quyidagilar umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ta’lim tashkilotlari vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • maktab o’quv-tarbiya jarayonini innovatsion va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali tashkil etish va rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo’nalishlarini belgilash;

  • o’z o’rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;

  • pedagog xodimlar salohiyatini oshirish va rag’batlantirish choralarini ko’rish;

  • o’z vakolatlari doirasida ta’lim tashkilotlarining barcha xodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;

  • ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari ko’rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, o’quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va ta’lim tashkilotlari faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha takliflar kiritadi;

  • pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.

Umumiy o’rta ta’lim ta’lim tashkilotlari rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktorining umumiy o’rta ta’lim muassasasi ko’rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo’yicha o’z dasturida ko’rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi to’g’risidagi yil yakunlari bo’yicha hisoboti xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitiladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktoriga intizomiy jazo qo’llash va uni ish beruvchining tashabbusiga ko’ra lavozimidan ozod etish masalalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasasining direktori lavozimiga nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlov asosida tayinlash va nomzod tomonidan umumiy o’rta ta’lim muassasasi ko’rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo’yicha o’z dasturini taqdim etish tartibi va ularning faoliyatini baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat ta’lim tashkilotlari rahbarlariga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi, shuningdek ularning asosiy vazifalari qonunchilik hujjatlariga, o’z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 27,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish