O`zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" haqida ma`lumot Reja: Qiqil kitob va uning o’rni. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. O’zbekiston "Qizil kitobi" Kelajak oldidagi burchimiz


-rasm. O`g`izdan - og`izga usulida sun`iy nafas oldirish



Download 306,18 Kb.
bet17/19
Sana31.12.2021
Hajmi306,18 Kb.
#252016
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
botanika anatomiya

5-rasm. O`g`izdan - og`izga usulida sun`iy nafas oldirish.

 

Nafas olish a'zolarining kasalliklari

Nafas olish a'zolarining kasalliklari ikki turga bo'linadi: 1. Nafas olish a'zoJarining yallig'lanish kasalliklari. 2. Nafas olish a'zo¬Jarining yuqumli kasalliklari.
Nafas olish a'zolarining yallig'lanish kasalliklari. Nafas olish a'zolarining har bir qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shiIliq parda tashqi ob-havo haroratining o'zgarishi, havo tarkibidagi chang zarrachalari, kimyoviy moddalar ta'sirida yallig'lanishi mumkin. Nafas olish a'zoJarining ayrim qismlari, ya'ni burun, tomoq, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o'pkaJaming har biri alohida yal¬Iig'lanishi yoki uJaming hammasi bir vaqtda yallig'lanishi mumkin. Shunga ko'rn, yuzaga keJadigan kasallik belgilari turlicha bo'ladi.
Burun ichki shiUiq pardasining yallig'lanishi (rinit) odamda aksa urish, burundan suv oqishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda o'rta quloq bilan burun¬halqum bo'sWiqlarini tutashtirib turuvchi yevstaxiy nayining shilliq pardasi ham yallig'lanishi tufayli o'rta quloq bo'sWig'ida havo bosimi o'zgaradi. Buning natijasida ayrim hollarda quloqning no¬g'orasimon pardasi yallig'lanadi, taranglashib og'riydi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Tomoq shilliq pardasi yallig'langanda (jaringit) tomoqda, og'riq seziladi, ovqat yutish qiyinlashadi. Ko'pincha tomoqdagi bodomsimon bezlar ham yallig'lanadi. Bu kasallik angina deb ata¬ladi. Bunda bemor darmonsizlanadi, tana harorati ko'tarilishi mumkin. O'z vaqtida davolash tadbirlari ko'rilmasa, tomoq bez¬laridagi mikroblar limfa va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlami zararlashi mumkin. Hiqildoq shilliq pardasining yallig'lanishi (laringit) odamda quruq va qo'pol, og'riqli yo'tal, tovushning bo'g'ilishi bilan ifodalanadi. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig'lanishi (traxeit va bronxit) ko'pincha birga sodir bo'ladi. Yo'talish, yo'talgan vaqtda to'sh suyagi orqa tomonining qirilib og'rishi, shilimshiq balg'am ajralishi bu kasallikning asosiy belgisidir. O'pka to'qimasining yallig'lanishi zotiljam kasalligi deb ataJa¬di. Bunda bemor yo'taladi, nafas olishi tezlashadi, ko'krak qafasida og'riq, darmonsizlik, tana haroratining ko:tarilishi kabi belgilar yuzaga keladi. O'pkani tashqi tomondan o'rab turuvchi plevra pardasining yallig'Janishi p/evrit deb ataladi. Plevrit ikki xii: quruq va ekssudatli bo'ladi. Quruq p/evritda plevra pardalari yallig'lanishi tufayJi ko'krak qafasida og'riq seziladi. Ekssudatli (ho 'I) p/evritda ikki qavat pJevra pardasi orasiga suyuqlik to'planadi. Bu suyuqlik o'pkani qisib qo'yishi tufayli bemoming nafas olishi qiyinlashadi, uning labJari ko'karadi, umumiy holati og'irlashadi. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari. Nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklaridan aholi o'rtasida ko'p uchray¬digani gripp va o'pka silidir.
Gripp.
 Bu kasallikni maxsus gripp viruslari qo'zg'atadi. Ular uch xii: (A, B, S) bo'ladi. Bulardan tashqari, adenovirus deb ataluvchi viruslar ham grippga o'xshash kasallikni keItirib chiqaradi.
Gripp kasalligi ko'pincha kuz va qish tasllarida tarqaladl. Ob¬havoning sovishi odamning nafas a'zolari yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Yallig'langan shilliq pardalarda esa viruslarning yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit tug'iladi. Bundan tashqari, kuz va qish fasllarida odamlar ko'proq yopiq binolarda bo'ladi. Bunda bitta bemordagi kasallik virusi ko'plab odamga yuqishiga sharoit yaratiladi. Virus asosan havo-nafas yo'llari orqali yuqadi.
Gripp kasalligi yo'talish, aksa urish, burundan suv oqishi, holsizlik, bosh og'rishi, tana haroratining ko'tarilishi, qo'l¬oyoqlarning qaqshab og'rishi, ishtaha pasayishi, ba'zida ko'ngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.
Gripp kasalligi bilan og'rigan bemor, kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq alohida xonaga yotqizilishi kerak. U ko'chaga chiqmasligi, hatto shifoxonaga ham bormasligi shart. Chunki bitta bemor o'nlab va yuzlab sog'lom odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Shuning uchun shifokor uyga chaqiriladi.
Bemorni parvarish qiluvchilar og'iz-burunlariga to'rt qavatli
doka niqob tutishlari zarur. Uning idish-tovoqlari, sochiq va boshqa buyumlari alohida bo'lishi shart. Xonaning eshik dastasiga xloramin yoki xlorli ohakning 0,5% li eritmasiga namlangan doka bog'lab qo'yiladi. Uning havosini tez-tez yangilab turish lozim.

Download 306,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish