Nafas olish a'zolari gigiyenasi
Nafas olish a'zolarining normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza qiIishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun avvalo har bir odam yosh¬likdan bosWab burun orqali nafas olishga odatIanishi kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi uchun u juda katta sathga ega (2 m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak) kasalligini yuzaga keltiruv¬chi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.
|
|
|
|
|
|
|
|
Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof¬muhit havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga kiradi. Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkak¬larning xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar ekan. Ular, ayniqsa, o'sma, surunkali bronxitkasalliklari bilan ko'p kasaJlanadi. Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zararlangan havodan nafas olganligi tufayli ularda nafas organlarining yaJlig'lanish va aJlergiya kasalliklari ko'p uchraydi. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok bo'ladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |