O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik



Download 2,24 Mb.
bet31/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

Aerodinamik xossalari. Bu xossalar donli xomashyodan engil aralashmalarni g‘alvirlar yordamida ajratib bo‘lmaganda e’tiborga olinadi. Bunday aralashmalar mahsulotdan havo oqimi ta’sirida ajratiladi. Aerodinamik xossalari turli bo‘lganligi natijasida donli xomashyodan engil aralashmalarning ajralishi yuz beradi.

Tabiiy qiyalik burchagi. Don massasi o‘zida turli xil komponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Oquvchanligi tufayli xomashyo massasi noriyalar, transportyorlar va boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. SHuningdek, xomashyoni bunkerlar, siloslar joylashtirish va o‘zi oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati asqotadi. Saqlash jarayonida oquvchanlik kamayadi.

Tabiiy qiyalik burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning qiya yuza bo‘ylab harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi.

Xomashyoning oquvchanligi darajasiga xomashyo massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkibi va tabiati ta’sir ko‘rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, o‘lchamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek, sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat.

Don massasining namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi kamayadi va aksincha, tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo‘yicha, o‘zi oqizar quvurlarning minimal og‘ish burchagi ishqalanish burchagidan 5-100 ga ko‘proq qabul qilinadi.

Bo‘r va tuzning sochiluvchan xossalarining o‘zgarishiga ulardagi namlik ta’sir ko‘rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo‘rning namligi 6 %gacha bo‘lganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo‘ladi.

Qovushqoqlik. Suyuq komponentlarning (melassa, yog‘, fosfatid konsentrati) texnologik xossalari, asosan, qovushqoqligi bilan belgilanadi. Omixta em sochiluvchan massasi bilan suyuq komponentni bir tekisda aralashtirish aynan qovushqoqlikka bog‘liq: qovushqoqlik qanchalik past bo‘lsa, aralashtirish shunchalik yaxshi kechadi. Melassa, yog‘, fosfatid konsentrati omixta em tayyorlashning texnologik jarayoniga kiritilganida isitiladi, chunki isitishda ularning qovushqoqligi kamayadi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish