O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet44/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Iflosliklar – maydalangan barglar, chanoqlar, g‘o‘za shoxlari va h.k. bular tolalarga yopishgan holda bo‘lib, ularni yo‘qotish ancha qiyin hisoblanadi.
Tolali o‘lik – paxta tozalashda paydo bo‘lgan uzuq tolalar, maydalangan xas-cho‘‘lar va yetilib pishmagan, tolalari turlicha ‘axmaygan chigitlardan iborat aralashma.
Kasallangan va zararlangan tolalar - g‘o‘za o‘simligi kasallangan bo‘lsa (biologik nuqson) va paxtani paxta zavodida hamda i’ yigiruv fabrikalarida ishlashda (mexanikaviy nuqson) hosil bo‘lishi mumkin.
Maydalangan chigit (chigit bo‘lakchalari – paxtani dastlabki ishlashda hosil bo‘ladi. Ular yanada maydalanib, tolalar yopishgan po‘stchalarga aylanishi mumkin. Bunday nuqson yigiruv fabrikalari uchun eng zararli nuqson bo‘lib, yigirilgan i’da ham uchrashi mumkin.
Tolalar yopishgan po‘stchalar - zararli nuqsonlardan hisoblanib, paxtani dastlabki ishlashda chigitlarning maydalanishi natijasida, titish va savash mashinalarida hosil bo‘ladi. Bular tolaga mahkam yopishib oladi va ularni ajratish ancha qiyin. Shuning uchun bunday nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini Aniqlab, ularni kamaytirish zarur.
Tugunchalar – chigallanib qolgan tolalarning kichik guru’’asi; paxtani dastlabki ishlashda va savash-tarash ‘rotsessida hosil bo‘ladi. Bunday nuqsonlar i’ yigiruv jarayonida ham tamoman yo‘q bo‘lmaydi.
Jingalaklar – bo‘shgina o‘ralashib qolgan tolalar guruhi. Bunday nuqsonlar tarash mashinasida taralganda yozilib ketishi mumkin.
Jgutiklar – bir – biriga mahkam o‘ralashib qolgan tolalar guruhi bo‘lib, ular i’ yigirishda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi va ularning bir qismi chiqindiga aylanadi, natijada i’ning chiqishi kamayadi.
Bunday nuqsonlarning ko‘pchiligi, asosan, paxtani dastlabki ishlashda hosil bo‘ladi, shuning uchun paxta tozalash zavodlarining ishini yaxshilash bunday nuqsonlari kamaygan tola yetkazib berishda katta ahamiyatga ega.
Olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, g‘o‘za o‘sish va etilish davridayoq ikki qil qurt ta’sirida kasallanib zararlanar ekan. Zamburug‘ va bakteriyalar ham paxta tolasini qattiq zararlantirishi aniqlangan. paxtani terish, tashish, saqlash va qayta ishlash paytlarida ham paxta tolasi zararlanadi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasiga ko‘ra, paxta tolasining biologik va mexanikaviy zararlanishi ma’lum darajada tolalarning biologik zararlanish darajasiga qarab, ularning pishiqligi 15- 68 % gacha, mexanikaviy zararlanish darajasiga qarab esa 12-70 % gacha kamayar ekan.
paxta tolasining rivojlanishi asosan ikki davrdan iborat. Har qaysi davr qulay sharoitda 25-30 kundan davom etadi. Birinchi davrda tola asosan bo‘yiga o‘sib boradi va g‘o‘zaning naviga xos bo‘lgan uzunlikka erishadi. Asosiy tola bu davrning 15 kuni ichida o‘zining haqiqiy uzunligining yarmigacha etadi, tolaning bo‘yiga o‘sishi birinchi davrda deyarli to‘xtaydi.
Ikkinchi davrda tolaning ichki sellyuloza qatlamlari paydo bo‘lib, tola pisha boshlaydi.
Sellyuloza qatlamining hosil bo‘lish jarayoni 50 kungacha davom etishi mumkin.
Tolaning pishganlik darajasi odatda undagi sellyuloza qatlamining qalinligi bilan aniqlanadi. Sellyuloza qavatlarining qalinligi g‘o‘za naviga va uni yetishtirish sharoitiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Tola ichida sellyuloza miqdori qancha ko‘p yig‘ilsa tola shuncha yaxshi etilgan bo‘ladi. Chanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari bir-biriga yopishgan lentasimon shaklni oladi hamda unda jingalaklik hosil bo‘ladi. Tolaning yetilish darajasi ortgan sari u shunchalik ko‘p jingalaklanadi. paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koeffitsienti deb ataladi.
Chigitni uning tolalari bilan birga chigitli paxta yoki letuchka deb aytiladi.
Uzun tolalar (yaxshi etilgan) letuchka massasining 30-40 % ni, qisqa tolalar-momiqlar 3-4 % ini, chigitning o‘zi esa 56-57 % ni tashkil qiladi.
Normal rivojlangan ko‘sakda ayrim tolalar yoki letuchkalar yaxshi rivojlanmagan bo‘lishi mumkin. Urug‘lanmagan urug‘ko‘rtak va undan o‘saboshlagan tola tez vaqt ichida o‘sishdan to‘xtab, nobud bo‘ladi. Natijada o‘lik urug‘ko‘rtak paxta quriganda qisqa tolali tuguncha shaklida bo‘ladi, buni odatda mayda o‘luk deyiladi. urug‘langan urug‘ko‘rtaklarning rivojlanishdan qolishi natijasida yirik o‘luk vujudga keladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish