rasm. Sovutish qurilmasining prinsipial sxemasi: 1 – kondensator; 2 – kompressor; 3 – bug‘latgich; 4 – rostlash ventili
Sovutish qurilmasining asosiy elementlariga kompressor, issiqlik almashinish apparati (bug‘latgich), kondensator va rostlovchi qismlar (ventil, kla’an) kiradi. Ushbu elementlar bir biriga quvurlar yordamida ulanadi. Sovutish qurilmasining prinsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Sovutiladigan muhitga bug‘latgich 3 o‘rnatilgan bo‘lib, unga suyuqlik holidagi sovutish agenti yuboriladi. Doimiy bosim va muvofiq haroratda suyuqlik qaynaydi, bunda zarur bo‘lgan issiqlik sovutiladigan muhitdan olinadi. Qaynashda bug‘latgichda hosil bo‘lgan bug‘ kom’resor 2 yordamida so‘rib olinadi, siqiladi va kondensatorga 1 haydaladi. Kondensatorda bug‘
sovutivchi suv ta’sirida kondensatsiyalanadi. So‘ngra suyuq holdagi sovutish agenti rostlovchi ventildan 4 o‘tib bug‘latgichga keladi, ya’nissiql hosil bo‘ladi.
Sovutish mashinasida ammiak va freaondan foydalanish ularning past haroratlarda qaynashi bilan asoslanadi.
Bundan tashqari ammiakning tan narxi uncha qimmat emas. Ammiak qora metalarga nisbatan neytral, namlik mavjud bo‘lganda mis va uning qotishmalariga faol ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun misli materiallardan ammiakli mashinalarda foydalanilmaydi. Ammiakning moylash materiallariga kimyoviy ta’siri uncha ko‘p emas. Biroq ammiak ‘ortlashga xavfli va inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ammiakli qurilmalardan foydalanilganda mehnat xavfsizligi qoidalarida qat’iy rioya qilish talab etiladi.
Sovutish agentlaridan freon-12 va freon-22 zararsiz, ‘ortlashga xavfsiz va hidi yo‘q.
Freon-12 (R-12, diftordixlormetan) ‘orshenli kompressor bilan jihozlangan sovutish qurilmalari uchun asosiy sovutish agenti hisoblanadi. U 400°S dan yuqori haroratda ‘archalanib zararli birikmalar hosil qiladi, shuning uchun freonli sovutish qurilmalari o‘rnatilgan binolarda ochiq olov bilan ishlash taqiqlanadi. Freon-12 o‘ta uchuvchan va ozgina zich bo‘lmagan birikmalar va hattoki metal g‘ovaqlari orasidan o‘tish qobiliyatiga ega.
Freon-22 (R22, diftormonoxlormetan) ham freon-12 ga xos xususiyatlarga ega, lekin freone- 22 da ishlovchi kompressor nisbatan kom’aktli.
Kompressorlar. Kompressor sovutish mashinasining asosiy elementlaridan biridir. Kompressor – sovitish agentlarini bug‘latkichdan so‘rish, siqish va o‘ta qizigan holda kondensatorga haydab berish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |