Sut saqlash tanklari vertikal yoki gorizontal ko'rinishga ega bo'ladi va ulardan asosan yirik xo'jaliklarda, sut sanoatida va sut zavodlarida ko‘proq foydalaniladi. Sutni saqlash ishlari qaysi bir usulda olib borilmasin, qancha past haroratda u sovitilgan bo'lsa, shuncha uzoq vaqt saqlash mumkin. Buning uchun ayrim tavsiyalardan foydalanish mumkin (1-jadval).
Sut saqlash uchun harorat rejimini aniqlashda sutning qanday usulda olinganligi, uning bakterial tozaligi, sog'ishdan sovitguncha qancha vaqt o'tganligi hisobga olinishi lozim. Agar sutning bakterial tozaligi yuqori darajada bo'lmasa, u mumkin qadar past darajali harorat (1-2°C)da saqlanishi tavsiya etiladi.
1 - j a d v a l
Talab etilgan harorat,
|
Saqlash muddati,
|
12-15
|
6-8
|
10-12
|
8-10
|
9-10
|
10-12
|
7-9
|
12-18
|
5-7
|
18-24
|
3-5
|
24-36
|
0-1
|
36-48
|
Do'stlaringiz bilan baham: |