Elevatorlar – bu donni saqlash va dastlabki ishlash uchun mo‘ljallangan korxona hisoblanib, asosiy ishlab chiqarish ob’ekti don elevatorlari (siloslar majmuasi) hisoblanadi. Oxirgi yilarda texnologik sxemalar birligini ko‘zda tutuvchi, konstruktiv va arxitektor – tuzilishiga ko‘ra bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan, turli sig‘imli va turli quvvatli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan tipovoy elevatorlar loyihasi ishlab chiqilgan.
Don elevatori – to‘liq mexanizatsiyalashgan don ombori bo‘lib, donni uzoq muddat saqlash va zarur jarayonlarni (donni yuklash va bo‘shatish, donni saqlanuvchanligini oshirishga mo‘ljallangan ishlov berish va saqlash bo‘yicha to‘liq texnologik jarayonlarni) bajarishga mo‘ljallangan saqlash korxonasi.
Elevatorlar – don omborining mukammal turi hisoblanib, donni saqlanuvchanligini ta’minlash bilan birgalikda, ishlarni to‘liq mexanizatsiyalash va yuqori mehnat samaradorligini mujassam etadi.
Meva, sabzavot va go‘shtni saqlash omborlari (sovutgichlar) – mahsulotni past haroratlarda (00S dan 400S gacha) saqlashga mo‘ljallangan inshootlar hisoblanadi. Bu inshootlar sovuqlik ishlab chiqaruvchi va saqlash rejimlarini nazorat qiluvchi uskunalar bilan jihozlanadi.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash usullariga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
Don omborlariga ta’rif keltiring?
Go‘sht mahsulotlari qanday usullarda saqlanadi?
Doimiy va vaqtinchalik omborlarning farqini ayting?
10-ma’ruza Vaqtinchalik saqlash omborlari
Reja:
Vaqtinchalik omborlarning tuzilishi va turlari
Vaqtinchalik omborlarning o‘lchamlari
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 7, 9, 10
Tayanch iboralar: Omborlarning qurilish, omborda yuklash, tabiiy shamollatish, majburiy shamollatish, faol shamollatish
Sabzavotlarni vaqtinchalik omborlarda saqlash usullari zamonaviy talablarga javob bermasada, ularni qo‘llash zarurati statsionar ombor va sovutgich sig‘imlarining mahsulotni saqlashda etarli emasligi bilan izohlanadi.
Vaqtinchalik omborlarga uyum va handaqlar ta’luqli bo‘lib, ular asosan ildizmevalilarni va karamni, ba’zan esa piyozni saqlashda foydalaniladi. Handaqlarga qaraganda uyumlardan ko‘proq foydalaniladi.
Handaqga mahsulotni yuklash va bo‘shatish ishlarini mexanizatsiyalashtirish uyumga nisbatan bir oz murakkabroq, lekin uyumda saqlanayotgan mahsulotni sovuq urish ehtimoli yuqori.
Uyum deb – uzun shtabellarga to‘kma holda solingan mahsulotlar (kartoshka, ildizmevalilar, karam) bo‘lib, er ustida yoki unchalik chuqur bo‘lmagan kotlovan ko‘rinishidagi joyda tashkil etilgan, usti poxol va tuproq bilan yopilgan, mahsulotni shamollatish uchun havo oqimini kiritish – chiqarish moslamalari, hamda haroratni nazorat qiluvchi asboblar bilan jihozlangan vaqtinchalik omborga aytiladi.
Handaq – sabzavotlar va kartoshka bilan to‘ldirilgan va uyum singari poxol va tuproq bilan yopilgan, shamollatish va haroratni nazorat qilish tizimlari bilan jihozlangan uzun o‘ra. Shuningdek, chuqurlashtirilgan uyum – handaqlardan ham foydalaniladi.
Sabzavotlar va kartoshkani u yoki bu usulda saqlashni tashkil etish o‘rtasida deyarli faq yo‘q. Saqlanadigan mahsulot turlari va muntaqaning tuproq – iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda u yoki bu saqlash usuli tanlanadi.
Uyum va handaqlarni tashkil etish uchun joy tanlashda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
yog‘ingarchilik suvlarining oqib ketishi uchun tanlangan joy bir oz nishab bo‘lib balandlikda jaylashgan bo‘lishi kerak;
sizot suvlar chuqurligi 2 metrdan kam bo‘lmasligi lozim;
tanlangan joy tu’rog‘i granulometrik tarkibigiga ko‘ra (qumloq tuproqli) yumshoq bo‘lishi kerak bo‘lib, bu holat uyum va handaqlarni tashkil etishda xarajatlarni ko‘p talab etmaydi;
tanlangan joy oftob kam tushadigan shimoliy nishablikda va qishki shamollardan himoya qiluvchi daraxtzor yoki tepalik bilan himoyalangan bo‘lishi kerak;
tuproqning yuqori qatlami chirigan qoldiqlar va axlatlar bo‘lmasligi lozim;
sanitar talablarga ko‘ra uyum va handaq uchun joy chorvachilik inshootlari va em – xashak va somon g‘aramlari yaqinidan tanlanmasligi kerak, chunki bu erda kemiruvchilar ko‘p bo‘lishi mumkin;
imkoni boricha xarajat manbalarini kamaytirish maqsadida uyum va handaqlar transport keladigan yo‘lga yaqin joylashtirilishi kerak.
Vaqtinchalik omborlar uchun joy tanlanganidan so‘ng uyum va handaqlarni joylashtirish rejalashtiriladi. Shu bilan birgalikda uyum va handaqlarni oftob tomonga nisbatan qilib, ya’ni qishning sovuqli kunlarida saqlanadigan mahsulot haroratiga quyosh nuri va shamolning ta’sir etishini kamaytiradigan qilib joylashtirish zarur bo‘ladi. Uyum va handaqlarning bo‘ylama o‘qini shimoliy janub tomonga qaratib yoki shunga yaqin qilib yo‘naltirish lozim. Bunda quyosh nuri ta’sirida uyum yoki handaqning kamroq yuzasi qizib saqlanayotgan mahsulot harorati o‘zgaradi. O‘z navbatida amaliyotda uyum yoki handaqlarni joylashtirishda qaror qabul qilishda ikkala ko‘rsatmani ham inobatga olish lozim bo‘ladi.
Uyum va handaqlarni tashkil etishda echiladigan muammolardan ya’na biri bu yo‘llar rejasini tuzishdir. Agarda kartoshka va sabzavotlar o‘zi to‘kar avtomashinalarda tashiladigan bo‘lsa unda tashkil etiladigan maydonda yon va asosiy kirish yo‘llarini eni 6 metrli qilib, tashkil etish va yo‘llarni har ikki qator uyum yoki handaqlardan keyin yonlama qilib joylashtirish kerak bo‘ladi. Kartoshka va sabzavotlarni saqlash joyiga idishda tashilsa yoki donalab taxlab joylashtirilsa (masalan karamni) unda uyum yoki handaqga asosiy yo‘llar bo‘ylama holida joylashtiriladi.
3.1-rasm. Uyum va handaq yo‘llarini rejalashtirish shakli:
asosiy yo‘llarni uyum yoki handaqga yonlama qilib joylashtirish; b) asosiy yo‘llarni burt yoki Handakga bo‘ylama qilib joylashtirish
Uyum va handaqlarda saqlash sharoitlarini boshqarish shtabellab taxlashda ma’lum bir o‘lchamlarini ta’minlash, zarur berkitish va shamollatish tizimini shakllantirish orqali amalga oshirish mumkin, chunki ushbu faktorlar bunday vaqtinchalik saqlash omborlaridagi issiqlik balansini belgilab beradi.
Vaqtinchalik omborlarning o‘lchamlari
Uyum va handaqlarda mahsulotni saqlashga ta’sir etadigan asosiy faktorlardan biri issiqlik balansi bo‘lib, ushbu faktor nafaqat tashqi muhit haroratiga, balki uyum balandligiga, uyumni berkitish xususiyatiga va shamollatish tizimiga ham bog‘liqdir.
Uyum va handaqlarda issiqlik balansini ta’minlash uchun shunday shart – sharoitlar yaratish zarurki, kartoshka va sabzavotlarning nafas olishida hosil bo‘ladigan issiqlikning aksariyat qismi tashqariga mahsulotning “terlab” qolmasligi uchun chiqarib yuboriladi, lekin shu bilan birgalikda saqlanayotgan uyumda issiqlikning bir qismi kuchli sovuqlarda mahsulotni “himoya” qilish uchun saqlab qolinishi zarurdir.
3.2-rasm. Chuqurlashtirilgan holda shakllantirilgan uyumning o‘lchamlari:
1 – yog‘ingarchilik suvlari uchun ariq; 2 – shamollatish kanali; 3 – panjara; 4 – havoni tortish quvuri; 5 – havo kiruvchi quvur; I – kartoshka (sabzavot); II – poxol; III – birinchi tuproqli qatlam; IV– yaquniy tuproqli qatlam.
Saqlanayotgan mahsulotdan ajralib chiqadigan issiqlik oqimi miqdori uyum va handakning o‘lchami va sig‘imidan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |