Tayanch so‘z va iboralar: transportyor, (lentali, zanjirli, kurakli, vintli, pnevmatik), noriya, tal, elektyuklagich, kran – shtabelyor, ventilyator.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy inshoot mahsulotni saqlashga tayyorlash, saqlashni tashkil etish, saqlash jarayonida sifatni nazorat qilish va uni realizatsiyaga tayyorlashda foydalaniladigan barcha asbob – uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan inshootlarda foydalaniladigan asbob – uskunalarni quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
mahsulotni qabul qilish uchun mo‘ljallangan asbob – uskunalar;
tashish, yuklash – tushirish uskunalari;
ventilyatsiya uskunalari;
ins’ektsiyalash va kalibrlash uskunalari;
sovutish uskunalari va boshqalar.
Avtomobil va vagonlarni yukdan bo‘shatish moslamalari
Yuklash – tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash uchun mo‘ljallangan uskunalar quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra tavsiflanadi: vazifasiga ko‘ra – avtomobil yoki temir yo‘l transportlari uchun; mahsulot turiga ko‘ra – sochiluvchan yoki donador yuklar uchun; qo‘llanilishiga yoki harakatlanishiga ko‘ra – statsionar yoki ko‘chma.
Avtomobil yoki avto‘oezdan yukni tushirish bo‘yicha ishlar avtomobil bo‘shatgichlar yordamida amalga oshiriladi. Avtomobil kuzovidagi mahsulotni bo‘shatish avtomobil yoki ‘ritse’ni ma’lum bir qiyalik burchagi hosil qilish natijasida mahsulotning o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida ogpishi tufayli sodir etiladi. Bunda sochiluvchan mahsulot avtomobilning ochiq orqa yoki yon bortidan to‘kiladi. Avtomobil bo‘shatgichlarining ikki turidan foydalaniladi: statsionar va mexanik yoki gidravlik uzatmali ko‘chma moslamalardan.
Avtomobil bo‘shatgichlarning bir necha modellaini ko‘rib chiqamiz.
Gidravlik universal U15-URVS markali avtomobil bo‘shatgichi (13 – rasm) bir yoki bir nacha ‘ritse’li avtomobilga yuklangan sochiluvchan mahsulotni ‘ritse’ni uzmasdan turib bo‘shatishga mo‘ljallangan. U ‘latformadan, gidrotizimdan, boshqarish tizimidan va qo‘shimcha moslamalardan tashkil to‘gan.
Katta ‘latforma 2 bu moslamaning asosiy qismi hisoblanadi. Uning bir tomoni tirgak 1 bilan ulangan bo‘lsa, boshqa tomoni esa chiqib turgan poydevorga erkin borib taqaladi. ‘latformaning cha’ va o‘ng maydonchalari 8,9 bir biri bilan po‘lat ferma va qo‘shimcha bilan ‘ayvandlangan. ‘latformaning o‘rta qismi markaziy maydonchalar 10,11 va kichik maydoncha 13 bilan berkitilgan. Avtomobilni yukdan bo‘shatishda ushlab turish uchun tirgaklar 12 ko‘zda tutilgan. Bo‘shatgich ‘latformasi 2 ‘ritse’li avtomobillar uchun o‘tish panjara vazifasini o‘taydi.
Bo‘shatgichning gidravlik tizimi nasos stantsiyasidan 16, ikkita telesko‘ik gidrodomkratlardan 6, gidroko‘targichdan 3 va uzatuvchi quvurlar tizimidan iboratdir.
13 – rasm. U15-URVS markali avtomobil bo‘shatgichi:
1 — tirgak; 2 — katta ‘latforma; 3 — gidroko‘targich; 4 — rama; 5 — korrektirlovchi dastak; 6 —
gidrodomkrat; 7 — gidrodomkrat tirgagi; 8, 9 — cha’ va o‘ng maydoncha; 10, 11 — markaziy maydonchalar; 12 — katta ‘latforma tirgagi; 13 — kichik maydoncha; 14 — yon tomondagi tirgak; 15 — yon tomondagi po‘lat to‘shama; 16 — nasos stantsiyasi.
Nasos stantsiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: moy uchun bak, elektrodvigatel, shestrnyali nasos, qaytish kla’ani, elektromagnitli yuritmali boshqarish krani, manometr, rama va muhofazalovchi kla’an.
Telesko‘ik gidrodomkratlar 6 asosiga sir’anuvchi ‘odshi’nikli tirgovuch 7 o‘rnatiladi.
Gidroko‘targich 3 yon ‘latformani qiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib u qabul qilish moslamasi ustidagi metall balkaga o‘rnatilgan.
Yuk ko‘tarish uskunalari
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish, joylashtirish va yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish uchun bir qancha turli tuman mashina va mexanizmlar mavjud bo‘lib, ulardan yuk ko‘tarish uskunalari alohida guruhga biriktirilgan bo‘lib ularga universal o‘ziyurar avtoyuklagich va elektroyuklagich, hamda maxsus yuk ko‘tarish mashina va agregatlari ta’luqlidir. Bunday mashina va mexanizmlarning boshqa uskunalar oldidagi afzalligi ularning universalligi, harakatchanligi, soddaligi, arzonligi, hamda omborning tor joylarida ham foydalanish imkoniyatini mavjudligidir.
Hozirgi kunda yo‘iq ombor binolarida mahsulotni yuklash va tushirish ishlarida avtoyuklagich, elektroyuklagich va elektroshtabelyorlardan keng foydalanilmoqda.
Avtoyuklagich — universial o‘ziyurar yuklash – tushirish mashinasi bo‘lib, turli yuklarni kichik masofalarga tashish, yuklash va tushirish uchun xizmat qiladi. Ushbu mashina asosan donali va ‘aketlangan yuklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan birgalikda qadoqlangan sochiluvchan mahsulotlar yuklash – tushirishda ham foydalansa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |