O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: oʻzaro nisbat



Download 209,94 Kb.
bet89/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: oʻzaro nisbat
Odatda repressiv huquq tarmoqlarida huquqbuzarlik subyekti (huquqbuzarlik qilmishini sodir etgan shaxs) va huquqbuzarlik uchun javobgarlik subyekti (sodir etilgan huquqbuzarlik uchun zimmasiga yuridik javobgarlik yuklatilgan shaxs) deyarli farqlanmaydi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qoʻllashda ham aksariyat koʻp hollarda huquqbuzarlik subyekti ayni vaqtda fuqarolik javobgarlik subyekti sifatida qaraladi. Biroq, bu holat har doim ham kuzatilmaydi. Masalan FK 334-moddasiga asosan basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
Bu yerda huquqbuzarlik subyekti uchinchi shaxslar, javobgarlik subyekti esa qarzdor hisoblanadi. Oʻz navbatida qarzdor javobgarlikka tortilgandan soʻng regress da’vo qoʻzgʻatishi mumkin.
Umumiy yuridik qoidaga koʻra huquqbuzarlik subyekti va javobgarlik subyekti uchun ham javobgarlikka tortish asosi sifatida uning muayyan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qisman yoki toʻliq muomala layoqatiga egaligi kabi mezonlar hisobga olinadi. Biroq zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini qoʻllashda 14 yoshga toʻlmagan zarar yetkazuvchining mol-mulki boʻlgan taqdirda ushbu mol-mulkka nisbatan yetkazilgan zarar boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin. Bu holat FKning 993-moddasi 5-qismida oʻz aksini topgan.
FKning 996-moddasiga koʻra, agar vasiy vafot etsa yoxud zararni toʻlash uchun yetarlicha mablagʻga ega boʻlmasa, zarar yetkazuvchining oʻzi esa bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻligʻicha yoki qisman muomalaga layoqatsiz zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ayb – fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi sifatida
Fuqarolik huquqi nazariyasida ayb masalasi boʻyicha ham yagona yondashuv mavjud emas. Odatda repressiv huquq sohalarida ayb huquqbuzar tomonidan oʻzi sodir aytgan harakat oqibatlariga nisbatan ruhiy-psixik munosabati sifatida qaraladi. Bunda eng asosiysi huquqbuzar bunday harakatni sodir etishni atayin xohlagan yoki xohlamaganligi, shunday oqibatlar kelib chiqishini istagan yoki istamaganligi va bu istak va xohish uning qilmishini sabablantiruvchi omil boʻlgan yoki boʻlmaganligi (qasddan yoxud oʻz harakati va uning oqibatlariga nisbatan beparvolik va oʻz-oʻziga ishonishga, ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyib, huquqbuzarlik sodir etganligi) hisoblanadi.
Fuqarolik huquqida ayb masalasidagi umumiy yondashuv shundan iboratki, qarzdor yoki zarar yetkazuvchi oʻzini aybsizligini isbotlab berishi lozim. Bunday isbotlashda ruhiy-psixik munosabat emas, balki qarzdorning amaliy harakatlari birinchi oʻringa chiqadi. Masalan FKning 333-moddasiga koʻra agarda qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Lekin ba’zi holatlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qoʻllashda ayb qarzdorning ruhiy psixik holati sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, FKning 889-moddasi 2-qismida shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga koʻra ashyoni qaytarib olishi shart boʻlgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob berishi belgilangan. Fuqarolik qonun hujjatlarida qarzdor yoki zarar yetkazuvchini aybdor yoki aybdor emasligini belgilash uchun muayyan normalarda qoʻshimcha me’zonlar ham qoʻllaniladi. Masalan, gʻamxoʻrlik, ehtiyotkorlik, tejamkorlik, hamkorlik, oqilonalik, insoflilik, boshqa subyektlar manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish (vakillik, ishonchnoma, yuridik shaxs rahbarining yuridik shaxs nomidan harakat qilishi, sugʻurta munosabatlarida toʻliq axborot berish masalasi), ayb darajasini hisobga olish (yetkazilgan ma’naviy zararni undirishda) va shu kabilar.
Aybning javobgarlik hajmiga ta’sir koʻrsatish holati FKning 1004-moddasida nazarda tutilgan.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish