O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Davlat – fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida



Download 209,94 Kb.
bet23/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

5-mavzu Davlat – fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida
Reja
1. Davlatning fuqarolik huquq layoqati.
2. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari
3. Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar kabi muayyan huquq va majburiyatlarga egaligi
4. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki shakllari.
Davlatning fuqarolik huquq layoqati
Davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga ega “subyekt” hisoblanadi. Davlatning ushbu maqomi iqtisodiy munosabatlarda yaqqol ajralib turadi. Zero, iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida davlat ishtiroki bevosita xalq manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan boʻladi. Bunda esa, davlat ana shu manfaatlarning himoyachisi sifatida ularni toʻgʻri va maqbul amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Iqtisodiy sohada davlatning xalq manfaatlarini ifoda etishi bilan bogʻliq munosabatlar asosan fuqarolik huquqi bilan tartibga solinishini nazarda tutib, hozirgi sharoitda davlatning fuqarolik huquqiy maqomini aniqlash, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirokining oʻziga xos xususiyatlarini belgilash, xalq manfaatlarini ifoda etishning iqtisodiy va huquqiy asosi hisoblangan davlat mulkini himoya qilish va uni amalga oshirishning samarali usul va vositalarning vujudga keltirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
FKning 2-moddasiga koʻra davlat ham fuqarolar va yuridik shaxslar kabi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchisidir.
Darhaqiqat, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiy munosabatlardagi oʻrni va fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi maqomi tubdan oʻzgardi. Endilikda davlat fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok eta boshladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat ishtirokining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bu davlatning oʻzi bevosita ishtirok etadigan munosabat doirasini oʻzi belgilashidir. Demak, davlat oʻzining qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini oʻzi belgilab oladi. Zarur paytda esa, davlat oʻz qarorlari bilan oʻz ishtirokini ta’minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini koʻzlab gʻalla ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qoʻyishi mumkin.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi. Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va boʻlinmasdir. Shunga binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt (fuqarolar va yuridik shaxslar kabi koʻp va turli xil emas) deb qaraladi. Zero, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida boshqa subyektlar bilan oʻzaro huquqiy aloqalarga kirishar ekan, bunda u oʻziga tegishli boʻlgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish faoliyati, ustunlik maqomidan voz kechishiga toʻgʻri keladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va boʻlinmas subyekt hisoblanadi. Binobarin, bitta alohida olingan hududda ikkita suverenitet sohibi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi boʻlganligi tufayli fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabat sifatidagi xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyekti sifatida fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni oʻzi belgilaydi.
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlari barcha subyektlar amal qiluvchi qonun qabul qilish vakolatiga ega emas. Qonun qabul qilish faqatgina davlat va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi va ijro etilishi ta’minlanadi.
2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK, 8-modda, 2-band).
Umumiy qoidaga koʻra, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir subyekt oʻzining nomidan harakat qilishi lozim. Bu qoida fuqarolarga (fuqarolik muomala layoqati) ham, yuridik shaxslarga (yuridik shaxslarning huquqiy belgilaridan biri – bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarda oʻz nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham fuqarolik muomalasida oʻz nomidan qatnashadi. “Davlat” tushunchasi mavhum hisoblanganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan uning organlari ishtirok etishi zarur. Chunki keyinchalik yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan javobgarlikni belgilashda bu holat muhim hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi mumkin boʻlgan subyektlar doirasi FKning 79-moddasi 2-qismida belgilangan. Unga koʻra, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa maxsus organlar ishtirok etadilar. Aynan qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, qaysi davlat organining ishtirok etishi shu organning funksiyasi, tuzilish maqsadi va faoliyat doirasidan kelib chiqib belgilanadi. Har qanday davlat organi tomonidan chiqarilgan normativ harakterga ega boʻlmagan hujjatlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishi mumkin.
Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham majburiy tusdagi hujjatlar qabul qiladi. Bunda ular Oʻzbekiston Respublikasi nomidan harakat qiladi va bu hujjatlar fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.
FPKning 16-moddasiga asosan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi barcha davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya’ni davlat mol-mulkidan haq undirishga davlat organlari rozi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi davlat immuniteti bu davlatning oʻz vakolatlarini oʻzi qabul qilgan qonun hujjatlari asosida amalga oshirishi, bunda fuqarolik-huquqiy munosabatdagi davlatning huquq va majburiyatlari faqatgina shu davlatning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishidir. Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qaysi turida ishtirok etishini ham faqat oʻzi belgilaydi.
Masalan, FKning 457-moddasida davlat oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisbatan shunday holatni yuzaga keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etib, oʻz majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat oʻz milliy qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaslik talabi belgilangan boʻlsa-da, davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bogʻliqligi sababli fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet” atamasining mohiyatini tashkil etadi.
Eng muhimi, davlat oʻz immunitetidan voz kechmasligi kerak. Aks holda, uning suverenitetiga putur yetadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga a’zoligi unga toʻsqinlik qilmaydi.
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash boʻyicha boshqa subyekt-larga taalluqli boʻlgan qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Huquq va muomala layoqatini cheklash boʻyicha qaror har qanday holatda ham davlat vakolatli organi tomonidan uning qarori asosida amalga oshiriladi. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtirokiga nisbatan yuridik shaxs haqidagi me’yorlar tatbiq etiladi. Bunda davlatga nisbatan yuridik shaxslar erkining vujudga kelishi erkning ifodalanishi toʻgʻrisidagi qoidalargina qoʻllaniladi. Koʻplab yuridik manbalarda ham ta’kidlanganidek, yuridik shaxslarga oid boshqa qoidalar (xususan, huquq layoqati toʻgʻrisidagi, roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisidagi, nom va joylashgan уeri, filiallar va vakolatxonalar, yuridik shaxs turlari, ularni tashkil etish va tugatish) davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shu oʻrinda davlat va yuridik shaxslarning bir-biriga oʻxshash tomonlarini ta’kidlab oʻtish joiz. Davlat xuddi yuridik shaxslar kabi muayyan tashkilot boʻlib, oʻz ichki tuzilishiga va tashkiliy birligiga, boshqaruv organlariga, fuqarolik muomalasida oʻz nomidan ishtirok etish huquqiga ega.
Yuridik shaxs huquqiy belgilarining asosiylarini tashkil etgan yuqoridagi toʻrtta belgining davlatga nisbatan oʻzgacha koʻrinishda tatbiq etilish holati ularning barchasiga ham taalluqli emas. Ayniqsa, mulkiy javobgarlik holati davlatda ham xuddi yuridik shaxs kabi tatbiq etilmaydi. Bunda davlat (garchi uning mol-mulki asosida tashkil etilgan yuridik shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarda oʻz nomidan ishtirok etsalarda) mulkning sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda shaxsan oʻzi (oʻz nomidan) yoki organlari, yoxud oʻzi tashkil etgan yuridik shaxslar (yuridik shaxslar bunday holatlarda ularning filiallari va vakolatxonalari tomonidan amalga oshiradi) orqali ishtirok etadi.
Umuman davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi “alohida shaxs” maqomi, garchi, yuridik shaxsga oʻxshasa-da, u bilan bir xilda emas. Zero, davlat ipso jure – yuridik shaxs emas.
Biroq ayni paytda davlatning huquqlari mutlaq cheksiz ham emas. Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega boʻlmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga ega boʻlgan subyektdir

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish