O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Intellektual faoliyat natijalari



Download 209,94 Kb.
bet34/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Intellektual faoliyat natijalari. Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual faoliyat natijalari nomoddiy ne’matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intellektual faoliyat mahsuli, uning yaralish jarayoni va o‘ziga xos xususiyatlari odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‘ziga xos obyekt sifatida qaraladi.
Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu asosan aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim kabilar ijodiy faoliyatining mahsulidir. Bunday faoliyat mahsuli fuqarolik qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
 haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;
 betakror bo‘lishi;
 biror-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi.
Bu mahsullarning ko‘pchiligi g‘oyaviy-nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq me’yorlarini qo‘llab bo‘lmaydi.
FK intellektual mulk obyektlariga:
 intellektual faoliyat natijalari;
 fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar;
 sohaviy qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarni kiritadi. Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda (qog‘oz kashfiyotidan tortib – bugungi elektron ijod namunalari, nanotexnologiyalargacha).
Xizmat va tijoratsiri.
FKning 98-moddasiga asosan xizmat va tijorat siri ham nomoddiy ne’matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi (“Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”1gi qonun). Tijorat siri – uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi (“Tijorat siri to‘g‘risida”1gi qonun).
Tijorat siriga doir talablarga ko‘ra:
- uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq hammaga ma’lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmasligi;
- uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlangan bo‘lishi;
- davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir belgilariga ega bo‘lmasligi kerak.
Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanib, mulkdor undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish