1.2 Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari
So‘nggi yillarda mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks choratadbirlarni izchil amalga oshirilmoqda, bu esa uning tez rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, daromadlarni oshirish, aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirish, shuningdek, investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari sonining dinamikasini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 2019- yilda 6748,5 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020- yil 1504,1 ming kishi boʻlgan. Shu bilan birga turistik maqsadlarda ketgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 2019- yilda 8437,8 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2020- yilda 2001,5 ming kishini tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasidan MDH davlatlariga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1843,3 ming kishini, boshqa xorij davlatlariga esa 158,2 ming kishini tashkil etgan. Bular qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida 84,7 %, boʻsh vaqt va dam olish maqsadida – 7,9 %, o‘qish maqsadida – 5,4 %, xizmat yuzasidan – 1,2 %, davolanish maqsadida – 0,8 % ko‘rsatkichini tashkil etgan.
MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1420,3 ming kishidan iborat bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 94,4 % ini tashkil etdi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 %) tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu – qarindoshlarni yo‘qlash bo‘lib, 87,8 % ni tashkil etdi. O‘z navbatida, bo‘sh vaqt va dam olish maqsadida – 8,6 %, xizmat yuzasidan – 1,2 %, tijorat uchun – 1,1 %, davolanish maqsadida – 1,0 %, o‘qish uchun – 0,3 % chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qirg‘iz Respublikasidan 508,0 ming kishi (barcha tashrif buyurganlarning 33,8 % i), Qozog‘iston Respublikasidan 424,1 ming kishi (28,2 %), Tojikistondan 337,5 ming kishi (22,4 %), Rossiyadan 81,6 ming kishi (5,4 %), Turkmanistondan 60,6 ming kishi (4,0 %), Ozarbayjondan 2,2 ming kishi (0,1 %) va Belarusdan 1,6 ming kishi (0,1 %) tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi, yaʼni 47,4 % i Qirg‘iz Respublikasiga (947,7 ming kishi), 26,0 % Qozog‘iston Respublikasiga (520,3 ming kishi), 15,0 % Tojikistonga (299,3 ming kishi), 2,7 % Rossiyaga (53,2 ming kishi), 0,8 % Turkmanistonga (16,6 ming kishi), 0,2 % Belarus Respublikasiga (3,2 ming kishi) va 0,1 % i Ozarbayjonga (1,4 ming kishi) ketishgan.
Xorijga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismini Turkiyaga (62,7 ming kishi), Saudiya Arabistoniga (29,5 ming kishi), BAAga (27,8 ming kishi), Janubiy Koreyaga (9,8 ming kishi), Hindistonga (5,4 ming kishi), Misrga (4,9 ming kishi), Tailandga (4,7 ming kishi), AQSHga (3,1 ming kishi), Germaniyaga (1,7 ming kishi) va Singapurga (1,3 ming kishi) chiqqanlar tashkil etgan.
2020- yilda 337 ta turistik firma va tashkilotlar faoliyat yuritgan bo‘lib, 212,3 ming tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatgan. Qabul qilingan fuqarolar 186,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 11,7 % i chet el fuqarolaridan iborat. Yuborilgan fuqarolar 18,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 34,5 % i chet elga safar qilgan bo‘lsa, qolgan 65,5 % i O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab sayohat qilgan.
Jamoaviy joylashtirish vositalari mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari (1156 ta), ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari (494 ta), individual joylashtirish vositalari (189 ta) va boshqa joylashtirish vositalaridan (103 ta) iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |