O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universisteti termiz filiali


III. TADQIQOTLARNI O’TKAZISH SHAROITLARI, OB’YEKTI VA USLUBI



Download 2,22 Mb.
bet7/25
Sana29.04.2022
Hajmi2,22 Mb.
#592256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Diplom ish Doiyorov Mansurbek alisher o\'g\'li (Автосохраненный)

III. TADQIQOTLARNI O’TKAZISH SHAROITLARI, OB’YEKTI VA USLUBI

3.1. Tadqiqotlarni o’tkazish sharoitlari


Surxondaryo viloyati Respublikamizning janubiy – sharqida, Surxon - Sherobod vodiysida joylashgan. Janubdan Amudaryo bo’ylab, Afg’oniston shimol, shimoliy – sharq va sharqdan Tojikiston , janubiy – g’arbdan Turkmaniston respublikalari, shimol- g’arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Surxondaryo viloyati O’zbekistonning eng janubiy qismidagi Sherobod – Surxon vodiysining tekislik qismlarini egallaydi. G’arbda Kelif – Sherobod – Sariqqamish past tog’lari va Surxon tog’lari, shimoliy - sharqda Hisor tizmasining yon bag’ri , sharqda esa Bobotog’ning g’arbiy yonbag’irlarining quyi qismi bilan o’ralgan. Janubiy Chegarasi esa Amudaryo orqali o’tadi. Umumiy yer maydoni 20,8 ming km. ² ni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyatida bir yilda 95 ming gektar yerda g’alla yetishtiriladi. Surxondaryoning aholisi 2 mln. 120 ming kishi. Surxondaryoning eng muhim tabiiy resurslari uning qazilma boyliklari, suvlari, issiq iqlimi va unumdor tuproqlaridir.
Surxondaryo viloyati geologik tuzilishiga ko’ra, sinklinal botiqda joylashgan. Bu botiqda hozir ham neotektonik jarayonlar davom etmoqda, voha atrofidagi tog’lar ko’tarilib, botiq cho’kib bormoqda.
Vohaning g’arbiy qismida Amudaryodan Sherobod shahrigacha cho’zilgan Kelif – Sherobod va Sherobod vodiysidan shimoliy – sharqgacha cho’zilgan. Sherobod – Sariqqamish past tog’lari joylashgan. Surxondaryo viloyati shimoliy – sharqdan, janubiy - g’arbga taxminan 170 km cho’zilgan. Viloyatning shakli uchburchakka o’xshaydi, janubiy – g’arbiy qismida esa kengayadi va 110-115 km. ga etadi, shimoliy – sharqiy qismida esa kengligi atigi 10-15 km.dir.
Vohaning balandligi 270 – 550 m. keladigan qiya tekisliklari ko’p, lekin tog’lardan oqib tushadigan ko’pdan ko’p daryolar, soylar tekislikni parchalab, o’nqir – cho’nqir jarlar hosil qilgan. Surxondaryoning o’ng qirg’og’ida eski Termiz, Uchqizil ( 414 m. ), Angor, Xovdog’ ( 557 m. ), Oqqo’rg’on va chap qirg’og’ida Jayronxona, Kakaydi, Lalmikor ( 500 m. ), Oqtog’ ( 750 m. ) kabi marzalar bor. Surxondaryoni g’arbdan, shimoldan va sharqdan o’rab turgan tog’lar yozda ham, qishda ham havo massalarining vohaga o’tishiga ancha to’sqinlik qiladi. Shuning uchun ham Surxondaryo butun respublikamizdagi eng issiq o’lkadir. ( Yillik o’rtacha harorati Q 17 °C ). Yoz quruq va jazirama issiq, qish yumshoq va iliq keladi; shuning uchun subtropik o’simliklar o’sa oladi.Yanvarning o’rtacha harorati Q1°C , Q4°C bo’ladi. Lekin ba’zan qish oylari ancha sovib ketib, eng past harorat – 20 °C, -27 °C ga tushadi. Iyulning o’rtacha harorati Q28°C , Q32 °C, eng yuqori harorat esa Q42 °C, Q48 °C daraja bo’ladi . Termiz shahrida yoz kunlarida harorat hatto Q50°C gacha ko’tariladi.
Harorat Q5 °Cdan yuqori bo’lgan kunlarning soni bir yilda 290-320 ga etadi. Vegetatsiya davrida haroratlar yig’indisi 5500° - 5960° bo’ladi.
Surxondaryoda bahorgi oxirgi sovuq tushushining o’rtacha muddati 2-15 martlarga, kuzgi birinchi sovuq tushushining o’rtacha muddati esa 20-25 oktabrlarga to’g’ri kelib, sovuq bo’lmaydigan kunlar miqdori 227-266ga teng.
Surxondaryo tog’lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog’in kam (133-360mm). Vohada g’arbiy, janubiy-g’arbiy va shimoliy-sharqiy qismidan shamollar eng ko’p esadi. Shamollar tezligi bir xil emas, o’rtacha tezligi sekundiga 2,6 m.
Vohaning asosiy daryosi Surxondaryo bo’lib, Tupalangdaryo va Qoradaryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. O’sha ikki daryoning qo’shilgan yeridan Amudaryogacha Surxondaryoning uzunligi 169 km bo’lib, sekundiga o’rtacha 120 m3 yoki yiliga 3,78 mlrd m3 suv oqizadi.
Surxondaryoning hududi 20,1 ming km. ² bo’lib, tekisliklar qismida och bo’z tuproqdan iborat uning tarkibida 1-1,5% chirindi bor. 500 mdan baland joylarda oddiy bo’z tuproq uchraydi. Oddiy bo’z tuproq och bo’z tuproqqa nisbatan chirindiga boy (1,5-2%). Surxondaryoning grunt suvi yer betiga yaqin bo’lgan janubiy-g’arbiy tumanlarda sho’rlangan tuproq, gil (soz) jinslardan iborat bo’lgan yerlarda esa taqir bo’z tuproq uchraydi.
Vohaning janubiy qismidagi qum massivlarida qumli cho’l tuproqlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ba’zi yerlarda ko’chib yuruvchi kichik-kichik qumliklar ham uchraydi. Surxondaryo, Amudaryoning quyi qayirlarida esa allyuvvial o’tloq, o’tloq-botqoq tuproqlar ham mavjud.
Surxondaryo, Sherobod vohalaridagi bo’z tuproqlar tabiiy xususiyatlarini yo’qotib, sug’oriladigan madaniy voha tuproqlarga aylangan.
Surxondaryo vohasi o’z navbatida Termiz-Denov, Sherobod tabiiy-geografik tumanlariga bo’linadi.
I. Termiz – Denov tabiiy goeogafik tumani o’z ichiga Surxondaryo vodiysini, xususan uning xozirgi zamon va ko’xna qayirlarini oladi. U sharqdan va janubiy-sharqdan Bobotog’ etaklari bilan, shimoldan Machitli tog’i bilan, shimoli-g’arbdan Surxontog’ bilan, g’arbdan Xovtog’-Uchqizil marzalari bilan, janubdan esa Amudaryo bilan chegaralanadi.
Tuman atrofi tog’lar bilan o’ralib, quruq subtropik iqlim bilan tavsiflanadi. Uning qishi iliq(yanvarning o’rtacha xarorati 2,8° ) yozi esa quruq va issiq ( iyulning o’rtacha harorati Q29° Q31° ) Q10° dan yuqori bo’lgan kunlardagi haroratning yig’indisi 5100-5700° ga yetadi, o’simliklar yil bo’yi vegetatsiyasini davom ettiradi.
II. Sherobod tabiiy – geografik tumani asosan Sherobod cho’lini o’z ichiga olib, sharqdan Xovtog’ va Uchqizil balandliklari orqali Termiz – Denov tumanidan ajrab tursa, janubda Amudaryo bilan, shimoliy- g’arbda Kelif – Sherobod marzasi bilan, shimolida esa Sherobod – Sariqqamish marzasi bilan chegaralanadi.
Tuman Sherobod daryosining yoyilma konusini va deltasini hamda Amudaryoning yangi va ikkita eski qayirini o’z ichiga olib O’zbekistondagi eng iliq qish ( yanvarning o’rtacha harorati Q4,0° ) va eng issiq ( iyulning o’rtacha harorati Q32,1° ) yoz bo’ladigan hududi tumanda yog’in kam ( yillik yog’in miqdori 150-160mm ) tushib, vegetatsiyali qish 100% ga yetadi. Q10°S dan yuqori bo’lgan kunlardagi haroratning yig’indisi eng ko’p bo’lib, 5700 - 5960° S ni tashkil etadi.
Mavzu yuzasidan asosan tajribalar Termiz tumanida joylashgan “Do’stlik” suv istemolchilari uyushmasida o’tkazildi.
Ma’lumki, Termiz tumani Surxondaryo viloyatining markazi hisoblanib, O’zbekistonning eng janubidagi tumanning tayanch punkiti quruq subtropik hududda joylashgan. Termiz tumani boshqa tumanlarga qaraganda ancha issiqroq bo’ladi.Yillik yog’ingarchilikning asosiy qismi bahorda va qishda tushadi.Yozda va kuzda bug’lanish yuqori bo’ladi.Termiz tumanida yillik o’rtacha harorat 18,1°C. Yillik foydali harorat 2704 -3050 °C bo’lib, umumiy harorat yig’indisi 5500-5950°C ga yetadi.Iliq kunlar yil davomida 246-262 kun, yog’ingarchilik 117-161mm, mavsum davrida esa 30-40 mm. Namlik mavsum davrida 30-40 mm, ba’zi oylarda 18-20mm gacha pasayadi.Termizda chang-to’zonli shamollar tez – tez bo’lib turadi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish