MAVZUNING DOLZARBLIGI
Bodringga ashaddiy va ko’p tarqalgan zararkunanda hashoratlardan g’ovaklavchi pashsha, oqqanot, o’rgimchakkana, o’simlik bitlari (shiralar),karadirina katta zarar yetkazadi. Bodringning kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalariga qarshi bugungi kunda uyg‘unlashgan kurash tizimini takomillashtirishda yangi zamonaviy insektitsidlarni ishlab chiqarish va sinab ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, bodring zararkunandalariga qarshi kurashda biologik usulning ahamiyati katta bo‘lib, bunda entomofaglardan trixogramma, enkarziya va brakonning samaradorligi zararkunanda zichligi va hayotchanligiga bog‘liqdir. Bodring zararkunandalar bilan sezilarli va kuchli darajada zararlanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. O‘zbekiston hududida bodring agrobiotsenozida 200 dan ortiq zararkunandalar uchraydi. Katta maydonlarga tarqalib jiddiy zarar yetkazadigan asosiy zararkunandalar o‘rgimchakkana,oqqanot,o’simlik bitlari, g’ovaklovchi pashsha yoki karadirinalar hisoblanadi. Umuman olganda, 10-15 turdagi zararkunandalar bodringga jiddiy zarar yetkazadi va 50 tur atrofidagi zararkunandalar ba’zi yillari qulay sharoit paydo bo‘lganda sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin.
Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida kurash choralari o‘tkazilmagan holatlarda hosilning 25-30 % va undan ham ko‘proq qismi yo‘qotilishi mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda aholining yil bo’yi sabzabot ekinlari maxsulotlariga bo’lgan talabini to’la qondirish maqsadida yurtimizda zamonaviy tipdagi issiqxonalar barpo etilmoqda. Bu issiqxonalarda yetishtirilayotgan bodring o’simligi zararkunandalariga qarshi kurash birinchi darajali dolzarb masalalardan biridir. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqgan holda ushbu mavzu bitiruv-malakaviy ishi uchun tanlab olindi.
BITIRUV-MALAKAVIY ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Mazkur bitiruv-malakaviy ishi viloyatimiz sharoitida juda dolzarb bo’lib issiqxona sharoitida bodring ekini uchun xavfli zararkunandalar- o’rgimchakkana,oqqanot,g’ovaklovchi pashsha,shiralar bilan bog’liq o’ta muxim muammoning yechimini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o’rganishga bag’ishlangan.
Shu nuqtai-nazargan kelib chiqqan holda bitiruv-malakaviy ishining maqsadi viloyat miqyosida issiqxonalarda yetishtirilayotgan bodring zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimini takomillashtirish bo’lib hisoblandi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1. Issiqxona sharoitida bodring zarakunandalarining agrobioekologik xususiyatlarini o’rganish;
2. Issiqxonada bodring zarakunandalarining keltiradigan zararini aniqlash;
3. Issiqxona sharoitida bodring zarakunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimining samaradorligini o’rganish;
4. Issiqxona sharoitida bodring zarakunandalariga qarshi qo’llanilgan kimyoviy insektitsid preparatlarining xo’jalik-biologik tavsifi bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |