Tadqiqotning maqsadi. Gilos mevasini sovutish, saqlash va qadoqlashda zamonaviy usullarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishning ahamiyatini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
har hil harorat va sharoitlar (boshqariladigan gazli muhit)da gilos mevasining sovutish usullarini o’rganish, tahlil qilish va shu orqali eng maqbul saqlash harorati va sharoitini aniqlash;
turli hududlarda yetishtirililgan gilos mevalarini sovutish omborlarida saqlash orqali saqlash davomiyligini aniqlash;
har hil harorat va sharoitlarda saqlangan gilos mevasida sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlar va orgonaleptik o’zgarishlarni kuzatish va tahlil qilish;
turli xil qadoq idishlarida gilos mevasini qadoqlash orqali tashish va saqlash uchun eng maqbul qadoq idishlarini aniqlash;
tajriba tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda gilos mevasi uchun sovutish, saqlash va qadoqlashning resurs tejamkor, ekologik xavfsiz, arzon, zamonaviy usullarini ishlab chiqish.
5.
|
Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha usul va yo‘nalishlarni o‘rganib chiqish, belgilash va tanlash.
|
Yanvar-fevral
2022-yil
|
Tadqiqotlar Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan Agrologistika MChJ”ga qarashli sovuqxonalarida olib borib rejalashtirilgan bo’lib, bunda «Технология хранения и переработки Продукции растениеводства С основами стандартизации », «Научный эксперимент и обработка опытных данных» «Основы научных исследований» kabi uslubiy qо‘llanmalar asosida olib boriladi.
Ma’lumotlarning statistik tahlili Мicrosoft Ехсеl dasturi yordamida B.A.Dospexovning «Методика полевого опыта» uslubi bо‘yicha amalga oshiriladi.
|
6.
|
Terminologiyani o‘rganish. Qo‘llaniladigan terminlar (atamalar) kartotekasini ochish, kartochkalarga ularning mazmunini kiritib borish.
|
Fevral-mart
2022-yil
|
Axborot resurs markazlarida mavzuga oid bo‘lgan adabiyotlar kartotekasini ochish va va qisqacha mazmunini yoritib borish.
|
7.
|
Tanlangan mavzu bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotni o‘rganilgan xorijiy va mahalliy adabiyot manbalari asosida statistik tahlil qilish va tadqiqot ishlarini rejalashtirish.
|
Mart-aprel 2022-yil
|
Mahalliy va xorijiy davlatlarda olib borilgan va olib borilayotgn ilmiy tadqiqot ishiga yaqin izlanishlar natijalari, adabiyot manbalari statistik tahlil qilinadi va tadqiqot ishlari rejalashtiriladi.
|
8.
|
Yanvar, fevral, mart oylarida yig‘ilgan boshlang‘ich adabiyot manbalarini tahlil qilish.
|
Aprel
2022-yil
|
Ilmiy tadqiqot ishiga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlar o’rganib chiqiladi, ularning kerakli qismlari o‘zbek tiliga tarjima qilinadi va tahlil qilinadi.
|
9.
|
Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asoslash. Ma’lumotlarni qiyosiy tahlilini amalga oshirish. Xulosalarda muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan kutilayotgan yangilik, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish.
|
May
2022-yil
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |