Farobiyning diniy qarashlari.
Farobiyning din haqidagi g`oyalari ham xarakterlidir. Uning fikriga ko`ra din jamiyatni idora qilish uchun zarur bo`lib, asosiy vazifasi jamiyat uchun xizmat qilish kerak. Uningcha, har qanday din inson baxt-sodati uchun xizmat qilishi kerak.
Mutafakkir dinlarni bir-birlariga qarshi qo`ymasdan har xil davlatlarda, xalqlarda turli xil dinlar mavjud bo`lishi mumkin deb hisoblaydi. Ularning asosiy vazifasi ijtimoiy tartib, baxtli hayot qurish uchun xizmat qilishdan iboratdir. U dinni insonlarning manfaatidan, davlatdan ustun qo`ymasdan, aksincha u grajdanlar davlatning vazifalarini amalga oshirishda yordamchi, xizmat qiluvchi qurol bo`lishini aytadi. Farobiy islomdagi turli dogmatik qarashlarni, diniy qoidalarni tanqid qiladi va o`rta asrlarning buyuk gumanisti sifatida maydonga chiqadi. O`zining «Ixso al-ulum» asarida mutakallimlarning diniy masalalarini hal qilishdagi noto`g`ri mutodlarini, obyektiv holatdan chetga chiqib ketayotganliklarini ochib tashlaydi.
Farobiy davlat formasi masalalariga ham to`xtab, shoh donishmand bo`lishi va u o`z lovazimiga loyiq kishi bo`lishini e`tirof etadi. Bu bilan Farobiy taxtni otadan baloga o`tib kelishi (meros)huquqini qoralab, davlat boshlig`i o`z lavozimiga mansub bo`lgan shaxs bo`lishligini yoqladi.
Ma`lumki, sharq davlatlarining shakli asosan mutloq monarxiya bo`lib, bu ko`p asrlar davomida saqlanib qolgan. Islom dini davlatning bu shaklini yanada mustahkamlab – shoh xudoning yerdagi soyasi, vakili degan g`oyani kishilar ongiga singdirib yuborgan.
Farobiy ham o`zining siyosiy qarashlarida monarxiya davlat formasidan voz kecha olmaydi. Uning fikriga ko`ra, davlat boshlig`i har tomonlama yetuk shaxs bo`lishi kerak. Ammo bu yerda shuni aytish
kerakki, Farobiy monarx to`g`risida gapirar ekan uning oldiga 12 talabni qo`yadi. Ideal davlat boshlig`i haqiqatni sevuvchi va uning uchun kurashuvchi, boylikka xirs qo`ymaydigan, adolatsizlik va jabr-zulm qiluvchilarga qarshi kurashuvchi, botir, jasur bulishi kerak deb hisoblaydi. Bu yerda shu narsa xarakterliki, Farobiyning o`zi ham ana shu 12 fazilatning hammasi yagona bir kishida bo`lishiga shubhalanib, davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishi boshqarishi kerak degan g`oyani ilgari suradi. Bu yerda biz Farobiyni monarxiya formasi doirasida cheklanib qolmasdan, balki o`z zamonidan ilgarilab ketganini ko`ramiz.
Lekin Farobiy ham o`z davrining farzandi bo`lganligi sababli davlat va huquqning mohiyati, formasi kabi masalalarni yechishda o`z zamoniga nisbatan progressiv bo`lsada, lekin ularning asosiy sababini mohiyatini yechishda tarixiy cheklanishlarga yo`l qo`yadi.
Uning ushbu masalalardagi fikrlari ko`proq utopik xarakterda bo`lib, kelajakda adolatli (fazilatli) davlatlarni va ularning rahbarlari xalq orasidan chiqqan donishmand shaxslar bo`lishini orzu qilish bilan cheklanadi.
Davlat, huquq, din odamlarni hayotini yaxshilashi, ularni baxt- saodat, tinchlik bilan ta`minlashi uchun xizmat qilishi kerak degan fikrlarni ilgari surgan va mamlakatda progressiv siyosiy fikrning diniy dogmalariga qarshi rivojlanishida gumanistik g`oyalarning omma orasida keng tarqalishi progressiv mutavakkirlarning siyosiy-huquqiy qarashlari taraqqiyotda muhim rol o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |