Farobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat, ma`naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir. Shuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi.Bundan biz Farobiyning axloqni xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz.Farobiy
«Aql ma`nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi.U mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi deydi. Farobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmni nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan.Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Farobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb
- hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi.
Farobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy asoslari o`rganilsa, tarbiyada ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari o`rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`lim- tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi.Farobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki yo`l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo`l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so`zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g`ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo`l (yoki usul) – majbur etish yo`li. Bu usul gapga ko`nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo`llaniladi. Chunki ular o`z istaklaricha so`z bilan g`ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o`rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo`ladi. Kasb hunarlarni va juz`iy san`atlarni egallashga intilish bo`lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir
Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda Farobiy tavsiya etgan ta`lim – tarbiya usullari hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Abu Nasr Muxammad ibn Muxammad Farobiy (870-950) ilk o`rta asr uyg`onish davrining buyuk namoyondasi, qomusiy ilm sohibidir. U O`tror yaqinidagi Farob qishlog`ida tavallud topgan. Uning avlodlari qipchoq turk qavmidan edi. Farobiy juda ko`p fanlar sohasida ilg`or g`oyalarni asoslab bergani uchun unga «ikkinchi muallim» "muallimi soniy" (Arastu birinchi muallim) muallimi avval degan faxriy nom berilgan edi.
Davrning siyosiy va huquqiy qarashlari chuqur tahlil qilib, o`zining ijtimoiy siyosiy qarashlarining to`la asoslab bergan. Farobiy Bag`dodlik olimlarning eng peshqadami edi. U musiqadan tortib Astronomiyagacha ko`plab fanlar sohasida kitoblar yaratib qoldirdi. Ayrim manbalarga ko`ra u arab, fors, yunon kabi o`nlab tillarda gapira olgan va yoza olgan. U mashhur tarjimon Abu Bashar Matta bilan hamkorlik qilib turgan.
Farobiy Movaraunnahrning ko`plab ilmiy va madaniy markazlarida bo`lgan, ijod qilgan, manbalardan shu narsa aniqki, u
O`tror, Talas, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, qobul, g`azna, Hirot, Bog`dod, halem, Damashq shaharlarida bo`lgan.
Farobiy avvalambor, faylasuf olim edi. Ratsionalistik dunyoqarashga ega bo`lgan Farobiy shunday yozgan edi: «Falsafani o`rganishdan oldin tabiat haqidagi bilimlarni o`rganish kerak. Chunki tabiat haqidagi bilmlar odamlarga juda yaqin va tushunarli, chunki inson tabiat bilan birgadir».
Farobiy yunon mutafakkirlarining ijodini qunt bilan o`rgandi, uning ko`plab asarlariga sharxlar yozdi. Arastu va Aflotun ijodlaridagi mushtarak tomonlarni topishga intildi.
Farobiy Arastuning «Metafizika», «Fizika» asarlariga hamda uning mantiqqa bag`ishlangan asarlariga, Ptolomeyning asarlariga ilmiy sharhlar yozdi. Farobiyning «Ikki faylasuf Arastu va Aflotunning yaxlit fikrlari haqidagi kitob», «Arastu bilan Talen o`rtasidagi vositachilik»,
«Falsafa manbalari», «Aql haqida traktat», «falsafani o`rganguncha nimani o`rganmoq kerak?», «Substansiya», «Davlat haqidagi traktat» kabi asarlarini alohida ko`rsatib o`tish kerak.
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tinchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shahri» haqida kitob «»Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida»,
«Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi.Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.
Farobiyning uqtirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir.U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar,
adolatparvar bo`lishi, kiishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy fikricha, yaxshilik va ezgulik, ilm-ma`rifat va nodonlik, yovuzlik va johillikka asoslangan shahar bo`ladi. U shahar davlatlari to`g`risida yozadi.
Al. Madina al Fozila; Al Madina al Joxiliya.
Axolining tinch-totuv yashashiga, farovon turmush kechirishini ta`minlab beruvchi davlatni ideal deb atash mumkin. Fuqarolar va shahar-davlat maxkamalarining o`zaro yordam va hamkorlikda yashashlari barcha muvaffaqiyat-larning bosh omilidir. Davlatni boshqarish ham inson tanasida kechiruvchi jarayonlarini esalatadi. Tananing barcha a`zolari biri-biri bilan mahkam bog`langanligi singari barcha odamlar bir-birlari bilan va davlat bilan mana shunday mahkam bog`langandirlar.
Farobiy Al-Madina, al-Jaxaliya davlatlarini tahlil etar ekan, bunday davlatlarda inson huquqlari paymol etiladi, odamlar qullikka solinadi, deb ko`rsatadi. Ma`lumki Farobiy o`zining ustozi deb bilgan Arastu o`z asarlarida qullikka tabiiy bir xol deb qaragan edi.Ammo Farobiy esa qullikni razolat deb ataydi, qullik bor joyda farovonlik yo`q.
Davlatni boshqaruvchidan juda ko`p fazilatlar talab qilindi. Jamoa boshlig`i mulohazali, halol, kamtar, haqiqatparvar, donishmand bo`lishi kerak. Jamoa boshlig`i odamlarga to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi murabbiydir. Ideal dastlabki yo payg`ambarlar, yo faylasuf, yoki bo`lmasa yuksak fazilatlarga ega bo`lgan boshqarishi zarur payg`ambarlar haqiqatni vahiy orqali o`rgansalar va bilib olsalar, faylasuflar haqiqatni aql-idrok orqali oladilar va o`rgatadilar. Davlat boshlig`i bir qator tug`ma fazilatlarga ham ega bo`lishi kerak. Jumladan, uning tani sog`, jismining a`zolari butun, tiniq fikrli balog`at sohibi bo`lib, har narsani ochiq idora eta bilishi shart.
Farobiy jamiyatni boshqarishda rahbarda boshqarish mahorati shakllangan bo`lishi kerak deb uqtiradi. Boshqarish mahoratining eng muxim omillari Farobiyning fikricha quyidagilar:
Xukm va ruh sog`lig`i.
O`zidan avval o`tganlarning qonun va usullarini yaxshi bilish va foydalanish
Eskilarning tajriba va qonunlaridan yangi xukmlar chiqarmoq.
O`zi idora qilayotgan shaharning manfaatlarini qo`riqlamoq uchun isbotli qarorlar chiqarmoq.
Chiqargan xukmlarni va ijara uchun mo`ljallangan usullarni xalqning shuuriga (ongiga) joylashtirmoq uchun ta`limga ahamiyat bermoq.
Urushda (himoyachi) tayyor turmoq.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal- shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar qatorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. Chunki bir insonda Farobiy talab qilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib yetgan mutafakkirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |