O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jalik vazirligi


Farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari



Download 123,81 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi123,81 Kb.
#216541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abu nasr farobiyning pedagogik qarashlari

Farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari


Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta`siri va bu ta`sir natijasida ular o`zlaridagi ijobiy yoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug`ilganda kamolotli bo`lib tug`imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo`lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o`xshash bo`ladi, keyinchalik esa o`zgaradi, ya`ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me`yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta`sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o`rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama –qarshiliklarni o`ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi. Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog`liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo`lsa, adolatga yaqin bo`ladi, agar ko`proq bo`lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo`ladi. Xulq albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog`liqdir”. Jamiyatda adolat asosiy mezon bo`lsa, uning a`zolari ham insof va diyonatli, mehr-oqibatli bo`ladilar. Inson jamoasi to`g`risidagi

ta`limotning asosini kishilarning ongli harakatini ,xulq-odatlari, tabiy



–mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o`rganish masalalari tashkil etadi. Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a`zosi fozil ya`ni haqiqiy inson bo`lishi kerak. Farobiy o`z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e`tiborini qaratadi va u “Fozil odamlar shahri asarida o`n ikki tug`ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo`la olishini ta`kidlaydi. Bular quyidagilar: “Birinchidan bunday odamning barcha a`zolari mukammal taraqqiy etgan, sog`lom bo`lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so`zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo`lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo`lsin; to`rtinchidan, zehni tez va o`tkir bo`lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o`rganishga ishtiyoqi baland bo`lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o`zlashtira olsin; yettinchidan nafsini tiya oladigan, qimor o`yinlaridan jirkanadigan bo`lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo`lsin; to`qqizinchidan g`ururli va vijdonli bo`lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o`ninchidan mol-dunyo yig`ishga berilmasin; o`n birinchidan adolatli bo`lsin, odamlarni adolatga targ`ib etadigan bo`lsin; o`n ikkinchidan adolatli bo`lsin, ammo qaysar bo`lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o`zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, o`zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat`iylik ko`rsatsin, qo`rqmas, jasur bo`lsin, qo`rqish va ojizlikni bilmasin”. Olimning fikricha “fozil” inson barkamlol shaxs bo`lishi uchun ma`naviy- axloqiy illatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan so`glom bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne`matlarga ega bo`ladi va adolatli ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi. Demak jamiyatning taraqqiyoti, moddiy va ma`naviy ma`daniyatning rivojlanishi, undagi fuqoro-odamlarning baxt-saodatga, ozodlik va erkinlikka erishishi shu jamiyat a`zolari bo`lmish insonlarning aqli, xulqi hamda ijtimoiy muhitnining ta`siriga bog`liq. Alloma odamlarni avval o`rganish lozimligini ta`kidlaydi, buning natijasida u insonlarni johil va fozil kishilarga ajratadi.”Har bir inson boshdan komil emas, ammo tug`ma ravishda o`ziga xos bo`lgan ichki shuur ila bosqichma- bosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi”. Shuning uchun uni o`rganib kamolot sari yo`naltirish adolatli jamiyatning asosiy maqsadidir. Yosh avlodni komil va fozil inson,yuksak insoniy fazilatlar sohibi, har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida kamol toptirish bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan jamiyatimizda davlat siyosati

darajasidagi masala sifatida e`tiborga olingan. Bu borada jamiyatimiz o`qituvchi va pedagoglar zimmasiga g`oyat ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Farobiyning fikricha jamiyatdagi muhit, tinchlik va ravnaq birinchi navbatda ziyolilar ya`ni ma`naviyat va ma`rifat tarqatuvchilarning faoliyatiga, jamiyatda kishilar o`rtasida olib boriladigan ta`lim tarbiya jarayoniga bog`liq.

O`rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog`liq bo`lib, uning inson kamoloti haqidagi ta`imoti ta`lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda o`z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» -

«Ikkinchi muallim» deb ataydilar.

Abu Nasr Farobiy (to`liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Farobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh – Toshkentga yaqin Forob (O`tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug`ilgan. Forobda boshlang`ich ta`limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta`lim olganligi haqida ma`lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag`dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig`ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag`dodga jo`naydi. Bag`dodda Farobiy o`rta asr fanini, turli fan sohalarini o`rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta`lim bergan. Umuman, Farobiy Bog`doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug`ullandi, turli tillarni o`rgandi.

Ba`zi manbalarda Farobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Farobiy qomusiy olim hisoblanadi.Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.

Farobiy taxminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham

Abu Nasr Farobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim, Farobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Farobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Farobiy inson baxt



  • saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6

  • bilim-ma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yolg`onchilarni yomon ko`radigan, 9 – o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qat`iyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi.

Farobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning

«Baxt saodatga erishuv yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi». Farobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi; ya`ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim deydi.



    1. Download 123,81 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish