noqulay ta’sirotlariga hali to’lig’icha moslashmagan bo’ladi. Shuning uchun ham
tashqi muhitning noqulay ta’sirotlari natijasida yosh hayvonlar organizmida
yuzaga keladigan patologik o’zgarishlar katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan
davrlaridagiga qaraganda eng qiyin zo’riqishni boshidan kechiradi. Organizmning
deyarli barcha tizim va a’zolarining funksional imkoniyati katta yoshdagi
3
Hayvonlarning postnatal taraqqiyotida qator bosqich va davrlar farqlanadi.
M.I.Nemchenkov (1968) buzoqlarning rivojlanishini 5 davrga ajratadi:
1. Uviz yoki yangi tug’ilgan davr - 7-10 kunlikkacha davom etadi. Bu davrda
yangi tug’ilgan hayvon organizmining tashqi muhitga moslashishi amalga oshadi.
2. Sut davri - 2 oylik yoshgacha davom etib, bu davrda ichki a’zolarning
funksiyalari takomillashadi. Sut davrining oxiriga kelib, oshqozon oldi bo’limlari
hazm jarayonida to’liq qatnashmasada anchagina rivojlangan bo’ladi.
3. Asosiy a’zolarning to’liq takomillashgan davri - 2 oylikdan 6 oylikgacha
davom etadi. Bu davrda hazm, nafas, ayirish va yurak qon-tomir, nerv va endokrin
tizim a’zolarining funksiyalari to’liq takomillashgan, faqatgina ichki sekresiya
bezlari hali to’liq rivojlanmagan bo’ladi.
4. O’sish, yetilish davri - 6 oylikdan 12 oylik yoshgacha davom etib, bu
davrda ichki sekresiya va jinsiy bezlarning jadal rivojlanishi kuzatiladi.
5. To’liq yetilish davri - 1,5 - 2 yoshgacha davom etadi. Bu davrning
davomiyligi nasliy xususiyatlarga, hayvonning zoti, saqlash va parvarishlash
sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Olimlar cho’chqalarda postembrional taraqqiyotni oziqlantirish tipining
o’zgarishi bilan bog’laydilar. F.F.Proxorov, P.Ya.Konopelko va N.A.Urazayevlar
(1969) cho’chqa bolalarining rivojlanishini quyidagi davrlarga ajratadi:
1 kunlik - postnatal taraqqiyotning boshlanishi;
7 kunlik - uviz sutini sut bilan almashinish davri;
15 kunlik - bu davr ona cho’chqalar sut berishining eng yuqori chegarasi
bo’lib, cho’chqa bolasining to’yimli moddalarni o’zlashtirishi va jadal o’sishi bilan
xarakterlanadi;
30 kunlik - o’simlik olamidan olingan oziqalarni iste’mol qilishning
boshlanishi;
60 kunlik - cho’chqa bolasining to’liq o’simlik olami oziqalari bilan
oziqlanish davri;
120 kunlik - jinsiy voyaga yetishning boshlanish davri.
Yosh hayvonlar organizmining rivojlanishini bunday davrlarga ajratish
ma’lum darajada sxyematik ko’rinishda bo’lsada, ko’pchilik kasalliklarni o’rganish
va davolash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etishda ilmiy asosda
yondashishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: