13
va tashish qoidalarining buzilishi kabi bir necha omillarning organizmga ta’sir
etishi oqibatida kelib chiqadi. Sabablariga ko’ra nospesifik, spesifik, simptomatik
bronxopnevmoniyalar farqlanadi.
Nospesifik bronxopnevmoniyalarning kelib chiqishida tashqi muhitning
noqulay ta’sirida organizm umumiy rezistentligining pasayishi asosiy omil
hisoblanadi. Bunday noqulay sharoitlarga haroratning tez-tez o’zgarib turishi,
yelvizaklar, molxonalarda namlik, ammiak, karbonat angidrid, serovodorod kabi
zaharli gazlar konsentrasiyasining juda yuqori bo’lishi, hayvon organizmining
ketma-ket sovub turishi, xonada turli xildagi mikrofloraning, asosan kokklarning
ko’payib ketishi, oziqalar tuyimligining pastligi, vitaminlar, asosan A vitaminining
yetishmasligi, hayvonlarni tashish qoidalarining buzilishi kabi stress omillar kiradi.
Qo’zilarning kasallanishiga havoning issiq kunlarida juda sovuq suv berilishi,
ularning qirqimdan keyin sovuq va yomg’irda qolishi, havoning issiq kunlari uzoq
yaylovlarda boqilishi, kechki tug’ilgan qo’zilarning issiq urishi sabab bo’ladi.
Buzoqlar va cho’chqa bolalarining bronxopnevmoniya bilan kasallanishiga
molxonalarda haroratning tez-tez o’zgarib turishi, yelvizaklar, namlik va gazlar
konsentrasiyasi yuqori bo’lgan xonalarda, sement pollarda saqlanishi (sement
kasalligi) kabi sabablar yoki hayvonlarni juda tiqis saqlash sabab bo’ladi.
Bronxopnevmoniyaning (spesifik) ikkilamchi sabablari shartli patogen va
patogen
mikrofloralar
(streptokokk,
stafilokokk,
pnevmokokklar,
ichak
tayoqchalari, pasterellalar va b.), mikoplazmalar, viruslar (adenovirus, virusli
diareya, paragripp, rinovirus), zamburug’lar hisoblanadi. Bronxopnevmoniya
paytida nafas yo’llarida 12 dan 60 tagacha turdagi bakteriyalar, viruslar va boshqa
mikrofloralar topilishi mumkin. Mikrob omili asosiy bo’lmasada yallig’lanish
jarayonining xarakteri ularning rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Simptomatik
pnevmoniyalar
pasterellyoz,
salmonellyoz,
diplokokkli
septisimiya, diktiokaulyoz kabi kasalliklar paytida shu kasalliklarning klinik
belgisi sifatida paydo bo’ladi.
Nospesifik
bronxopnevmoniyalar
atelektatik,
gipostatik,
aspirasion,
metastatik pnevmoniyalar va o’pka gangrenasi ko’rinishida bo’lib, atelektatik
pnevmoniyalar
gipotrofik
hayvonlarda,
yosh
hayvonlar
yetarlicha
oziqlantirilmaganda, hayvonlarni yayratishning yetarli darajada tashkil etilmasligi
oqibatida kelib chiqadi.
Gipostatik pnevmoniyalar esa yurak kasalliklari okibatida yoki boshqa
kasalliklar paytida hayvonning ko’p yotib qolishi natijasida yoki masion yetarli
bo’lmaganda qayd etiladi.
Metastatik pnevmoniyalar ba’zi yuqumli va yuqumsiz kasalliklar paytida
mikroorganizmlarning boshqa a’zolardan qon va limfa orqali o’pka to’qimasiga
o’tishi, aspirasion pnevmoniyalar esa nafas yo’llariga yot narsalarning tushishi
14
oqibatida kelib chiqadi. O’pka gangrenasi esa o’pkaning boshqa ko’pgina
kasalliklarining davomi bo’lib hisoblanadi.
Tashqi muhitning noqulay ta’sirotlariga nisbatan chidamlilikning pasayishi
kasallikning
kelib
chiqishidagi
eng
asosiy
omillardan
hisoblanadi.
Bronxopnevmoniya bilan ko’pincha gipotrofik buzoq, qo’zi yoki cho’chqa bolalari
kasallanib, ularda nafas tizimi a’zolarining yaxshi rivojlanmaganligi
(gipopnevmatozlar), o’pkada mayda o’choqli atelektazlarning bo’lishi yoki
bronxlarning shilimshiq modda bilan to’lib qolishi bronxopnevmoniyaga sabab
bo’lishi mumkin.
Yosh hayvonlarni bronxopnevmoniya bilan ko’pincha hayotining dastlabki
haftalari va oylarida kasallanishini ular organizmining o’ziga xos anotomo-
fiziologik xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Kollogen tolalarining nozikligi
tufayli yangi tug’ilgan hayvonlarda o’pka to’qimasining elastiklik darajasi juda
past bo’ladi. Yuqori nafas yo’llarining shilliq pardasi ham juda nozik, epiteliysi
juda tez jarohatlanuvchan bo’ladi. Yangi tug’ilgan hayvonlarda
mukosilyar
to’qima to’liq shakllanmagan, immuno-komponent elementlar, membrana osti va
membranal to’qimalar to’liq takomillashmagan bo’ladi (N.A. Neumivakina, 1999).
Shuning uchun ular o’pkaning kasalliklariga tez beriluvchan bo’ladi. Strukturaviy
immun himoya elementlarining to’liq shakllanishi qo’zilarning 3-4 oyligida
kuzatiladi.
Nafas yo’llarining qon tomirlarga boy va nozik shilliq pardalari, alveolalar
devori elastik to’qimasining nozikligi va uning limfa tomirlariga boy bo’lganligi
yallig’lanish jarayonining yuqori nafas yo’llaridan o’pka to’qimasiga tezlik bilan
tarqalishini osonlashtiradi. Yosh hayvonlar o’pkasining bronx va alveolalari
shilimshiq suyuqlik bilan tezda to’lib qoladigan bo’ladi. Ularda katta yoshdagi
hayvonlarga nisbatan kislorodga bo’lgan talab yuqori bo’lib, ularda nafas
koeffisiyenti 0,78 ga teng bo’lsa, katta yoshdagi hayvonlarda 0,96 ni tashkil etadi.