O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Globallashuv va xozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi



Download 153,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.05.2021
Hajmi153,64 Kb.
#63501
1   2
Bog'liq
glaballashuv sharoitida milliy goyaga ehtoyojning ortishi

2. Globallashuv va xozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi.

         

Dunyoning  mafkuraviy  manzarasi  tushunchasi.-Hozirgi  davr  -  dunyo

g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro

poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod

uchun yagona makon bo’lib рisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chugaralarni

o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar

bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur

urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxud mintaqa o’rtasida

bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha

qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.

        


Xullas,  urush qurollari takomilashib boravurdi. Bugungi kunda ular boshqa

hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yur sayyorasidagi hayotni bir

necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator

chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik

falokatlar, ma’na viy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana

shular jumlasidandir.

        XXI asr boshlariga kulib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar

kuchayib kutdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Glo

ballashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol

dunyo mamlakatlarining  iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati

qanday ekani bilan bog’liq.

       Dunyoning mafkuraviy manzarasining tarixan o’zgaruvchan xarakteri-XX asr

so’ngida ro’y burgan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli dunyoning bar

ham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy

manzara sini tubdan o’zgartirib yubordi.

       XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan

davr bo’ldi. XX asr so’ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvoza

1.Yoqubov B. Globallashuv davri muammolari. XXI asr 2007 y. 20 sentabr.




natning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o’zgardi.

Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganiduk, “XX asr oxirida dunyoda jo’g’rofiy-

siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu

o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabat larda

vujudga kelgan qarashlar va ularning muxanizmlarini chuqur o’ylab ko’rishni,

balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. “Sovuq urush” davrida

xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni

tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga

bog’liq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi – o’zidan

qanoatlanishga va

mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol ho- zirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda,

xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqa- larda va ularning faoliyatida ishtirok utganda

mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo’ymoqda”

1

.



         Dumokratik qadriyatlar hamda inson hukuklari va urkinliklari ustuvorligiga

asoslangan g’oyaviy qarashlar tizimining dunyo mafkuraviy manzarasida tutgan

o’rni.XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kulib kommunistik va sosia-listik partiya

ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivoj

lanayotgan mamlakatlarga bo’lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o’z

milliy mustaqilligini qo’lga kiritgan, rivojlanayotgan mamlakatlarni, jahon

maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi

holatlarda ko’rinadi:

       Dunyoni bo’lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:

1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.

2. Diniy ekstrumistik mafkuralar.

3. Pansovutizm mafkurasi.

4. Panislomizm mafkurasi.

5. G’arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

6. Ameriqacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

7. Turli diniy sektolarning g’oyalarni ifodalovchi mafkuralar.

1.Karimov I.A. xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6-T. “O’zbekiston” 1998 y. 240-241

betlar.



 Shovinizm, uning tarixiy ildizlari. Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning

nafa qat ko’p millatli impuriya doirasida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy - siyosiy

makon da ham o’zining mutlaq hukumronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon

bo’ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo’lgan, o’z millatini oliy millat deb

e’lon qil- gan millat hukmron ekspleatator sinflarining ideologiyasi va siyosati

bo’lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.

Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining

o’ta reaksion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va

dushman likni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go’yo to’laqonli bo’lmagan

boshqa millat- lar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan bir

millatning alohidaligini (mumtozligini) targ’ib etadi

.

         Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro



madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor umaslikdan kelib chiqadi. Uning

ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan

hududlarni eksplatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar

edi. Ayni chog’da bo’ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman

milliy jihat- dan norasoligi haqidagi halokatli g’oya singdirilar edi.

       


Buyuk davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  bir-birini to’ldiradi,

bular o’z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy

madani- yatlar va ma’naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtolitar tuzum

o’rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo’y qilib saqlab turishda, hozir esa

sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o’z ta’sir doirasini boshqa

mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o’rtasida o’zaro

ishonchsizlik tug’dirishda, xalqaro-huquqiy me’yorlarni inkor etishda, tashqi

iqtisodiy aloqalarni to’sishda, yan gi mustamlakachilikni zo’rlab qabul qildirish

harakatida yaqqol namoyon bo’lmoqda.

       


Pruzidunt  Islom  Karimov  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida...”  asarida

shovini- zmga “Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli

imperiya doira sida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy-siyosiy makonda ham

o’zining mutloq hukum ronligini o’rnatish uchun kurashida namoyon bo’ladi” deb




ta’rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T.6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko’proq

iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo’ladi.

      Mustaqil O’zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va

agressiv millatchilik tug’dirayotgan tahdidlarning rual xavfi quyidagilardan iborat:

      1) Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish.

      


2) Xalqaro-huquqiy  va  ichki  davlat  suverinitetimizni  ro’yobga  chiqarishga

qarshilik ko’rsatish.

      

3) O’zbukistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  chugaralashga,  ularni  teng



huquq- li bo’lmagan sharoitga solib qo’yishga urinish.

      4) Mamlakatimiz aholisiga uluktron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy

yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri

tasav- vur tug’dirishga intilish.

      

5) Millatlar  o’rtasidagi  o’zaro  ishonchsizlikni  keltirib  chiqarish,  millatlararo



munosabatlarni keskinlashtirish.

      


6) Yangi  mustamlakachilik  va  yangi  imperiyachilik  yondashuvlarini  zo’rlab

qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni

sekinlash tirish xavfi.

       Akidaparastlik: asosiy shakllari, keltirib chikaruvchi omillar, tarqalishining ol-

dini olish yo’llari. Kishilar ongi va qalbiga ma’lum mafkuraviy tazyiqlar asosida

singdirilib, e’tiqod darajasiga ko’tarilgan vayronkor mafkuralardan biri – aqidapa-

rastlik.U o’z xususiyatini ikkita shaklda namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy

shakli (shovinizm, atuizm, kommunizm); aqidaning diniy shakli (inkvizasiya,

vahhobiylik, Hizbuttahrir, Hizbulloh, Al-Qoida va b.) aqidalarni zamon va

makondan ajratgan hol da anglab, ularni (o’zgartirib bo’lmas) tushunchalar dub

biluvchilar aqidaparastlar deb yuritiladi. Aqidaparastlarning shakllanishi va qaror

topishi barcha diniy tashki- lotlar va ularning ruhoniylari faoliyati bilan tarixan

bog’liq bo’lganligi uchun u faqat diniy ta’limotlarga xos hodisa sifatida talqin

etiladi.


       Diniy aqidaparastlik, islom fundamuntalizmi – islomning fundamental prinsip-


larini tiklash, islom vujudga kelgan dastlabki shart-sharoitlarga qaytish shiori

ostida harakat qilishga da’vat utuvchi ruaksion g’oyalardan biridir. Bundan

tashqari, bu g’oya tarafdorlari xalifalik bayrog’i ostida birlashishni noislomiy

dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham ta’kidlash joizdir. Bunday

yondoshuv o’ta xavfli ekanligi hammamizga ayondir. Bunday ruaksion g’oya

insoniyatning diniy asosda qarama-qarshi qutblarga bo’linib ketishiga, ba’zan

“sivilizasiyalar to’qna- shuvi” deb ataladigan hodisaning yuzaga kelishiga sabab

bo’lishi mumkin. Ushbu g’oyani qo’llab-quvvatlovchi yana bir ruaksion oqim

diniy ekstrumizmdir. Dinni niqob qilib hokimiyatga intilish, g’arazli niyatlari

yo’lida har qanday qabihliklardan tap tortmaslik xususiyati ushbu g’oya

tarafdorlariga xosdir.

   1.Xalifalikni tiklash.

   2.Islom modurnizmi.

   3.Islom tradisionalizmi.

   4.Islom fundamentalizmi.

        Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o’zida mujassamlashtirgan xalifa

rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko’zlagan, sog’lom

mantiq qa mutlaqo zid da’vodan iborat. XX asr 80-yillarida “Musulmon

birodarlari” tashkilo tining fraksiyalarga bo’linib ketishi natijasida quyidagi diniy

tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan:

1) Islom ozodlik partiyasi

2) Sosial islohotlar jamiyati

3) At - Takfir val - Hijra

4) Junud Alloh

5) Jihod

6) Hizbulloh kabi.

Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud:

7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo’lgan).

8) Ahmadiya (1X asrda Pokistonda).

9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to’ntarish).




10)Tablig’chilar - etkazish ma’no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.

11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg’onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon

oqim sardoriga bo’ysunish (Akrom Yo’ldoshev boshchiligidagi).

12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.

13)Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O’zbukistonga (1991 yil).

14)Islom uyg’onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.

15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda “Otavali-xon” masjidida.

16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo’ldi.

          

1991  yil  14  iyunda  O’zbekiston  Oliy  Kengashining  12  -  chaqiriq  5-

sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni qabul

qilingan edi. “Vijdon urkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunning yangi

tahriri 1998-yil 1-mayda Oliy Majlisning II-sessiyasida qabul qilindi.

           

Umuman,  Islom  ekstrumizmi,  fundamentalizmi  tomonidan  O’zbekiston

xavf sizligiga solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat:

          

1)  Dindor  musulmonlarning  islohotchi  davlatga  ishonchini  yo’qotish,

demokra tik jamiyatni obro’sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuvlikni buzishga

urinmoqda.

          

2)  Asossiz  da’vatlar  orqali  yoshlarni  mutelik,  erksizlik  holiga  tushirib

qo’yish, aqliga va taqdiriga hukmron bo’lish.

3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.

          4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga keltirish.

           

5) Musulmon va  nomusulmon  mamlakatlar orasida O’zbukiston obro’sini

to’kish, obro’sizlantirish.

          6) Islom va boshqa sivilizasiyalar o’rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish.

          7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish.

        

“Bu  radikal  guruhlarning  barchasini  birlashtirib  turadigan  umumiy  bir

xususiyat bor. Ular, mohiyat u’tiboriga ko’ra, biz uchun mutlaqo yot bo’lgan bir

maqsadni - diniy davlat, musulmon xalifaligini o’rnatishni targ’ib qilmoqda”

7

.

1.Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon,hech kimga qaram bo’lmaydi. T. “O’zbekiston” 2005



y. 53-bet.


        

Dunyoning  mafkuraviy  manzarasida  etnik  zaminda  shakllangan  g’oyaviy

karash larning o’rni, ularning tarixiy ildizlari va namoyon bo’lishining o’ziga xos

hususiyat lari.Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi  - g’oyaviy ta’sir o’tkazish

imkoniyatlari ning kengayishi oqibatida unga yer yuzining barcha mintaqalarida

mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb utganini ifodalovchi tushuncha.

Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy,

madaniy hayot ning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integrasiyalashuvi

va intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi,

ularning kompyuterlash tirilishi, elektron pochta, internet, kosmik tuluradio aloqa

tizimlarining texnik-texno logik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot

almashuv, binobarin, g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlari ham tobora

kengaymoqda. Mafkuraviy jarayonlarning glabal lashuvida bir-biridan tubdan farq

qiladigan ikki yo’nalish, tendensiya namoyon bo’lmoqda. Birinchidan, insoniyat

sivilizasiyasi tarixida urishgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning

umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib,

universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik

tamoyillarining integrasiyalashuv jarayoni kechmoqda. Ikkinchidan millatlar va

davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naniy-madaniy rivojlanishi dagi

beqarorlik, ular manfaatlaridagi o’ziga xoslikni mutloqlashtirish insoniyatga, shu

jumladan, o’z millatining kelajagiga xavf tug’diradigan salbiy hodisalarning

mafkura lashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm,

ekstremizm, fundamentalizm va narokobiznes hodisalarida namoyon bo’lmoqda.

Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo’layotgan g’oyalar tez fursatda butun

jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy

kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis – yaqin manbalardan tarqala

digan, turli  mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib

yashamoqda. Bu jarayonning eng muhim xususiyat laridan biri – turli

mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g’oyat katta  iqtisodiy manfa atlar bilan

chirmashib ketganidir. Mafkuraviy glaballashuv saviyasi past audio va

viduokassetalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ’ib qiladigan “san’at



asarlari” ning ham keng tarqalishiga sabab bo’l moqda. G’oyaviy –mafkuraviy

tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o’zining

g’oyaviy-mafku raviy daxlsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ko’rish zarur

bo’lib qolmoqda. Ana shunday tadbirlar izchil amalga oshirilganda mafkuraviy

jarayonlarning glaballashuvi g’oyaviy qarashlardagi muayyan farqlardan qat’iy

nazar, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik g’oyalariga sodiqlikning kamol topishiga

sharoit yaratadi, umum insoniy sivilizasiya taraqqiyotining muhim omiliga

aylanadi.

       Irkchilik  mafkurasining  mohiyati  – “Rasizm” so’zi “rasa” (irq) atamasidan

kelib chiqqan. Bu atama 17 asrdan boshlab Uvropada “insoniyat nasli”ni turli irqiy

guruh lar, jumladan “oq”, “qora” va “sariq” irqqa ajratish uchun qo’llana boshladi.

odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tungsizlik, boskinchilik, zo’rovonlik va urushlarni

kishilarning turli irklariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy

ta’limot.  Irqchilik insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy

(ko’zi, sochi va terisining rangi, bosh va yuz tuzilishi kabi tashki, ikkinchi darajali

jismoniy) belgilar bilan bog’lab, ularni oliy va quyi, bekamu-ko’st va noraso

irklarga ajratadilar.Unga

ko’ra, oily irklar xo’jayinlik qilishi,qolganlari ularga xizmat qilishi, bo’ysunishi

shart.

       Irkchilik ta’limoti boshka xalklarga nisbatan boskinchilik, talonchilik, mustam



lakachilik siyosatini asoslashga harakat qiladi. Masalan, fashizm mafkurasi va siyo

sati irkchilik ta’limoti va amaliyoti bilan yakindan bog’likdir. Irkchilik ta’limoti

bilan kurollangan fashistlar Germaniyasi “oriylar irki” hukmronligini o’rnatish

maksadida jahon urushini boshlagani bunga yakkol misoldir.

       Hozirgi davrda uning qaytadan jonlanishini keltirib chiqarayotgan omillarga –

e’tibor qaratsak, hozir ham reaktsion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi guruhlar,

ularning nazariyotchilari irkchilik g’oyalarini targ’ib utib, “qolok” xalklarning

go’yo mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor umasliklarini da’vo qilmokdalar.

Dunyoning turli mintakalaridagi bunday karashlar va harakatlarni xalklar

ozodligini bo’g’ishga, ular ustidan hukmronlik o’rnatishga intilish deb tushunish




mumkin.Dunyoda yevropalik, mo’g’ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan

uch asosiy irk bor. Tarixiy taraqqi yot davomida irklarning aralashuvi, irkiy

bulgilarning o’zgarishi sodir bo’lib kelgan va u hozir ham davom etmokda. Barcha

irklar madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyat lidir. Irqiy kamsitish ilmiy jihatdan

o’rinsizdir. Irqchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir.

       O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng

huquqliligi belgilab ko’yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq

me’yorlariga javob beradi va irqchilikni inkor etadi.

       Dunyoning mafkuraviy manzarasi rivojlanishining istiqbollari.Hozirgi zamon

g’oyaviy-mafkuraviy geosiyosatini demokratik va gumanistik tamoyillar asosida

tashkil qilish dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Yer kurrasini asrab

qo lish, insoniyatning kelajak hayotini saqlab qolish, barcha xalqlarning ozod va

teng yashashi uchun bevosita demokratik va gumanistik tamoyillar asosidagi

g’oyalarga amal qilish tarixiy zaruriyatdir. Biz dumokratik va gumanistik

tamoyillar duganda nimani tushunamiz? Bu xalqlarning erkinligi, ozodligi, hur

fikrliligi, qonun oldida tengligi, inson hayotini hamma narsadan ustunligi, inson

qadr-qimmatining yuqo- riligi, barcha olib borilayotgan jarayonlarning inson

hayotini yaxshilashga qara-

tilganligi demakdir.

        


Buning  uchun  har  bir  mamlakat  yoki davlatning  mustaqilligini  tan olish,

millati, dini va qadriyatlarini hurmatlash, ichki ishlariga aralashmaslik, tashqi

siyosatda o’za ro manfaatdorlik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hamkorlikda o’zaro

hurmat kabi u muminsoniy qadriyatlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mam lakatda ilg’or g’oyalar, mafkuralar qancha ko’p bo’lsa, ya’ni

mafkuraviy plyuralizm hukmron bo’lsa taraqqiyotning samarali yo’lini tanlab olish

uchun imkoniyat shuncha lik keng bo’ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va

mazmun jihatidan boyishi ga, bir-birini to’ldirishiga xizmat qiladi.



Document Outline

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
    • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
      • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
        • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
        • TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNVERSITETI
        • NUKUS FILIALI

Download 153,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish