O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi



Download 353,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana26.01.2020
Hajmi353,43 Kb.
#37551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari


Lishayniklar.  Lishayniklar tanasi zamburug‘ va suv o‘tlarining simbioz bir - biriga moslashgan 

holatda yashashi natijasida paydo bo‘lgan organizm bo‘lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zambu-

rug‘lardan xaltachali, bazidiyali, suvo‘tlardan ko‘k, yashil suvo‘tlari vakillari kiradi. Zamburug‘ gifala-

ri bilan suvo‘tini o‘rab olib, u bilan birga o‘sadi. 

Lishayniklar avtotrof o‘simliklardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishi jihatidan xilma- xil ular 

kulrang, sariq, qo‘ng‘ir, qizil ba’zan qoramtir ranglarda bo‘ladi. Lishayniklar tanasining morfologik 

tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi.  

1.  Yopishqoq yoki po‘stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, 

qobiqsimon, substratga juda mahkam yopishadi.  

2.  Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko‘rinishda bo‘lib, rizoidga o‘xshash 

o‘simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo‘ladi.  

3.  Butasimon yoki shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o‘sadi, butaga o‘xshab 

shoxlaydi. Tog‘larda uchraydigan kladoniya, shimolda o‘sadigan bug‘i lishaynigi va yolli lishayniklar 

shular jumlasidandir. Lishayniklar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko‘payadi. Ularning mo‘rt tallomi 

qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasida uzoq yerlarga tarqaladi. Shuningdek ular 

maxsus ko‘payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko‘payadi. 

Кladoniya lishaynigi 10-15 s biomassa beradi. Bo‘yi 20 smgacha yetadi. Bug‘ular uchun oziq-

ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to‘planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori 

tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glukoza, spirt, lakmus, bo‘yoqlar olinadi. 

Savollar: 


 

36

1.  Zamburug‘lar qanday o‘simliklar? 



2.  Zamburug‘lar qanday sinflarga bo‘linadi? 

3.  Zamburug‘lar madaniy o‘simliklarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? 

4.  Zamburug‘larning ahamiyati? 

5.  Lishayniklar qanday o‘simliklar? 

6.  Lishayniklar nechta guruhga bo‘linadi? 

7.  Lishayniklarning ahamiyati? 

 

17-MAVZU: ARXEGONIAL O‘SIMLIКLAR YO‘SINLAR, PLAUNLAR, QIRQBO‘G‘IMLAR, 

PAPOROTNIКLAR 

Reja: 

1.  Yuksak o‘simliklar  

2.  Arxegonial o‘simliklarning klassifikatsiyasi. 

3.  Moxsimonlar (yo‘sinlar). 

4.  Plaunsimonlar. 

5.  Bo‘g‘imlilar. 

6.  Paporotniksimonlar. 

Adabiyotlar: 1, 2. 

1. Yuksak o‘simliklar - Cormobionta. Yuksak o‘simliklarning tuban o‘simliklardan farqi tanasi 

to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, ildiz poya va barg hosil qiladi. Ular asosan quruqda o‘sishga mos-

lashgan bo‘lib, evalusion nuqtai nazaridan suvo‘tlaridan kelib chiqqan. 

Olimlar fikricha yuksak o‘simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish 

xususiyatlari ularni yashil o‘simliklardan kelib chiqqan degan fikr yuritishga asos bo‘lgan. 

Yuksak o‘simliklarda anteridiy va oogoniylarning hosil bo‘lishi ularning qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan 

kelib chiqqanligini asoslaydi. (G.Shenk, L.Кursanov,  К.Meyer). Yuksak o‘simliklar Qizil suv 

o‘tlaridan kelib chiqqan degan gipotizani ilgari suruvchi olimlar ham bor. (P. Van). Bu fikirlar yuksak 

o‘simliklarni suvo‘tlarining u yoki bu guruhlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. 

Yuksak o‘simliklar suv o‘tlaridan kelib chiqqan bo‘lsada o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega  



1.  Кo‘p hujayrali organizmlar bo‘lib poya, barg hosil qiladi. 

2.  Suv o‘tlaridagi qat- tana o‘rniga ularda stela va epidermis hosil bo‘lgan. 

3.  Yuksak o‘simliklar rizoid va ildiz hosil qiladi.  

Yuksak o‘simliklar ikkita katta guruhga bo‘linadi. 1. Arxegonial o‘simliklar. 2. Gullik o‘simliklar. 



2. Arxegonial o‘simlikar, quyidagi 7 ta bo‘limga bo‘linadi. 

1. Rinofitlar bo‘limi. 2. Psilotlar bo‘limi. 3. Moxsimonlar bo‘limi. 4. Plaunsimonlar bo‘limi. 5. 

Bo‘g‘imlilar bo‘limi. 6. Paporotniksimonlar bo‘limi. 7. Ochiq urug‘lilar. 

Arxegonial o‘simliklar uchun harakterli asosiy xususiyatlardan biri ko‘p hujayrali arxegoniyning 

hosil bo‘lishidir. O‘simliklarning tarqalishi spora va urug‘ vositasida bo‘ladi. Arxegoniyning asosiy 

vazifasi tuxum hujayrasini hosil qilishga xizmat qilishdir. Arxegonial o‘simliklarning otalik organi 

anteridiy deb nomlanadi. Unda ko‘p miqdorda spermatozoid hosil bo‘ladi. 

Gulli o‘simliklarning 250000 turi mavjud. Ular uchun harakterli xususiyat ko‘payishga xizmat qi-

luvchi anteridiy va arxegoniyning qisqarib, o‘rniga gulning hosil bo‘lishidir. Guldagi tuxum hujayrasi-

ning otalanib rivojlanishidan urug‘ va meva hosil qiladi. Shuning uchun bunday o‘simliklar yopiq 

urug‘li o‘simliklar deb nomlanadi. Gullik yoki yopiq urug‘li o‘simliklar ikkita sinfga bo‘linadi. 1. Ikki 

pallalilar. 2. Bir pallalilar. 

3. Moxsimonlar-Bryophyta. Moxsimonlar hayot kechirishi, ekologiyasi jihatidan suvo‘tlariga ya-

qin guruh bo‘lib, harakterli xususiyatlaridan biri ildizini bo‘lmasligi, o‘tkazuvchi naylar hosil qilmasli-

gi va yog‘ochlangan shakllarining bo‘lmasligidir. 

Moxsimonlarga 35000 turdagi o‘simliklar kiradi. Yer yo‘zining barcha materiklarida turlicha tar-

qalgandir. Ayrim vakillari daraxt po‘stloqlarida epifit hayot kechiradi. 

Moxsimonlar asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o‘rta mintaqasida keng tarqalgan. Ayniqsa, 

o‘rmon va botqoq hududida ko‘p uchraydi. Moxsimonlarning kelib chiqishi masalasi turlicha hal qi-

linadi. Filogenetik sistema asoschilari A. Taxtadjan, 



 G. Gayekkel fikricha moxsimonlar psilofitlardan kelib chiqqan. Amerika biologlari G. Fray va 

 

37

A. Кlark moxsimonlarni ipsimon yashil suv o‘tlaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr-

lar К. Meyer tomonidan ham tasdiqlangan. Moxsimonlar avtotrof o‘simliklardir. Ularning tanasi poya 

va barg hosil qiladi, ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Rizoidlar epidermisini o‘sishi 

natijasida hosil bo‘ladi. Moxsimonlarda o‘tkazuvchi naylar bog‘lami hosil bo‘lmaydi. Moxsiomnlarn-

ing o‘lchami 20-40 sm ni tashkil qiladi. 

Moxsimonlar jinssiz, jinsiy va vegetativ usulda ko‘payadi. 

Jinssiz usulda ko‘payish sporafit nasl deb nomlanadi. Sporangiyda yetilgan sporalar qulay sha-

roitga tushib protonema yashil o‘simtani hosil qiladi. 

Jinsiy ko‘payish moxsimonlarda anteridiy va arxegoniynnig hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Jinsiy 

nasl gametofit deb nomlanib, o‘zida sporofit naslni saqlash xususiyatiga ega. Vegetativ ko‘payish 

vegetativ tananing biror bo‘lagi bilan amalga oshadi. 



Кlassifikatsiyasi. Moxsimonlar 3 ta sinfga bo‘linadi.  

1. Sinf Jigar moxlari - Hepaticae 2. Sinf poya bargli moxlar - Musci 3. Sinf antoserotlar - Antho-

cerotales. 

Jigar moxlar sinfi. Bu sinfni shunday nomlanishga sabab sinf vakillaridan biri morshansiya avlodi 

tallomidan XIX asrda Yevropada jigar kasalligini davolashda foydalanilgan. Jigar moxlar vakillari ta-

nasi dorzoventral tuzilishda bo‘lib, tanasining usti ostiga o‘xshamaydi. Tallomlari, shakllari 

plastinkasimon bo‘lib, poya va bargga bo‘linmagan. Morshansiya ikki uyli o‘simlik bo‘lib, bir tal-

lomida arxegoniy, ikkinchi tollomida esa anteridiy yetishadi. Marshansiya jinsiy, jinssiz va vegetativ 

usullarda ko‘payadi, zax va soya yerlarda ya’ni o‘rmonlarda va ariq bo‘ylarida o‘sadi. 

Barg poyali moxlar sinfi. Asosan tanasining poya va bargga bo‘linganligi, rizoidlarining ko‘p hu-

jayrali hamda sershox bo‘lishi bilan jigar moxlardan farq qiladi. 3 ta tartibga bo‘linadi. 1. Yashil mox-

lar, 2. Sfognum moxlar, 3. Andera moxlari. Yashil moxlar tartibiga kakku zig‘iri va respublikamiz 

hududida uchraydigan funariya moxi kiradi. Кakku  zig‘iri ko‘p yillik bo‘yi 20 - 40 smga yetadigan 

o‘simlik. 

4. Plaunsimonlar. Lycophyta. Yer yuzida tarqalgan yuksak o‘simliklar orasida eng qadimiysidir. 

Plaunsimonlar toshko‘mir davrida keng tarqalgan bo‘lib, daraxtsimon vakillarining bo‘yi 30 metrga 

yetgan. Hozirgi vaqtda bu bo‘lim ko‘p yillik o‘tsimon past bo‘yli yashil (plaun, selaginella) 

o‘simliklarni eslatadi. Daraxtsimon vakillari toshko‘mir qoldiqlarini hosil qilishda juda katta rol 

o‘ynagan. Plaunsimonlar bo‘limi ikki sinfga: plaunlar va lepidodendroplarga bo‘linadi. 

Plaunlar sinfi ikkita tartibni o‘z ichiga oladi: plaunsimonlar-teng sporalilar va selaginallar  har xil 

sporalilar. 

5. Bo‘g‘imlilar - Sphenophyta. Bu bo‘limning bo‘g‘imlilar deb nomlanishiga sabab poyalari 

bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlarga bo‘lingan, qolaversa, barglari mayda bo‘lib, reduksiyalangan poyasiga 

xalqasimon shaklida birikkan bo‘ladi. Кo‘payish uchun xizmat qiluvchi sporafit ham boshoqchada doi-

ra shaklda joylashgan. Bo‘g‘imlilar devon davrida yashagan. Toshko‘mir davrida juda barq urib 

o‘sgan. Baland daraxtsimon turlari yer yuzini qoplashda katta rol o‘ynagan. Hozirgi vaqtda ko‘p yillik 

vakillaridan faqat qirq bo‘g‘imlar saqlanib qolgan. 

Bu bo‘lim uch sinfga: giyeniyasimonlar, bo‘g‘imlilar va qirq bo‘g‘imsimonlarga bo‘linadi. Yuqor-

idagi ikki sinf vakillari allaqachonlar yo‘qolib ketgan. Faqat qirq bo‘g‘imlar oilasi vakillari soqlanib 

qolgan. 

Qirqbo‘g‘imsimonlar sinfi. Bu sinf bo‘g‘imlilar bo‘limining boshqa sinflardan poyasining ichi ko-

vak bo‘lishi hamda o‘simliklarning deyarli hammasida barglar doira shaklida joylashishi bilan farq 

qiladi. Bular spora yetishtirish yo‘li bilan ko‘payadi. Sporalar sporangiylarda yetishib, sporangiyalar 

shakli o‘zgargan barg hisoblanadi. Sporafillar qalqon shaklida bo‘lib, poya uchidagi xalqalarda joy-

lashadi. Ba’zi yo‘qolib ketgan avlodlari ikkilamchi yo‘g‘onlanish xususiyatiga ega bo‘lgan. Dala 

qirqbo‘g‘imi Markaziy Osiyo florasida ko‘p uchraydi. 

6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi. Qadimiyligi 

bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi taxminan 

qirqbo‘g‘imsimonlar bilan bir davrga to‘g‘ri keladi. 

Poporotniklar 300 avlod va 10000 to‘rni o‘z ichiga oladi. Bular cho‘l, dasht, bot- 

qoqlik, ko‘llar, sho‘r suvlar va o‘rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o‘suvchi 

vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha 



 

38

mm ni tashkil qiladi. 



Paporotniklar barglari yirik patsimon bo‘lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral 

shaklida joylashadi. 

Poporotniksimonlar sporadan ko‘payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to‘p-to‘p bo‘lib joylash-

gan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo‘lish oldidan reduksion yo‘l bilan bo‘linadi. Sporalardan 

yangi yuraksimon o‘simta rivojlanadi. Bu o‘simtalardan urg‘ochi jinsiy organ-arxegoniy va erkak 

jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug‘lanish nam yoki kuchli yomg‘ir, shudringda ro‘y beradi. 

Paporotniklar, suvda urug‘lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin 

paporotniklarga bo‘linadi. 



Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan 

kalta bo‘yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o‘smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki 

paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan. 

Chin poporotniklar sinfi. Bunga qazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar 

kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Chin 

paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo‘linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil 

sporali paporotniklar. 

Savollar: 

1.  Yuksak o‘simliklarni tuban o‘simliklardan farqi nimalardan iborat? 

2.  Nima uchun arxegonial o‘simliklar deyiladi? 

3.  Arxegonial o‘simliklarga qaysi bo‘lim o‘simliklari kiradi? 

4.  Moxsimonlarning jinsiy ko‘payishi organlari nima deb ataladi? 

5.  Plaunsimonlar qanday o‘simliklar? 

6.  Qiriqbo‘g‘imlar qanday o‘simliklar? 

7.  Paporotniklarning otalik jinsiy gametalari qayerda hosil bo‘ladi va qanday nomlanadi? 

8.  Soruslarning hosil bo‘lishi qaysi o‘simliklarga xos? 

 

18-MAVZU: OChIQ VA YOPIQ URUGLI O‘SIMLIКLAR 

Reja: 

1.  Urug‘li o‘simliklar. 



2.  Ochiq urug‘li o‘simliklar. 

3.  Ochiq urug‘li o‘simliklarning ahamiyati. 

4.  Yopiq urug‘li o‘simliklar. 

5.  Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi. 



 

Adabiyotlar: 1, 3. 

1.Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug‘ yetishtiradigan yuksak o‘simliklar urug‘li o‘simliklar 

deb ataladi. Bu o‘simliklarda urug‘ bo‘lishi bilan arxegonial yuksak o‘simliklardan, ya’ni moxlar, rin-

iofit, plaun, qiriqbo‘g‘im va paparotniklardan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug‘ yet-

ishtiruvchi o‘simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. 

Urug‘li o‘simliklar ikki bo‘limga: ochiq urug‘lilar (Gymnospermae)va yopiq urug‘lilar (Angio-

spermae) ga bo‘linadi. 

2. Ochiq urug‘lilar qadimiy o‘simliklar bo‘lib, ularning qadimiy avlodlari toshko‘mir davrining 

oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug‘li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo‘qolib ketib, qazilma 

holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda 

qarag‘aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. 

Yer yuzida ochiq urug‘lilarning hozir 660 turi mavjud bo‘lib, asosan daraxt, qisman buta va liana 

turlari uchraydi. 

Shoxlanishi monopodial bo‘lib, poyasi kambiy va fellogen to‘qimalarining faoliyati natijasida 

o‘ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yug‘onlashish xususiyati bilan yopiq urug‘li o‘simliklarga yaqin 

tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o‘tkazuvchi bog‘lamlar yo‘qligi bilan 

ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. 1. gr megofil linyasi bo‘yicha 

poporotniklarga o‘xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo‘yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 

yilda to‘kiladi. Ochiq urug‘lilar doimiy yashil o‘simliklar bo‘lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, 


 

39

mikoriza hosil bo‘ladi. 



Ochiq urug‘li o‘simliklarning harakterli xususiyatlaridan biri urug‘ va urug‘ kurtakni ochiq 

bo‘lishidir. Ularning urug‘lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. 

Urug‘kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tomonidan intgument bilan 

o‘rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug‘ rivojlanadi. Ochiq urug‘lilarning muhim 

xususiyatlaridan biri, spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo‘lishi bu 

o‘simliklarni suvsiz muhitda ham otalanishiga imkon yaratib beradi. 

Ochiq urug‘lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Кavkazda keng tar-

qalgandir. Ochiq urug‘lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab 

bo‘lmoqda. Barcha arxegonial o‘simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq 

urug‘lilargacha) tuxum hujayraning arxegoniyda hosil bo‘lishidir. 

Ochiq urug‘lilarning taraqqiy etgan shakillarning hosil bo‘lishi yopiq urug‘lilarning hosil bo‘lish 

davriga - devon davriga to‘g‘ri keladi. Ochiq urug‘lilar quyidagi 3 ta sinfga bo‘linadi. 



1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug‘lilar. 

Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag‘aylar tartibiga bo‘linadi. 

Qarag‘aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko‘mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng 

tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. 

Qarag‘aylarning 560 turi mavjud bo‘lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo‘linadi. 

Qarag‘aylar oilasi Pinaceae.Qarag‘aylar oilasi vakillari MDH hududida keng tarqalgan 

o‘simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag‘ay - sosna, qoraqarag‘ay - yel, tilog‘och - 

list vennisa, oq qarag‘ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo‘lib, mutyovka shaklida yoki juft bo‘lib 

joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yon ildizlar hosil qiladi. Qarag‘ay bir uyli ayrim jinsli 

o‘simlikdir. 

Ochiq urug‘lilarning ko‘payishini oddiy qarag‘ay Pinus sibirica misolida ko‘rib 

chiqamiz.Qarag‘ay tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bo‘yi 50 m balandlikka yetadi, 400 yil hayot kechi-

radi. Sporafill erkak va urg‘ochi qubbada hosil bo‘ladi.Qubbalar bitta o‘simlikda joylashadi. Uzunligi 

4-5 sm, diametri 3-4 sm bo‘lib, unda spiral ravishda mikrosporofill joylashgan bo‘lib, chang hosil qi-

lishga xizmat qiladi. 

Mikrosporofill tuxumsimon shaklda bo‘lib, unda ko‘p miqdorda mikrospora hosil bo‘ladi. Mikro-

spora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan o‘ralgan bo‘lib, yonida 2 ta to‘rsimon 

havo pufakchasini hosil qiladi. Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo‘ladi. 

Mikrospora ikkiga bo‘linib, undan ikkita hujayra hosil bo‘ladi. (anteridiyli va vegetativ). Anteridiyli 

hujayra sperma hosil qilishga xizmat qilsa, vegetativ hujayra spermani tuxum hujayraga yetkazib be-

riishga xizmat qiladi. 

Urg‘ochi qubbalar yosh novdaning uchida joylashadi. Qubbaning asosiy o‘qida tangachalar joy-

lashgan bo‘lib, unda ikkitadan urug‘kurtak hosil bo‘ladi. Urug‘kurtak nutselus va integumentdan tuzil-

gan bo‘ladi.  

Nutselus tuxumsimon bo‘lib, ustidan integument o‘rab turadi. Nutselusning qubba o‘qiga qaragan 

qismida chang kirishi uchun yo‘l - mikropill joylashgan bo‘ladi. Nutselus markazida dastlab bitta hu-

jayra joylashib, unnig bo‘linishidan 4 ta megospora hosil bo‘lsa, undan 3 tasi holok bo‘ladi yoki undan 

endosperm hosil bo‘ladi. Erkak qubbadagi chang urug‘kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab 

changning ekzina qavati yorilib vegetativ hujayra chang nayini hosil qiladi. Ikkinchi hujayra anteridial 

hujayra 2 ga bo‘linib, spermagenli hujayrani hosil qiladi. Spermagenli hujayraning bo‘linishidan 2 ta 

sperma hosil bo‘ladi. Bu sperma tuxum hujayrasini otalantiradi. 

Ochiq urug‘lilarning changlanishidan otalanishigacha 13 oy vaqt o‘tadi. Undan murtak (2n) 

rivojlanadi. Murtakni rivojlanishi endospermdagi zahira oziq moddalar hiosbiga ro‘y beradi. 

Murtakda ildizcha, poyacha va barg joylashgan bo‘ladi. Murtakni tashqi tomonidan endosperma 

o‘rab turadi. Urug‘kurtak rivojlanib urug‘ hosil qiladi. Changlanish jarayoni o‘tgandan keyin ikkinchi 

yil urug‘ etiladi. Bu vaqtda qubbalar 4-6 sm uzunlikka ega bo‘ladi. Shunday qilib, ochiq urug‘lilar po-

porotniklarga nisbatan bir qancha belgilari bilan harakterlanadi. Jumladan gametofit umuman mustakil-

ligini yo‘qotgandir, ular sporafitdan hosil bo‘ladi. Otalanish suvsiz muhitda ro‘y beradi.Qarag‘ayda uch 

xil qubbalarni ko‘rish mumkin. 



1.Qizil mayda qubbalar changlanish ro‘y beradi. 2. Yashil yirik qubbalarda otalanish ro‘y be-

 

40

radi. 3. Jigarrang qubbalarda urug‘ hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘lilarda jinsiy jarayonni rus olimi profes-

sor I. N. Gorojonkin (1880-y) o‘rgangan. 

3. Ochiq urug‘lilarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Ochiq urug‘lilar juda katta maydonlarda 

Tayga o‘rmonlarini hosil qiladi. Tayga o‘rmonlarida o‘ziga xos biosenoz hosil bo‘ladi. Natijada turli 

hayvonlar, hashoratlar, qushlar turlarini oziqlanishi va ko‘payiishi uchun sharoit vujudga keladi. 

O‘rmonlar suv va tuproqni eroziyadan saqlaydi. Qurilish materiali hisoblanadi. Yog‘ochsozlik sano-

atining xom ashyo bazasidir. 

Ingichka barglilardan viskoza, ipak, sellyeoza, balzam, smola, spirt, uksus kislotasi, oshlovchi 

moddasi olinadi. Sibir qarag‘ayi urug‘i tarkibida 79 % gacha yog‘ mavjud. Medetsina sanoatida vita-

min-lar, preparatlardan pinobin olinadi. 

Xalq medetsinasida nerv kasallarini davolashda, tuberkulyoz, buyrak, siydik qopini, gemorroe 

kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Faqat yog‘ochdan 20 mingdan ortiq turli material va modda 

olinadi. Bir kub metr yog‘ochdan 1,5 ming m. sun’iy ipak yoki 600ta tirikotaj kostyum yoki 200 kg 

qog‘oz olinadi. O‘rmon boylik deb bejiz aytilmagan. 

4. Yopiq urug‘li o‘simliklar. Yopiq urug‘lilar (Angiospermae) yoki gullik o‘simliklar mezozoy 

erasining bor davrida hosil bo‘lgan bo‘lib, o‘simliklar ichida eng yuksak tuzilgan organizmlar hisobla-

nadi. Bu o‘simliklarning harakterli xususiyatidan biri gulning hosil bo‘lishidir. Guldagi urug‘chi 

tugunchasida tuxum hujayrasi joylashib otalangan tuxum hujayrasining rivojlanishidan urug‘ hosil 

bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasining rivojlanishidan urug‘ni tashqi tomonidan o‘rab turuvchi meva hosil 

bo‘ladi. Shuning uchun gullik o‘simliklar yopiq urug‘lilar deb nomlanadi. 

Yopiq urug‘li o‘simliklar hayotida sporofit nasil ustun bo‘lib, jinsiy nasl ochiq urug‘lilarga nis-

batan qisqarganligi bilan harakterlanadi. Yopiq urug‘lilarning harakterli xususiyatlaridan biri qo‘sh 

urug‘lanishi jarayonining sodir bo‘lishidir. Yopiq urug‘lilar har xil tashqi muhit sharoitiga moslanish 

xususiyatiga ega bo‘lib, yer sharining turli tabiat zonalarida keng tarqalgandir. 

Tashqi muhit sharoitiga moslashishda yopiq urug‘lilar o‘ziga xos vegetativ va generativ organlar 

hosil qiladiki bular o‘ziga xos tuzilishga ega, ularni avlodini tiklanishiga imkon yaratib beradi. 

5. Yopiq urug‘lilarnig kelib chiqishi haqida hozirgacha aniq ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi botaniklar, 

yopiq urug‘lilar ochiq urug‘lilardan kelib chiqqan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydilar. 

Hozirgi zamon sistematiklarining aksariyati yopiq urug‘lilarning dastlabki vakillari - urug‘li po-

porotniklar deb hisoblaydilar. Yopiq urug‘lilarnig kelib chiqishi va vatanini sernam tropiklarga 

bog‘laydilar. Biroq qaysi tropik tuman yopiq urug‘lilarnig vatani hisoblanadi, degan muammo hal qi-

lingancha yo‘q. 

Botanik  G. Gallir yopiq urug‘lilarning vatani okean ostida qolib ketgan Panfik materigi deb 

hisoblaydi. Professor M. I. Galenin ularni kelib chiqqan vatani Angarid bilan OkeaniyaI. Beyli gi-

ponetik materik Gondvan,  A. Taxtajyan Sharqiy Osiyodagi qadimgi materik - Кataziya deb 

hisoblaydi. Sernam tropiklarda gulli o‘simliklarning 80% i, ya’ni 120 mingga yaqin daraxt va buta 

o‘simliklarning mavjudligi, shu hududlarni yopiq urug‘lilarnig kelib chiqishini boshlangich markazi 

ekanligini isbotlaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga 

bo‘linadi. Ikki pallalilar va bir pallalilar sinfi vakillari bir qancha anatomik va morfologik belgilari bi-

lan bir-biridan farq qiladi.  

Savollar: 

1.  Ochiq urug‘li o‘simliklar paparotniksimonlardan nima bilan farqlanadi? 

2.  Nima uchun ochiq urug‘li o‘simliklar deyiladi?  

3.  Ochiq urug‘li o‘simliklarda qanday hayot shakillari mavjud? 

4.  Ochiq urug‘li o‘simliklar qanday ko‘payadi? 

5.  Yopiq urug‘li o‘simliklarni ochiq urug‘li o‘simlilkrdan farqi nimada? 

6.  Yopiq urug‘li o‘simliklar qaysi o‘simliklardan kelib chiqqan? 

 


Download 353,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish