O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA MOYLI EKINLAR
KAFEDRASI
“O„simlikshunoslik” fanidan tarqatma materiallar
Mavzu: 1-guruh ekinlar donli ekinlarning sistematik va
morfologik belgilarini ajratish
(1 – laborotoriya mashg‟uloti)
Toshkent-2022
1-Laborotoriya mashg‘uloti. 1-guruh ekinlar donli ekinlarning sistematik va
morfologik belgilarini ajratish
Donli o„simliklarning hammasi qo„ng„irboshsimonlar (Poaceae) oilasiga
mansubdir. Bu oila eng katta botanik oilalardan biri bo„lib, unga sakkizta donli
ekinlar avlodi, tur, kenja tur, tur xillari kiradi. Donli o„simliklar juda ko„p xil
shakllarga ega bo„lishi bilan bir qatorda ular ko„p umumiy morfologik va biologik
xususiyatlarga ega, shu sababli ularni umumiy xususiyatlaridan boshlab
keyinchalik esa har bir avlod va turlarini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Bu guruhga bug‟doy, arpa, javdar, suli, tritikali kiradi. Bu o„simliklar bir-
biridan ildizidagi murtak ildizchalar soni bilan, poyasining uzunligi bilan, namga
talabchanligi bilan, uzun yoki qisqa kunligi bilan, rivojlanish fazalarining qaysi
bosqichida tez yoki sekin o„sishi bilan, donining qorin tomonida ariqchasi bor yoki
yo„qligi bilan farq qiladi.
Ildiz majmuasi.
Ildizi sachoq ildiz popuksimon bo„lib, yerga 100-120 sm va
undan ham chuqur kirib boradi. Biroq ildizning asosiy qismi yerning xaydalma
qatlamida joylashgan bo„ladi. Ildizi ikki xil; murtak yoki birlamchi va asosiyyoki
ikkilamchi ildizlardan iborat bo„ladi. Murtak ildizi urug„ unib chiqish davrida hosil
bo„lib, birinchi guruh donli o„simliklarda 3 tadan 8 tagacha, ikkinchi guruh donli
o„simliklarda faqat bitta bo„ladi.
Murtak ildizchalar paydo bo„lgandan so„ng poyacha o„sa boshlaydi, u ham
donning po„stini yorib tuproq betiga yorug„likka chiqadi, qobiqli don (arpa, suli)
larda poyacha oldin donni o„rab turgan qobig„i ostidan o„tib, donning uchidan yer
betiga chiqadi, qobiqsiz donlarda poyacha donning ostki qismida murtak
joylashgan yerdan paydo bo„ladi.
Poyasi poxol, somon bo„lib ichi bo„sh yoki g„ovak parenxima bilan to„la
bo„ladi. Past bo„yli donli o„simliklar 6-7, baland poyali donli o„simliklar esa 20-25
ta bo„g„im oraliqlariga ega bo„ladi.
Bargi
- sodda
oddiy barg
, lentasimon shaklda, barg shapolog„i va barg
qinidan iborat: barg qinini barg shapolog„iga o„tar yerida ikkita barg
quloqchasi
va
ichkarisida
barg tilchasi
joylashgan. Tilcha suvning poya bilan barg qinining
orasiga tushishiga to„sqinlik qiladi. Barg qinining ikki tomonida hosil bo„lgan barg
quloqchalari esa barg qinini poyada ushlab turishga xizmat qiladi.
Barg tilchalari kalta yoki uzun bo„lishi mumkin. Barg quloqchalari esa
mayda, yirik, uzun, yaxshi rivojlangan, ularda kiprikchalar bo„lishi mumkin.
Donli o„simliklarning tilchasi bilan quloqchalari har xil tuzilgan va rivojlangan
bo„lib, bu ko„rsatgichlar birinchi gurux donli o„simliklarda bir biridan farq
qilganligi uchun muhim sistematik belgi hisoblanadi.
Barg tilchalari kalta yoki uzun bo„lishi mumkin.
Birinchi guruh donli ekinlarning umumiy belgilari
1.Donning qorin tomonida uzunasiga ketgan ariqchasi bor.
2.Maysa hosil bo„lish davrida bir nechta murtak ildizchalar paydo bo„ladi
3.Boshoqlarda pastki gullari yaxshi rivojlangan bo„ladi.
4.Poyasi bo„sh g„ovak bo„ladi.
5.Kuzgi va bahorgi shakllarga ega.
6.Uzun kunli o„simliklar.
7.Haroratga kam talabchan o„simliklar
8.Tuproq namiga talabchan.
9.Boshlang„ich rivojlanish davrida (maysalanish -tuplanish) tez o„sadi.
Barg quloqchalari esamayda, yirik, uzun, yaxshi rivojlangan,ularda kiprikchalar
bo„lishi mumkin.
3-jadval
Birinchi guruh donli o‘simliklarning barg tilchasi va barg
quloqchalarining tuzilishi.
Barg
qismlari
Bug‘doy
Javdar
Arpa
Suli
Tilchasi,
Quloqchalari
kalta
ozroq
konussimon
mayda,
aniq
ifodalangan
ko„pincha
kiprikchalari
bo„ladi.
kalta
mayda
kiprikchalar
bo„lmaydi,bar
vaqt
qurib
qoladi
yoki
tushib
ketadi
kalta
juda yirik,shox
simon
shaklda,
kiprikchalari
bo„lmaydi,ko„pincha
bir birining tagiga
uchma-uch
kirib
turadi
Juda
rivojlang
an, cheti
tishchali
quloqcha
-
lari
bo„lmay
di
Nazarot uchun savollar
1.
Birinchi guruh donli ekinlarning ildizi, poyasi, bargini klaster yordamida
tarmoqlantiring?
2.
Birinchi guruh donli ekinlarning ildizi qanday ildiz?
3.
Bug‟doyning poyasini tuzilishini ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |