44
IV bob. LIZING BITIMLARINING IQTISODIY ASOSI
4.1. Lizing to‘lovlarining turlari
Lizing oluvchi va beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning asosi
lizing to‘lovlaridan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish,
ulardan
foydalanish, sotish va egalik huquqini berish munosabatlarini aks
ettiradi. Iqtisodiy jihatdan lizing vositalariga egalik qilish hamda bitim
maqsadini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish huquqi
lizing obyekti uchun pul to‘langandan so‘nggina yuzaga kelishi mumkin.
Lizing to‘lovlarining iqtisodiy jihatdan asoslangan tarkibi va hajmi lizing
bitimlarini tashkil etishning markaziy, eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Lizing
uchun to‘lov
bu mulk egasi va ijarachining lizing obyektidan foydalanish
jarayonida yaratilgan daromadni taqsimlash bo‘yicha
iqtisodiy munosabatlar
shaklidir.
1
U lizing obyekti qiymatini qoplash, kapital jamg‘arish va tadbirkorlik
faoliyatini rag‘batlantirish, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalarini bajaradi.
Umuman
,
lizing to‘lovlari mulkka egalik huquqini amalga oshirishning
iqtisodiy shakllaridan biridir. Asbob-uskunalar yoki boshqa obyektlarni lizingga
berishda mulk egasi uning qiymatini kapitalga belgilangan % qo‘shgan holda
qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mulkning
holati va qiymati, amortizatsiya muddati va normalari, ssuda
foizlari, soliq imtiyozlari va faoliyat turi lizing to‘lovlarini
belgilashning
obyektiv asosi hisoblanadi. Lizing to‘lovlarida uchta asosiy tarkibiy qismni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
2
•
iqtisodiy elementlar bo‘yicha to‘lovlar tarkibi;
•
to‘lovlar darajasi yoki hajmi;
•
hisob-kitoblar usuli.
Ijaraga berilgan vositalarning mos keluvchi qo‘shimcha mablag‘lar bilan
qaytarilishi lizing to‘lovlarini aniqlashning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Lizing to‘lovlari hajmini belgilab beruvchi uslubiy asos bo‘lib
lizing oluvchi
tomonidan yaratilgan yalpi daromadni taqsimlash mexanizmi xizmat qiladi. U
foyda normasi o‘rtacha bo‘lganda lizing obyekti egasi va ijarachi
manfaatlarining bir-biriga mos kelishini ta’minlashi mumkin. Lizing
to‘lovlarining haqiqiy hajmi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.
1
Лещенко М.И. Основы лизинга: Учебное пособие – М.: Финансы и статистика, 2001, 64 c.
2
Горемыкин В.А. Лизинг: Учебник. – М.: Дашков и К
о
, 2003, 236 c.
45
Lizing to‘lovlarini ularni amalga oshirish shakli va uslubiga asosan
turlarga ajratish mumkin. Lizing to‘lovlarini amalga oshirishning turli usullari
mavjud bo‘lib, ularga asosan quyidagi to‘lov turlarini sanab o‘tishimiz mumkin:
•
Do'stlaringiz bilan baham: