35
etayotgan variantlar ichidan lizing obyektini va muayyan ta’minlovchini tanlash
huquqiga lizing oluvchi ega bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari amliyotidan kelib chiqqan holda,
lizing jarayonini
to‘liq kuzatish mumkin.
1
Hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘lajak lizing
oluvchining lizing beruvchiga ariza berishidan boshlanadi. Bu arizada lizing
oluvchining tashkiliy-huquqiy shakli, lizing obyektining qiymati,
asbob-
uskunalarni yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi hamda potensial qarz oluvchida
lizing operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur resurslarning mavjudligi
haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi. Ariza topshirilgandan so‘ng lizing
oluvchi zarur hujjatlar to‘plamini (nizomning nusxasi, biznes-reja, so‘nggi ikki
yil
uchun buxgalteriya balansi, loyihani texnik va iqtisodiy jihatdan asoslash,
lizing oluvchining iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning rivojlanish
istiqbollari va hokazolar) taqdim etadi. Potensial lizing oluvchining moliyaviy
holati tahlili natijalariga ko‘ra, lizing loyihasi iqtisodiy ekspertizadan
o‘tkazilgach,
shuningdek, lizing oluvchining hujjatlarini huquqiy jihatdan
tekshirish bo‘yicha ma’lumotlarga asosan lizing kompaniyasi rahbariyati
tomonidan lizing loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida
qaror qabul qilinadi. Ijobiy natijalarga ega bo‘lgandan so‘ng lizing beruvchi bu
haqda lizing oluvchini xabardor qiladi hamda unga tanishib chiqish uchun lizing
shartnomasi loyihasini yuboradi. Loyihaning barcha qoidalari bo‘yicha kelishib
olingach, lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida lizing shartnomasi tuziladi.
Bu shartnoma kelgusida ushbu xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga solib boradi. Shartnomada lizing obyektidan foydalanish va uni saqlash
shartlari, lizing to‘lovlari muddati, shuningdek, lizing
obyektidan foydalanish
bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning lizing oluvchi zimmasiga o‘tishi ko‘rsatiladi.
Shu bilan bir paytda lizing beruvchi bilan mulkni yetkazib beruvchi o‘rtasida
oldi-sotdi shartnomasi imzolanadi. Mulkni yetkazib beruvchini lizing oluvchi
tanlaydi. Kelajakda mulkning sifati, uning butligi va yetkazib berish muddati
bo‘yicha barcha e’tirozlar lizing oluvchi tomonidan bevosita mulkni yetkazib
beruvchiga bildiriladi. Ko‘rsatilgan mulk uchun pul to‘langach
lizing obyekti
ta’minlovchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga beriladi. Lizing obyektini
qabul qilish-topshirishda uch tomon – lizing beruvchi, lizing oluvchi va lizing
obyektini yetkazib beruvchi ta’minlovchi ishtirok etadi. Lizing muddati lizing
oluvchi lizing obyektini amalda qabul qilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Lizing beruvchi tomonidan lizing loyihasi monitoringi bo‘yicha
chora-tadbirlar
1
Мезенцев Е., Маъмуров А. Лизинговые операции и этапы их проведения // Рынки, деньги и кредит,
2000 №1 17-18б.
36
ko‘rilib, ular lizing obyektidan to‘g‘ri foydalanish va lizing to‘lovlarining o‘z
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Monitoring davomida
shuningdek, lizing oluvchining moliyaviy ahvoli ham doimiy ravishda o‘rganib
boriladi. Lizing operatsiyalarida tavakkalchilik yuqoriligi sababli mijozlar bilan
ishlash har bir lizing jarayonining asosini tashkil etadi. Lizing kompaniyasi
mazkur ishga – mulk olish uchun arizadan tortib to to‘lovlarning o‘z vaqtida
bajarilishini ta’minlash, lizing shartnomasi muddati tugaguncha lizing obyektini
to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishni nazorat qilishga katta e’tibor qaratishi lozim.
Umuman, lizing jarayoniga aniqlik va tezkorlik zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: