105
8.6. Lizing xizmatlari bozorini rivojlanish istiqbollari
O‘zbekiston iqtisodiyoti real sektorini rivojlantirishga
hamda kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatda lizing
xizmatlarini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
O‘zbekistan Respublikasi qonunchilikda kiritilgan o‘zgartirishlar bank
krediti va asosiy vositalarga safarbar etiladigan investitsiyalarni boshqa turlari
bilan bir qatorda lizingni investitsion mohiyatini anglatadi. Bu o‘zgartishlar
O‘zbekistonda lizingni rivojlantirishni mustahkam zaminini yaratib berdi. Bular
asosida esa, ayniqsa kichik
biznes subyektlari uchun, lizing qulay hamda
nisbatan jalb etuvchan moliyaviy vosita sifatida xizmat qilishi mumkinligiga
ishonch hosil qilindi. Amalga oshirilgan o‘zgartirishlar, nafaqat mavjud bo‘lgan
lizing
kompaniyalari, balki mamlakatimiz lizing sektoriga tashqi va ichki
investitsiyalar oqimi o‘sishi evaziga yangidan tashkil etiladigan kompaniyalar
faoliyatiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Chet el kapitali oqimining
o‘sishi lizing kompaniyalari xizmatlari doirasini kengaytirish va operatsiyalar
hajmini oshirish yo‘li bilan ular kapitallashuvi masalalariga ko‘maklashadi.
O‘zbekistan tijorat banklari ham lizing xizmatlari hajmini va lizing sektorini
moliyalashtirishni kengaytiradi.
Markaziy Osiyoda lizingni rivojlantirish loyihasi
ekspertlari tomonidan
2003 - yil boshlarida O‘zbekistonda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish
imkoniyatlari tadqiqoti amalga oshirildi. Tadqiqot olib borilishi jarayonida
O‘zbekistonning barcha hududlaridaga turli mulkchilik shaklidagi 192 korxona
so‘rovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, 2003
- yilda
mamlakatimizda kichik biznesni qondirilmaydigan lizing xizmatlari talabi 15
mln. AQSH dollariga yaqindir.
1
Mamlakat ishlab chiqarish mehnat resurslarini asosiy qismi qishloq.
xo‘jalik sektoriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan eng asosiy zaruriyat qishloq
xo‘jalik sektoriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan eng asosiy zaruriyat qishloq
xo‘jalik texnikasi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash uskunalariga
to‘g‘ri kelishi kuzatiladi. Yengil va oziq-ovqat sanoati uskunalari lizingiga
bo‘lgan talab ham yuqori darajada. Savdo uskunalari lizinga o‘zlashtirilmagan
bo‘lib, uning kelajagi juda ham samarali bo‘lishi shubxasizdir. E’tiborni jalb
qiladigan masalalardan yana biri shaxsiy avtotransport, uzoq, muddatli iste’mol
buyumlari lizingini rivojlantirish masalalaridir.
1
Анализ рынка лизинга в Центральной Азии, май 2003, 1Р8, 17 бет.