146
IZOHLI LUG‘AT
Avans (bo‘nak)
– oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanuvchi pul miqdori.
Aksiz
– lizing obyektiga bilvosita (egri) soliq. Aksizlar individual va
universal turlarga taqsimlanadi. Individual aksizlar ayrim tovarlardan tovar
birligiga qat’iy belgilangan stavkalar bo‘yicha olinadi. Universal aksiz (oborot
solig‘i)
tovarning
ichki
ishlab
chiqarish
qiymatidan,
shuningdek,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar pul aylanmasidan olinadi.
Assotsiatsiya
(
lizing assotsiatsiyasi)
- iqtisodiyot
va ijtimoiy xarakterga
ega bo‘lgan tarmoqlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilish uchun tashkil
etiluvchi ko‘ngilli jamoatchilik tashkiloti. Assotsiatsiya – to‘liq xo‘jalik
mustaqilligi, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va qoplash asosida faoliyat
ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. U qatnashchilarning
umumiy ulush mulki huquqi
bo‘yicha mulkka ega bo‘ladi.
Biznes-reja
– belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt
bo‘yicha muvofiqlashtirilgan va kelishilgan, amalga oshirish mumkin bo‘lgan
tadbirkorlik xatti-harakatlari rejasi.
Bojxona boji
– davlat chegerasidan bojxona nazorati ostida o‘tkaziluvchi
tovarlar, mulk va boshqa qimmatliklardan olinuvchi pul to‘lovlari.
Bojxona tariflari
– mamlakat hududiga olib kiriluvchi yoki olib ketiluvchi
tovarlarga belgilanuvchi bojlar.
Garov
– shartnomaning bajarilishini ta’minlash chorasi. Garov huquqi
tufayli kreditor qarz oluvchining qonun tomonidan
belgilangan majburiyatini
bajarmagan holda garovga qo‘yilgan mulkidan undirib olishi mumkin. Agar
qonunda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu xo‘jalik sudi qaroriga asosan
amalga oshiriladi.
Yevropa qayta tiklanish va rivojlanish banki
– 1990
- yilda Sharqiy
Yevropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun tashkil qilingan.
Bankning o‘z kapitali 12 mlrd. dollarga teng. Yarmidan ko‘pini Yevropa
Kengashi mamlakatlari kiritadi.
Ijara
– shartnomaga asoslangan holda yer,
boshqa tabiiy resurslar,
korxonalar va boshqa mulk majmualaridan, shuningdek,
ijaraga oluvchiga
xo‘jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishda zarur bo‘lgan boshqa mulkdan
haq evaziga muddatli foydalanish va egalik qilish.
Investitsion faoliyat
–
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning
investitsiyalarni amalga oshirish uchun amalga oshiruvchi xatti-harakatlar
majmui.
147
Investitsiya
– tadbirkorlik va boshqa turdagi
faoliyat obyektlariga
kiritiluvchi mulkiy va intellektual qimmatliklar, ularning natijasida foyda
(daromad) olinadi yoki ijtimoiy samaraga erishiladi.
Infratuzilma
– aholining ijtimoiy-madaniy
hayoti va moddiy ishlab
chiqarish sohasining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlovchi obyektlar, korxonalar va tarmoqlar majmui.
Ipoteka
– uzoq muddatli ssuda olish maqsadida mulk garovi.
Do'stlaringiz bilan baham: