O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni oshirishning ahamiyati



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Bog'liq
сув

 
5.2. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni oshirishning ahamiyati
Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga ishlovchilar sonini 
ko’paytirish va mehnat unumdorligini oshirishdan iborat ikki yo’l bilan erishiladi. Birinchi 
ùolda ishlab chiqarish hajmi va iste’mol bevosita proportsional o’sib boradi. Ikkinchi holda 
ishlab chiqarishning o’sishi iste’moldan o’zib ketadi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishga 
va halq faravonligini oshirishga sarflanadigan rezerv fondining to’lib borishiga olib keladi. Ish 
kuchi tanqis bo’lgan sharoitda mehnat unumdorligini o’stirish-mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytirishning asosiy omilidir. 
Mehnat unumdorligi konkret mehnatning vaqt birligida moddiy ne’matlar muayyan 
miqdorini ishlab chiqarish qobiliyatidir. 


109 
Mehnat unumdorligi darajasi mahsulot (ish) birligini ishlab chiqarishga sarflangan ish 
vaqti miqdori bilan o’lchanadi. 
Iqtisodiy kategoriya bo’lgan mehnat unumdorligi ishlab chiqarish hajmi bilan mehnat 
sarfi o’rtasidagi aloqani xarakterlaydi. Bu nisbatni quyidagi formulalarda ifodalash mumkin: 
V A / T yoki Tr T / A, 
Bunda: V-mehnat unumdorligi; 
Tr-mahsulot birligiga sarflangan mehnat (sermexnatlilik); 
A-ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
T-mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt. 
Ish vaqti birligida mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilgan bo’lsa, mehnat unumdorligi 
shuncha yuqori bo’ladi. 
Mehnat unumdorligining to’xtovsiz o’sib borishi jamiyatning har qanday iqtisodiy 
taraqqiyot asosini tashkil etadi. Mehnat unumdorligining o’sishi mehnat jarayonidagi mahsulot 
birligiga ish vaqtini qisqartirishga yoki ish vaqti birligida mahsulot chiqishini ko’paytirishga 
qaratilgan har qanday o’zgarishni nazarda tutadi. 
Mehnat unumdorligi yangi ijtimoiy tuzumning g’alabasi uchun eng muhim, eng asosiy 
narsa ekanligi to’g’risidagi ma’lum qoidasida ishlab chiqarish taraqqiyotida mehnat 
unumdorligi rolining chuqur ilmiy taxlili mujassamlangandir. 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotida mehnat unumdorligini oshirish masalalari 
hamma vaqt hukumatning diqqat markazida bo’lib keldi. Ishlab chiqarish samaradorligiga 
alohida e’tibor berilayetgan xozirgi davrda bu masalalar katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sishi asosan mehnat unumdorligining 
o’sishi hisobiga yuz bermoqda.
Oliy Majlis materiallarida mehnat unumdorligi o’sishini jadallashtirishga alohida 
e’tibor berish zarurligi ko’rsatilgan. Shuning hisobiga milliy daromad o’sishining kamida 90% 
i sanoat mahsuloti o’sishining tahminan 90% i, qishloq xo’jalik va qurilish-montaj ishlari 
mahsulotining butun o’sishi olinishi kerak. Mehnat unumdorligi o’sishi muammosining halq 
xo’jalik ahamiyati mamlakatda oziq-ovqat bazasini yaratish sur’atlarini jadallashtirishdan, 
aholi jon boshiga mahsulot olinishini ko’paytirishdan, narxlarni pasaytirish va ish kuni 
uzunligini qisqartirishdan iboratdir. 
Mehnat unumdorligini oshirish muammosini ichki nuqtai nazardan birinchidan, mahsulot 
birligiga jonli mehnat sarfini tejash nuqtai nazaridan, ikkinchidan, mahsulot birligiga jonli va o’tmish 
mehnat sarfini tejash, ya’ni ijtimoiy mehnat nuqtai nazaridan ko’rib chiqmoq kerak. 


110 
Jonli mehnat ish vaqti bilangina emas, balki mehnatning intensivligi bilan ham, optimal 
intensivlikda esa vaqt bilangina o’lchanadi. Mehnatni intensivlash–ishlab chiqarish 
jarayonidagi mehnat keskinligi darajasi bo’lib, u odam sarf qilgan jismoniy va asab energiyasi 
bilan o’lchanadi. Mehnat intensivligi har qanday mehnat jarayonining muqarrar shartidir, u 
mehnat unumdorligini o’sishiga olib keladi. Mehnat intensivligining optimal darajasidan oshib 
ketishi ham mehnat miqdori ko’payishiga, ham mahsulot qiymati oshishiga olib keladi
mahsulot birligi qiymati esa o’zgarmay kolaveradi. Ishlab chiqarishning ko’payishi mehnat 
intesivligi oshmasdan yuz bersa (sermehnatlilik kamayishi hisobiga) mahsulotning yalpi 
qiymati oshmasdan qolaveradi, uning birligi qiymati esa tegishli ravishda kamayadi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulot qiymatining bu turli xil o’zgarishida uni mehnat intensivligi hisobiga 
ishlab chiqarishning ko’payishi bilan mahsulot sermehnatligi kamayishi hisobiga ko’payishi 
o’rtasidagi printsipial tafovut mavjuddir. 
Mahsulot ishlab chiqarishga jonli mehnatgina emas, balki ishlab chiqarish vositalarida 
buyumlashgan o’tmish mehnat ham sarflanadi. Shuning uchun ijtimoiy (jami) mehnat 
unumdorligi quyidagicha ifodalanishi mumkin. 
;
Тпр
Тж
А
В
bu yerda: Tj – jonli mehnat miqdori. 
Tpr – o’tmish (buyumlashgan) mehnat miqdori. 
Yer va beton ishlari suv xo’jaligi qurilishidagi ishlarining asosiy turlaridir. Sug’orish 
tizimlarini qurishda yer ishlariga qurilish butun qiymatining 40%idan ko’prog’i, beton ishlariga 
esa 45% igachasi to’g’ri keladi. Zax qochirish tizimlarida asosan yer ishlari bajariladi. Suv 
xo’jaligi qurilishini industirlashtirish jarayonida mehnat unumdorligini qurilish-montaj ishlarini 
mexanizatsiyalash darajasi bilan aniqlanadi. 1980 yilda mexanizatsiyalashgan ishlar darajasi 
53,2% ni tashkil etgan bo’lsa, 1990 yilda 99,6% ni, 2002 yilda esa 99,8% ni tashkil etdi. Beton 
va temir-beton ishlarida mexanizatsiyalash foizi 93% ni tashkil etadi. Suv xo’jaligi tashkilotlari 
texnika bilan qurolanganligining o’sishi mehnat unumdorligi oshishiga yerdam beradi. 
Suv-melioratsiya ishlab chiqarishi va qishloq xo’jaligidagi melioratsiyalangan yerlarda 
avvalgi mehnat yalpi sarfi jonli mehnat sarfidan 5-6 baravar ko’pdir. 
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangani sari suv-melioratsiya qurilishida va qishloq 
xo’jaligini industriyalashda mehnat unumdorligi doimo oshib bormoqda. Bunda jonli va 
o’tmish mehnat o’rtasidagi nisbat utmish mehnat foyidasiga o’zgarmoqda. ―Mehnat 
unumdorligining oshishi‖,-deb yezgan edi. K.Marks-aynan jonli mehnat ulushi kamayishi, 


111 
avvalgi mehnat ulushi esa ko’payishidan iboratdir, lyokin ko’payganda ham shunday 
ko’payadiki, mehnatning tovarda jam bo’lgan umumiy summasi kamayadi. 
Ijtimoiy mehnat unumdorligi oshganda jonli va avvalgi mehnat sarflari nisbatidan sodir 
bo’ladigan o’zgarishlarni 5.1-jadvalda keltirilgan shartli misolda ko’rib chiqamiz. 
5.1-jadval 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish