O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Asosiy fondlar eskirishi va amortizatsiyasi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Bog'liq
сув

4.2. Asosiy fondlar eskirishi va amortizatsiyasi 
Asosiy fondlar ishlab chiqarishda qatnashib tabiiy kuchlar ta’sirida o’z xususiyatlari va 
jismoniy sifatlarini, asta-sekin yo’qotib boradi, ya’ni jismoniy eskirishga uchraydi. Jismoniy 
eskirish–bu asosiy fondlarning o’z texnika-ishlab chiqarish xususiyatlari va iste’mol qiymatini 
yo’qotishidir. 
Moddiy eskirish iste’mol qilish va iste’mol qilmaslik natijasida ham sodir bo’lishi 
mumkin. Birinchi holda mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida mexanik eskirishga 
uchraydi. Ikkinchi xil eskirish tabiiy sharoitlar ta’sirida sodir bo’ladi. Shuning uchun jismoniy 
eskirishga ishlab chiqarishda foydalanilishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar barcha asosiy 
fondlar uchraydi. 
Suv-melioratsiya xo’jaligida asosiy fondlarning iste’mol qilinmaslik tufayli eskirishi 
o’z hajmiga ko’ra goho iste’mol qilinganidan ancha ortib ketadi. Bu narsa ishlab chiqarishning 
mavsumiyligi va ishlab chiqarishga tabiiy sharoitlar ta’siri bilan shartlangandir. 
Asosiy fondlar jismoniy eskirishdan tashqari ma’naviy eskirishga ham uchraydiki, bu 
narsa asosiy fondlarning qadrsizlanishida yoki to’la-to’kis jismoniy eskirishgacha ishlab 
chiqarish jarayonidan chiqib qolishida ifodalanadi. 
Mehnat vositalari muttasil yangilanib turishi zaruriyatini tug’diradigan texnika 
taraqqiyoti ma’naviy eskirishning moddiy asosidir. Barcha melioratsiya va qishloq xo’jalik 
fondlari, avvalo mashina va uskunalar ma’naviy eskirishga uchraydi. 
Fondlar ma’naviy eskirishining asosiy sababi yangi mehnat vositalarining ancha yuqori 
unumdorligi va ular ishlarining past tannarxidir. Ma’naviy eskirish qiymat ko’rinishda quyidagi 
ikki shaklda namoyon bo’ladi: 1) asosiy fondlarning ularni ishlab chiqarish arzonlashishi 
tufayli qadrsizlanishi; 2) asosiy fondlarning yangi, ancha yuqori unumli texnika yaratilishi 
tufayli qadrsizlanishi. 
Birinchi xil ma’naviy eskirishdan, yo’qotishlar texnika ishlab chiqaradigan tarmoqlarda 
mehnat unumdorligi oshishi munosabati bilan bir tipdagi mashina va uskunalar ulgurji baholari 
o’zgarishiga ko’ra aniqlanadi. 
Тn
Sn
Ss
UmI
bunda: UmI – birinchi xil ma’naviy eskirish, so’m / yil; 


92 
Ss va Sn – eskirgan va yangi texnika ulgurji bahosi, so’m; 
Tn – texnika xizmat qilishining me’yor muddati, yillar. 
Ikkinchi xil ma’naviy eskirishdan yo’qotishlar hajmi ma’naviy eskirgan texnika tiklash 
qiymatining mazkur texnika dastlabki qiymatidan og’ishiga ko’ra aniqlanadi. Tiklash qiymatini 
yangi texnika ishi tannarxini va eskirgan texnika ishi tannarxini ifodalaydigan koeffitsiyentini 
qo’llangan holda hisoblab chiqish mumkin. 
Тn
Sv
Sp
Тn
К
Sp
Sp
Um
2
bunda: Um
2
– ikkinchi xil ma’naviy eskirish, so’m yil; 
Sp – eskirgan texnikaning dastlabki qiymati, so’m; 
Sv – eskirgan texnikaning tiklash qiymati, so’m; 
K – yangi texnika qo’llanilishi natijasida ish birligi tannarxi pasayishining 
koeffitsiyenti (Sn / Su). 
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ma’naviy eskirish jismoniy eskirishdan o’zib ketishi 
kerak. Lekin amalda suv va qishloq xo’jaligida jismoniy eskirish sur’atlari bo’yicha ma’naviy 
eskirishdan o’zib ketmoqda. 
Yangi, ancha samarali texnikani ixtiro qilish hali ikkinchi xil ma’naviy eskirish sodir 
bo’layotganligini bildirmaydi. To’la ma’naviy eskirish yangi texnika eskirgan texnikani ayrim 
xodisa tarzida emas, balki ommaviy ko’lamda siqib chiqarganda namoyon bo’ladi. 
Asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy eskirishi iste’mol qiymati kamayishiga olib 
keladi, ya’ni ularning qiymati ham kamayadi. Asosiy fondlar qiymati kamayishi kattaligi 
dastlabki qiymatidan ajratiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotga yoki ishga o’tkaziladi. Asosiy 
fondlar eskirishini ularning yo’qolgan qiymatini tayyorlangan mahsulot qiymatiga o’tkazish 
yo’li bilan qoplash jarayoni amortizatsiya deb ataladi. 
Asosiy fondlarning har yilgi eskirishi ularni realizatsiya qilishda amortizatsiya 
ajratmalari ko’rinishida mahsulot tannarxiga tarkibiy qism bo’lib kiradi. Shunday qilib, asosiy 
fondlarning doiraviy aylanishi asosiy vositalarning qiymat ko’rinishida saqlanishini 
taminlaydigan amortizatsiya orqali amalga oshiriladi. 
Yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy fondlarning dastlabki qiymatiga (Sp), 
asosiy fondlarning butun xizmat qilish muddati ichidagi kapital remontiga ketgan xarajatlarga 
(3kr), asosiy fondlarni tugatish qiymati (Sl) va ularning xizmat qilish muddatiga
(Tn) va fondlarni takomillashtirishning qiymati (M). 


93 
Sp
М
Zkr
Sp
S
Amortizatsiya asosiy fondlarning xizmat qilish muddatiga propotsional tarzda yoki 
bajarilgan ish va ishlab chiqarilgan mahsulotga proportsional tarzda hisoblab chiqariladi. 
Amortizatsiya ajratmalari (A) to’la tiklash yoki renovatsiyaga (AV) va qisman tiklash 
yoki kapital ta’mirlashga (Akr) bo’linadi: 
A Av Akr. 
Amortizatsiya ajratmalarining yillik summasini aniqlash uchun quyidagi formulalardan 
ifodalanadi: 
.
;
Тn
Zkr
; А
Тn
Sp-Sl
Аv
Тn
Sp
Zkr
Sp
А

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish