PAXTA DALASINI MASHINA TERIMIGA TAYYORLASH
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi, hosildorligi yuqori kamida 25-30 sent\ga
bo’lgan, uzunligi 500 metr atrofida, umumiy maydoni 4-6 gektar, begona o’tlar
o’ta oz bo’lgan dalalarni mashina terimiga ajratish kerak. Pushta ustida 5 sm dan
kattaroq bo’lgan kesaklar bo’lmasligi, g’o’za tuplarining balandligi 100 sm dan
pastroq bo’lishi kerak. Defolyatsiyadan keyin to’kilmagan barg soni (bir tup
g’o’zada) 4 dan kamroq bo’lishi lozim. Hosilning 70-80
%
i ochilganidan so’ng
birinchi terim boshlanadi. Qolgan ko’saklarning 90-95
%
i ochilganidan so’ng
ikkinchi terim o’tkaziladi. O’q ariqlar tekislanib, dala boshi va oxirida kengligi
10 m bo’lgan burilish yo’lagi tayyorlanadi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |