Qizilcha. Zog’oza (Ehhedra strobilacea) (efedra) zog’ozadoshlar oilasiga mansub o’simlik (Ephedraceae).
Oilada bir turkum bo’lib unda 30 ta tur bor. MDH da yovvoyi holda 24 tur o’sadi. Yalang’och urug’lilar turkumiga kiradi. Kserofil va yarim kserofil, ikki uyli, kamdan-kam bir uyli o’simlik, kuchli shoxlangan butalar kamdan-kam hollarda daraxtlar (balandligi 8 m.gacha). Novdalari xivchin shaklida bargsiz kulrang yoki och kulrang, barglari suprotiv tartibda, 3-4 tadan joylashgan. Doimiy yashil butalar hamda yarim butalar (bo’yi 90.ga yetadi) turkumi, ular asosan, shimoliy sibir, O’rta Osiyo va Kavkazdagi tog’ yon bag’irlarida, quruq, toshloq tuproqlarda o’sadi. Ularning 2 turi bor (Ephedra eguisetina. Bge Ephedra intermedra schrenc. et C.A.may) Efedrin alkaloidi olish uchun hom ashyo sifatida xizmat qiladi. Efedrin alkaloidi medisinada qon to’xtashi, qon tomirlarini toraytirish uchun ishlatiladi.
Qizilcha ko’p yil yashaydigan o’simliklardan biri, o’simlikning yashashi davri 15-20 yil.
5-jadval
O’zbekitson Respublikasi cho’l sharoitida foydalaniladigan butalarning asosiy ko’rsatkichlari (A.A.Xonazarov va boshqalar, 2008 y.)
№
|
Daraxt va butalarning turlari
|
O’simlmk bo’yi, m
|
Barglarining shakli, va uzunligi
|
Ko’paytirilish usullari
|
Foydalanish usullari
|
1
|
Qandim (buta)
|
0,5dan 5-7 m gacha
|
ignasimon 3-7 mm
|
Urug’, urug’kuchat va qalamchalar
|
Ko’chma qumliklarni mustahkamlashda
|
2.
|
Rixter cherkezi (buta)
|
2-2,5 m
|
G’adir-budir, notekis
|
Urug’, ko’chat va qalamchalari
|
O’rta Osiyo qumlari cho’llarida
|
3.
|
Oq saksovul (buta)
|
2-3 m
|
Mayda, uchburchakli big’isimon
|
Asosan urug’lari bilan
|
Cho’llarda o’rmonzorlarni barpo etishda
|
4.
|
Quyonsuyak (qum akasiyasi) (daraxt)
|
8 m gacha
|
Murakkab, juft-patsimon, chiziqli, kulrang-yashil rangli
|
Urug’lari, ko’chat bilan
|
Ko’chma qumlarni maxkamlashda qimmatli o’simlik
|
5.
|
Kumushsimon chingel, qizqon (buta)
|
3 m gacha
|
1-4 juftli teskari pansentli
|
Urug’lari, bachki novdalari
|
Quruq toshloq, qumli va sho’r maydonlarning manzarasini oshirishda
|
6.
|
Qora barak (buta)
|
3,5 gacha
|
Mayda tangasimon
|
Urug’lari, bachki novdalari
|
Kuchli sho’rlangan tuproqlarda ko’kalamzorlash-tirishda
|
7.
|
Qubbasimon sorotan (buta)
|
70 sm gacha
|
Mayda, qarama-qarshi joylashgan, yaxshi rivojlan-magan
|
Pastki novdalari-ning ildiz otishi hisobiga vegetativ usulda ko’payadi
|
Manzarali, ko’chma sho’rlangan joylarni ko’kalamzor-lashtirishda
|
8.
|
Yulg’un (butasimon va daraxtsimon
|
Butasimon 1-3 m, daraxtsimon 6-8 m
|
Barglari mayda tangacha yoki qipiqsimon
|
Urug’i, ildizi, bachki va qalamchalaridan
|
Ko’proq ko’kalamzor-lashtirishda va qumlarni mustahkamlashda
|
Do'stlaringiz bilan baham: |