3.7.Asl sabzavot konservalari.
Bunday konservalar ortiqcha ishlovsiz tayyorlanadi. Aralashmaga faqat 2-3% tuz (ba’zida qand) qo’shilib, dastlabki mahsulotdan oz farq qiladigan, tarkibi va organoleptik ko’rsatkichlari deyarli o’xshash mahsulot olish imkonini beradi. Bunday konservalarni vinegret va garnirlar tayyorlash uchun yarim fabrikat hamda alohida taom sifatida iste’molga ishlatish mumkin.
Asl sabzavot konservalarini ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagidan iborat: mahsulotlarni yuvish, saralash va katta-kichikligiga qarab ajratish, oqartirish, ba’zida kesish va maydalash, idishlarni to’ldirish, qopqoqni yopish va sterilizasiyalashdan iborat (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |