3.21. Kimyoviy usulda konservalash
Sabzavot va mevalarning ishonchli konservalanishi ta’minlashda, ya’ni antiseptik ta’sir yetib mikroorganizm-larni yo’qotishda foydalaniladigan ko’plab kimyoviy konservantlar mavjud. Ammo bu moddalarning aksariyat inson organizmi uchun zararli bo’lib, faqat ba’zilarini ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat yetiladi. Antiseptik birikmalar ichida oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy komponentlaridan biri – sirka kislotasi to’g’risida avvalgi bo’limlarda to’xtab o’tilgan yedi.
Mamlakatimizda kimyoviy konservantlardan cheklangan miqdorda - sulüfit, benzoy va sorbin kislotalari hamda ularning tuzlari qo’llaniladi. Bundan tashqari ba’zi modda va antibiotiklarning ta’siri o’rganilmoqda. Ularning oziq-ovqatlardagi miqdori tibbiyot yo’li bilan tekshirilgandan keyin me’yori belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |