3.14.Tomat sharbati.
Tomat sharbatini ishlab chiqarish jarayonida yuvish, tekshirish, maydalash, urug’ini ajratish, bo’tqani qizdirish, sharbat olish, idishlarga joylash va sterilizasiyalash amalga oshiriladi. So’ngra mevalar suyuq bo’tqa holatigacha maydalanadi va bo’tqani urug’ ajratgich orqali o’tkaziladi.
Bo’tqa quvurli vakuumli isitgichlarga o’tkaziladi va ularda 60-70°S gacha ilitiladi. Ilitish sharbat ajralishini, chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. S vitamini va karotin ko’proq saqlanadi. Sharbat chiqarish ekstraktor presslarda amalga oshiriladi (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |