So`rov metodlari. Bular suhbat, intervyu, anketa metodlaridir. Ushbu metodlar ijtimoiy psixologiyada keng qollaniladigan metodlar qatoriga kiradi.
So`rov metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladi, ayniqsa, anketa so`rovi va intervyu shular jumlasiga kiradi. Bu metodlarni qo`llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi:
1) - doim shaxslararo munosabatlar, o`zaro tasir shakllari mavjud.
2)- tadqiqotchini subektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo`lmaydi.
Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va subektiv bir-birini tushunishiga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay juda ko`p ijtimoiy psixologik malumotlarni to`plashda so`rov metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelimoqda.
I n t e r y u o`tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko`rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada «rolli o`yinlar» metodi yordamida psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o`tadi.
Suhbat yoki intervyuni muvaffaqiyatli otkazishning muhim sharti - bu dostona munosabatlarning ornatilishidir. Tadqiqot davomida soralayotgan shaxs tadqiqotchi qiyofasida uni tushunishga intilayotgan , uning bildirayotgan fikrlarini tanqid qilmaydigan, oz fikrini majburan singdirishga harakat qilmaydigan suhbatdoshni korish muhimdir.
A n k e t a metodi hamma tanish bo`lgan usullardan biri lekin ko`pincha anketa o`tkazgan odamning uning tuzilishi qanchalik qiyinligi yoki olingan malumotlarni qayta ishlash ularni to`g`ri sharxlash qanchalik qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi.
Anketaga kiritilgan savolar malumotiga ko`ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa restondentdan o`z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.
Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo`lib tekshiriluvchi o`ziga maqul bo`lgan, o`zining qarashlari fikrldari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq favollarning kamchiligi-respondentlarning har doim ham qo`yilgan vazifaga yetarli darajada masuliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o`z fikricha ergashishga o`xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bermaslikdadir.
I j t i m o i y p s i x o l o g i k t e s t l a r. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo`lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodsa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo`lib, ular 20-30 yillarga hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keladiki, natijada maxsus soha-psixometrika kirib keldiki, natijada maxsus soxa-psixometrika yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |