Laboratoriya ishlari metodi.
Laboratoriya mashqlari frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, praktikumlar
o’qitishning texnik vositalari va o’quv qurollari tipidagi boshqa asbob-uskunalar
bilan mashg’ulotlar tarzida o’tkaziladi. Laboratoriya metodining boshqa o’qitish
metodlaridan farqi, shundaki, bu metod bilan ish ko’rilganda har qaysi talaba
nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib ko’radi.Dars pedagog rahbarligida
talabalarning mustaqil tajriba o’tkazishlariga qaratilgan bo’ladi.Laboratoriya
mashg’ulotlarida mustaqillik, faollik, tashabbuskorlik oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |