Dars o’tishning tashkiliy shakllarini tanlash va asoslash
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar
tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini
o’quvchilarga bildirish
va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va
malakalarini tekshirib ko’rishhamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga
ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manbaa,
xulosa va hikoyalardan foydalaniladi.
Dars pedagogik protsessning asosiy ko’rinishi. Dars aniq maqsad tugal
mazmuniga ega bo’lishi bilan birga, o’zidan oldingi va keyingi darslar bilan uzviy
ravishda bog’langan bo’lishi shart.
Dars turlarn - darsning maqsadi, mazmuni va o’quvchilarning yosh
xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning nimaligini
yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darslarni turlarga ajratamiz,
saralaymiz va ularning tuzilishi bilan tanishamiz.
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda
o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boradigan mashg’ulot turlarini tushunamiz.
hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish
keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish
shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan.
Dars - ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va
faol bo’lishi, bilimlar mustahkam o’zlashtirilishi, o’quvchi-talabaning shaxsiy
xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik
talablarni qo’yadi. Jumladan:
1. Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i
lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limi va tarbiyaviy maqsadini
belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday boshlash, qanday tamomlash
ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
20
2. Har bir dars aniq g’oyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo’lishi lozim.
O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan
holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i
lozim.
4. Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali
foydalanilgan holda tashkil etilishi lozim.
5. Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish
darkor.
6. Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bo’lishi
lozim, o’quvchi talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7. Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy
xususiyatlari e’tiborga olingan holda olib borilish kerak.
8. Darsning mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy ma’naviy
merosidan, ma’naviy qadriyatlaridan samarali foydalanish.
9. O’tilayotgan mavzuning mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi
o’zgarishlardan o’quvchi talabalarni xabardor qilish.
10. Darsda Prezidentimiz I. Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz
kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata aytgan murojaatlaridan o’z
o’rnida foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |