41
E’tirof etish joizki, iqtisodiy muammolar ichida O’zbekiston Respublikasi
uchun mavjud
foydalanilayotgan yerlar samaradorligini oshirish, yerlarni
muhofaza qilish, tuproqlar unumdorliklarini tiklash va oshirib borish kabilar
muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ushbu masalalarni har tomonlama to’g’ri hal
qilish iqtisodiyot tarmoqlarida yerdan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qator
muammolarni oqilona yechishda yer baholash ma’lumotlaridan foydalanish so’zsiz
ijobiy samara beradi.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini yillar davomida dalalar bo’yicha ilmiy asosda
navbatlab ekish almashlab ekish deyiladi.
Almashlab ekish dalalarda o’tkaziladigan barcha agrotexnik tadbirlarning
asosi bo’lib hisoblanadi. U to’g’ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar
hosildorligini oshirishni, begona o’tlar, zararkunanda hamda kasalliklarni keskin
kamayishini ta’minlaydi.
Agar bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilsa, u surunkasiga ekish
deyiladi.Xo’jalikda asosan bitta ekin surunkasiga yetishtirilsa, bu monokultura
deyiladi. Mono - yunoncha so’z bo’lib bir, yagona demakdir. Masalan, xo’jalikda
monokultura sifatida yetishtirilayotgan bug’doy toza shudgor bilan almashsa,
uning surunkasiga ekilishi uziladi, lekin monokulturaligi saqlanadi. Surunkasiga
ekish va monokulturaning zarari juda katta. Bir ekin bitta dalada uzoq yillar
davomida ekilaversa shu ekinga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va
kasalliklar ko’payib ketadi. O’zbekistondagi ko’pgina xo’jaliklarda g’o’zani uzoq
yillar davomida almashtirilmasdan ekish natijasida vilt bilan zararlangan
maydonlar ko’paydi.
Bir maydonning o’zida bir xil ekin uzoq vaqt ekilsa oziq elementlarining bir
tomonlama kamayishi yuz beradi.Ma’lumki, ekinlarning oziq elementlariga talabi
turlicha bo’ladi. G’alla ekinlari, kartoshka fosforni, ildizmevalilar kaliyni,
dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Bundan
tashqari turli o’simliklarning ildiz sistemasi har xil bo’ladi va suv hamda oziq
moddalarni tuproqning turli qatlamlaridan har xil miqdorda o’zlash-tiradi.
Surunkasiga ekishning zarari rivojlangan mamlakatlarda o’tkazilgan ilmiy
42
tajribalarda olingan natijalar bilan isbotlangan.K.A.Timiryazev nomidagi Moskva
qishloq xo’jalik akademiyasida 1912 yildan buyon ko’p yillik tajriba olib boriladi.
Unda kuzgi javdar, suli, kartoshka, zig’ir, sebarga surunkasiga hamda olti dalali
almashlab ekiladi va toza shudgor bilan hosili taqqoslanadi. Bu ekinlar surunkasiga
ekilganda ularning hosildorligi har xil miqdorda kamaygan.Almashlab ekish dala-
larida esa hosil sezilarli darajada ortiq bo’lgan.
Zig’ir, sebarga surunkasiga ekishga bardosh berolmay, fuzarioz va boshqa
kasalliklardan umuman nobud bo’lgan. Kartoshkaning hosili esa, unchalik
kamaymagan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda ekinlarni surunkasiga ekish ularning
hosildorligini 10-40 % gacha, kamayishiga, ba’zi hollarda esa, o’simliklarning
kasalliklarini ko’payishi tufayli umuman nobud bo’lishiga olib kelar
ekan.Jumladan, yer baholash materiallari quyidagi qator masalalarni ijobiy hal
qilishda foydalaniladi: qishloq xo’jaligi tarmoqlarini to’g’ri joylashtirish; qishloq
xo’jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq xo’jalik korxonalari ishlab
chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va boshqa ishlab chiqarish
vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yer solig’i stavkalarini belgilash;
ijara haqi miqdorlarini aniqlash; qishloq xo’jalik yerlarini noqishloq xo’jalik
maqsadlari uchun ajratishda qishloq xo’jaligi ko’radigan zararni o’rnini qoplash
miqdorlarini hisoblash; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish baholarini belgilash;
xo’jaliklararo va xo’jalikda yer tuzish loyihalarini asoslash va boshqalar.
Xo’jalik yer turlari tarkibini belgilash va almashlab ekishni tashkil qilishning
asosiy vazifasi har bir gektar foydalaniladigan yerdan minimal zaruriy harajatlar
yordamida maksimal hajmdagi, yuqori sifatli bozor talab qiladigan mahsulot
yetishtirish uchun yer maydonlarini moslash va ishlab chiqarish uchun qulay
tashkiliy sharoit yaratishdir.