1-MAVZU
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari
REJA:
Dinshunoslik fanining predmeti.
Dinshunoslik fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad.
Dinning jamiyatdagi funksiyalari.
Tayanch so’z va iboralar: din, diniy e’tiqod, ijtimoiy ong, dialektika, ijtimoiy borliq, jamiyat, dunyoqarash, kompensatorlik, komunikativlik, integrativlik.
Dinshunoslik fani XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. O’sha davrda olimlar (E.Taylor va b.) tarix, arxeologiya, etnografiya va lingvistika fanlari asosida to’plagan ma’lumotlarga asoslangan holda, dinni tabiiy, erdagi sabablar asosida tushuntirdilar. Shuningg uchun ham ularning nazariyasi o’z vaqtida progressiv ahamiyatga ega bo’lgan. Talabalarga dinshunoslik fanining vujudga kelishida Markaziy Osiyo mutafakkirlari, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining ta’limotlari nazariy asos bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz kerak. Markaziy Osiyoda xurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar – deizm, panteizm buyuk mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyomlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushtning “Ikki haqiqat” ta’limotida olg’a surilgan. XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik va turli oqimlarni yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Talabalarga bir necha maktablarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: XIX asrdagi mifologik maktab namoyondlari (aka-uka Y.A. va V.Grimm, M. Myuller); antropologik maktab namoyondasi (L. Feyerbax). XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveysariyalik psixolog K.Yang va fransuz olimi E. Dyurkgeymning “kollektiv ong” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Talabalar diqqatini bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarni talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilish ko’zda tutilganligiga qaratish kerak.
Dinshunoslik fani taraqqiyoti jarayonida ma’lum usullarga asoslanib izlanishlar olib borilgan va bu izlanishlarning natijasida muhim xulosalar shakllangan. Talabalar diqqatini mana shu xulosalarga qaratish maqsadga muvoffiqdir:
har qanday din ijtimoiy hodisa bo’lib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir;
diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi;
ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar evolyusion taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |