muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar.
Hind adabiyoti juda boy, uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega va bu adabiyotning boshlanishi Vedalardir. Vedalar doimo asos-manba bo’lib qolaveradi. Rigveda o’z sohasida nafaqat eng ko’zga ko’ringan kitob, balki Hindistonning o’sha davr voqealari haqida xabar beruvchi noyob manba hamdir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular o’z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat:
Samaveda – «qo’shiqlar vedasi»
Atxarvaveda – «afsun va jodular vedasi»
2 Ќаранг: Диншунослик асослари. Т.: «Ўзбекистон», 1995, 48-бет.
Rigveda. Rigveda – «madhiyalar vedasi» ma’nolarini beradi. Veda o’sha davrda yashagan insonning o’zi va uni o’rab turgan olam: xudolar, jin-shaytonlar, fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum, milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimning barchasini o’z ichiga oladi. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to’plami, ya’ni, diniy yodgorlik bo’lib, uning mualliflari, rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og’dirish bo’lgan. Ular madhiyalarni kuylab xudolarni maqtaganlar, ularning qahramonlik va sharaflarini ulug’laganlar, ularni qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so’ng ulardan oriylarni qo’llab-quvvatlash hamda hayot farog’atlarini ato etishlarini so’raganlar. Xudolarga ta’cir etishning eng asosiy yo’li – ularga madhiya aytish bo’lgan. Rigveda qadimgi yunon dostonlari «Iliada» va «Odisseya»ning birgalikdagi umumiy hajmiga teng keladi.
Samaveda. Boshqa vedalar orasida Rigvedaga ko’proq bog’liq bo’lgani bu Samavedadir. U hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan (çākhā aynan. shahobcha): Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Rānāyaniya). Kautxuma to’plami 1810 she’rdan iborat bo’lib, undan faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar, asosan, Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo’lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o’qiladi. To’plam ikki qismdan iborat: birinchi kichikroq bo’lgan hajmi Agni, Indra ilohiyatlariga, ikkinchisi Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo’shiqlardan iborat. Hindistonda hozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar – samavedinalar saqlangan bo’lib, ularning turli maktablari mavjud. Keyingi paytlarda qadimiy musiqiy an’ananing davomi deb da’vo qilinayotgan zamonaviy ijro san’atini o’rganish bo’yicha ko’p ishlar qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |