Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningqaror I


 shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi



Download 81,95 Kb.
bet2/5
Sana10.07.2021
Hajmi81,95 Kb.
#114994
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahalla va oilani qoʻllab4

99 shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

336 shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

1 624 shtat birligidan iborat tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziriga (keyingi oʻrinlarda – vazir):

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Vazirlik faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalar hamda xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosari – vazirga hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlari birinchi oʻrinbosarlari – Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.

4. Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

Vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari;

faoliyat yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni bajarish

va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya homiylik mablagʻlari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi istiqbolli kadrlarni Milliy kadrlar rezerviga qoʻshish uchun tanlov saralashlarini tashkil qilishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ham inobatga olsin.

7. Vazirlik ikki oy muddatda:

markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarning Vazirlikka yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;

tarkibiy va boʻysunuvidagi boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin.

8. Belgilansinki, Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari

va tashkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklarining:


Download 81,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish