14-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari
Foiz stavkalari va ularning turlari. Foiz stavkasining darajasiga ta’sir etuvchi omillar: hisob-kitob pul birligi; to‘lov muddati; kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski yoki defolt riski.
Riskli aktivlarning daromadlik stavkalari va ularning o‘lchash tartibi. Kapitalga daromadning manbalari: dividentlar; aktsiya bozor kursining o‘sishi. Bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi. Qo‘yilgan kapitalning umumiy daromadliligi.
Bozoriy indekslar va indekslashtirish strategiyasi. Fond indekslari. Indeksatsiyalash. Investorning xarajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslashtirish strategiyasining ustunligi (afzalligi).
Inflyatsiya va real foiz stavkalari. Nominal va real narx (baho). Foiz stavkalarini tenglashtirish. Daromadlik stavkasi darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |