II modul. Moliyaviy bozorlar, instrumentlar va vositachilar
11-mavzu. Moliyaviy infratuzilma
Moliyaviy infratuzilma va uning tarkibi: buxgalteriya hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlari; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlar; moliyaviy tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi (tartibga soluvchi) idoralar. Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari. Buxgalteriya hisobi tizimlari.
12-mavzu. Moliyaviy yangiliklar
Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko‘rinmas qo‘li”. Moliyaviy yangiliklarning ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida yuzaga kelishi. O‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individning uning maqsadiga kirmaydigan natijaga “ko‘rinmas qo‘l” tomonidan yo‘naltirilishi. Innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |