O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida
Xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va boyitib borish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” hamda “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida Konvensiya ratifikatsiya qilindi.
Ushbu Konvensiya doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Shu bilan birga, moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining aksariyati ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan, ularning turistik salohiyatidan samarali foydalanish talab darajasida emas.
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, boshqarish hamda ulardan oqilona foydalanishning yagona mexanizmini ishlab chiqish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning taklifini inobatga olib, 2018 — 2023-yillarda moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, asrash,
ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda respublika komissiyasi deb yuritiladi),
shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi 1 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Aripov):
o‘n besh kun muddatda obyektlarning tarixiy-madaniy ahamiyati, muhofaza qilish ahvoli va texnik holati, obyektlardan oqilona foydalanish va ularning samaradorligi, shu jumladan, turistik potensiali kabi mezonlar asosida moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2018-yil 1-aprelga qadar yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tomonidan hududlarda malakali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhlarini tuzgan holda respublikadagi barcha moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini tashkil etsin, shuningdek, xatlov natijalari bo‘yicha obyektlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va doimiy yangilanib boruvchi yagona elektron ma’lumotlar bazasi yaratilishini ta’minlasin;
yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlar bilan birgalikda sohadagi holatni chuqur tahlil qilsin, bu borada ilg‘or xorijiy tajribani hamda xalqaro ekspertlar, akademik doiralar va keng jamoatchilik vakillarining taklif-mulohazalarini atroflicha o‘rgansin;
2018-yil 1-mayga qadar xatlov va o‘rganish natijalari asosida 2018 — 2023-yillarda moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi va uning faoliyatini tashkil etadi;
moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlariga obyektlar holati bilan to‘liq tanishish uchun imkoniyat yaratsin hamda obyektlarga oid materiallarni taqdim etsin, shuningdek, respublika komissiyasi va yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlarining faoliyatini samarali tashkil etishiga ko‘maklashsin.
5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-yanvar,
F-5181-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi F-5181-son farmoyishiga
1-ILOVA
2018 — 2023-yillarda moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
A. Aripov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, respublika komissiyasi raisi
|
lavozimi bo‘yicha
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari
|
B. Sayfullayev
|
—
|
Madaniyat vaziri
|
B. Xodjayev
|
—
|
Iqtisodiyot vaziri
|
Sh. Shermatov
|
—
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.
|
A. Xaydarov
|
—
|
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
|
I. Madjidov
|
—
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
|
B. Zokirov
|
—
|
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi
|
A. Abduxakimov
|
—
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
|
A. Abdullayev
|
—
|
Yer resurslari, geodeziya. kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
|
A. Axmedxadjayev
|
—
|
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi
|
O. Yusupov
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi
|
B. Yo‘ldoshev
|
—
|
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
|
A. Nuridinov
|
—
|
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
|
R. Boxodirov
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijiy davlatlardagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori
|
U. Alimov
|
—
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
|
Sh. Javlonov
|
—
|
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
|
Sh. Pidayev
|
—
|
San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori
|
J. Ismoilova
|
—
|
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
|
A. Irgashev
|
—
|
Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i
|
M. Jumaniyazov
|
—
|
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
|
M. Madjidov
|
—
|
Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, respublika komissiyasi kotibi
|
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi F-5181-son farmoyishiga
2-ILOVA
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh
TARKIBI
U. Qo‘qonboyev
|
—
|
Madaniyat vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari
|
B. O‘rokov
|
—
|
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
M. Ro‘zmetov
|
—
|
Yer resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
O‘. Xasanboyev
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
A. Mansurov
|
—
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
|
A.Rahmonov
|
—
|
Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bosh arxitektori
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi F-5181-son farmoyishiga
3-ILOVA
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlaridan foydalanish holatini tahlil qilish hamda ularning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan taklif ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh
TARKIBI
B. Sayfullayev
|
—
|
Madaniyat vaziri, ishchi guruh rahbari
|
A. Karimov
|
—
|
Moliya vaziri o‘rinbosari
|
A. Ortiqov
|
—
|
Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari
|
K. Akilova
|
—
|
Madaniyat vaziri o‘rinbosari
|
Sh. Shorahmetov
|
—
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
|
Sh. Burnashev
|
—
|
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
|
Sh. Javlonov
|
—
|
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
|
A. Ikramov
|
—
|
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi
|
Sh. Pidayev
|
—
|
San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori
|
J. Ismoilova
|
—
|
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori
|
A. Irgashev
|
—
|
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi F-5181-son farmoyishiga
4-ILOVA
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida moliyaviy tushumlarni hisobga olish va
ulardan maqsadli foydalanish, shuningdek ularni ta’mirlash, tiklash va konservatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh
TARKIBI
A. Karimov
|
—
|
Moliya vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari
|
U. Qo‘qonboyev
|
—
|
Madaniyat vaziri o‘rinbosari
|
A. Ortiqov
|
—
|
Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari
|
O‘. Xasanboyev
|
—
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
A. Mansurov
|
—
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
|
A. Irgashev
|
—
|
Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 08/18/5181/0574-son)