O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


«Olmaliq KMK» AJINNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI YUKSALTIRISH



Download 65,84 Kb.
bet14/15
Sana08.01.2021
Hajmi65,84 Kb.
#55055
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi abror

4.«Olmaliq KMK» AJINNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI YUKSALTIRISH


XURSANOV ABDULLA XOLMURADOVICH

"Olmaliq KMK" AJ Boshqaruv raisi

Telefon: +998 78 141-90-60

ABDUQODIROV ABDUJALIL ABDUXALILOVICH

Bosh muhandis - Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosar'i v.b.

Telefon: +998 78 141-93-40

ISROILOV OTABEK TURAKULOVICH

Mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari v. b.

Telefon: +998 70 61 9-22-70

POPOV DMITRIY ALEKSANDROVICH

Istiqbolli rivojlantirish va investisiyalar bo’yicha boshqaruv raisining o'rinbosari

Telefon: +998 78 141-93-40

OKMK – katta hajmdagi tabiiy resurslar, yuqori ishlab chiqarish-texnik baza hamda malakali mutaxassislarga ega bo’lib, nafaqat mamlakatimiz, balki, Markaziy Osiyo hududining iqtisodiyotida ham muhim o’rin egallaydi.

O’zining ishlab chiqarish salohiyati bo’yicha OKMK haqli ravishda respublikamizda rangli metallar bayroqdori sanaladi. Bu o’ziga xos ishlab chiqarish majmuasi bugungi kunda qirqdan ziyod tarkibiy bo’linmalarga egadir. Kombinat tarkibiga bugun oltita kon, beshta boyitish fabrikalari, sulfat kislota ishlab chiqarish salohiyatiga ega ikkita metallurgiya zavodi, ohak zavodi, nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqaruvchi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, 2 ta sement zavodi, mis quvurlari ishlab chiqarish zavodi, markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasi, 6 ta avtokorxonaga ega bo’lgan avtomobil taransporti boshqarmasi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish boshqarmasi, shuningdek, yigirmadan ziyod yordamchi sex va laboratoriyalar kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Murojaatnomasi hamda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash» yili dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida OKMKda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantrish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha muntazam ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 yil davomida Fanlar akdemiyasining ilmiy tadqiqot institutlari, OTM va innovatsion markazlar bilan jami 1,5 mlrd so’mlik 20 ta shartnomalar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq OKMK Innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash Fondi tashkil etildi.

Mazkur Fond mablag’lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan: yangi texnik ishlanmalar, uslub va texnologiyalarni, tajriba – sanoat tadqiqotlarini, tajriba mahsulotlarini ishlab chiqarishni, seriyali ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun tayyorlov tadbirlarni realizatsiya qilish, ilmiy tadqiqot institutlari va OTM bilan tuzilgan  shartnomalarini bajarish, informatsion ilmiy texnik resurslar va adabiyotlarni xarid qilish.

 Joriy yilda OKMKning tegishli korxona va bo’linmalar rahbarlari va mutaxasssilari  ishtirokida 50 dan ziyod ilmiy takliflar muhokama qilindi.

Muhokamalar natijasida bir nechta ishlanmalar bo’yicha yiriklashtirilgan laboratoriya va tajriba-sanoat tadqiqotlari olib borilmoqda.

Importni qisqartirishga qaratilgan innovatsion loyihalar alohida e’tiborga olingan. Jumladan, «Dautash» koni rudasidan yuqori sifatli marganes konsentratini ajratib olish bo’yicha tajriba sinov ishlari uchun tayyorgarlik ko’rilmoqda. OKMKning ushbu konsentratga bo’lgan ehtiyoji bir tonnasi uchun 1100 AQSH dollari qiymatidagi 1700 tonnadan iborat.

Xonjizza kon boshqarmasi bazasida mahalliy xomashyodan faollashtirilgan ko’mirni ishlab chiqarish bo’yicha sanoat tajriba sinovlari o’tkazildi. Natijalar ijobiy bo’lib, 2019 yilda mazkur mahsulot importini to’xtatishga erishiladi.

Shuningdek, OKMK ishlab chiqarish – texnik kengashi texnogen chiqindilardan molibden, temir, vanadiy, oltin kislotasini ajratib olish va mahalliy xomashyodan yangi flotoreagent qo’llash bo’yicha 5 ta amaliy ishlanmalarni tasdiqladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3855 sonli qarori asosida mahalliy olimlarimizning 6 ta ishlanmalarini kommersializatsiya qilish bo’yicha Yo’l xaritalari tasdiqlandi.

Mazkur qarorga muvofiq OKMK quyidagi ishlanmalarni ham tayyorlashni qo’llab quvvatlamoqda:


  • Xavo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini o’lchash uchun radonometr

  • kuydirish pechlari uchun SCADA dasturi asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv pultini ishlab chiqarish; 

  • xo’jalik ehtiyojlari, tomchilab sug’orish, chang ushlab qolish, oqova suvlarini tozalash uchun filtrlar ishlab chiqarish; 

  • Polimer mahsulotlar, yog’och, rangli metallarga ishlov berishda qo’llaniladigan keramik kesuvchi asboblarni ishlab chiqarish. 

O’zbekiston Respublkasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi  №3409 sonli «O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida ikki topmonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish chora tadbirlari» to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar IICHB qoshida O’zbek – Koreya ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil qilish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.11

Hozirgi paytda Vazirlar Mahkamasi va KIRAM (Koreya Instituti) bilan kelishilgan holda  O’zbek – Koreya nodir metallar va qotishmalar ilmiy – texnologik markazini yaratish bo’yicha Konsepsiya imzolandi.

Konsepsiyada O’zbek – Koreya nodir metallar va qotishmalar ilmiy –texnologik markazini yaratish va faoliyatini tashkil etish ko’zda tutilgan bo’lib, mazkur markazni bino hamda ilmiy va laboratoriya uskunalari, hamda malakali xodimlar bilan ta’minlash OKMK zimmasiga yuklatilgan.

KIRAM mazkur markaz oldiga qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun Janubiy Koreyadan yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etish hamda innovatsion xarakterga ega hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot ishlarini, ilmiy seminarlarni, markaz xodimlarini malakasini oshirish ishlarini bajaradi.

OKMK har yili o’tkaziladigan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida faol ishtirok etib keladi. 2013 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davr ichida Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari, OTM va innovatsion markazlar bilan jami 1 883,7 mln. so’mlik 31 shartnoma tuzilgan.

Shuningdek, ratsionalizatorlik faoliyatni qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarga to’xtaladigan bo’lsak, 2013-2017 yy. OKMKti miqyosida jami 237 ratsionalizatorlik takliflari berilgan bo’lib, ulardan 114 tasi ishlab chiqarishga tadbiq etilgan, va ularning iqtisodiy samaradorligi 22,3 mlrd so’mni tashkil etadi.

OKMKning innovatsion rivojlanish modeli kombinatning barcha korxona va xizmatlarini ilmiy muassalar bilan bevosita hamkorlik qilishni, kombinat ilmiy texnik extiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, ishlab chiqarish amaliyotiga ilmiy natijalarni faol tadbiq etish, shuningdek, ilmiy yutuqlarni tadbiq eta olishga qodir mutaxasislarni tayyorlashni ko’zlaydi.

2-mavzu, ya’ni “O’zbekiston – Koreya Nodir metallar va qotishmalar ilmiy-texnologik markaz” faoliyati hususida “Olmaliq KMK” AJ Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktorining ilm-fan bo’yicha o’rinbosari, O’zbekiston - Koreya ilmiy texnologik markaz rahbari, texnika fanlari doktori, professor A.Hasanovning ma’ruzasi tinglandi.

So’ng, Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” ilmiy-texnologik kompleksining ilmiy rahbari, Akademik – Nigmatov Soyibjon Sodiqovich so’zga chiqdi:

Ilmiy-texnologik kompleksimiz “Olmaliq KMK” AJ bilan metallurgiya sohasida yaqindan ilmiy hamkorlik qiladi. Masalan, misni pirometallurgik usulda ishlab chiqarishda, mavjud texnologik jarayonda xosil bo’ladigan eritmadagi zararli magnetit (uch valentli temir oksidi) miqdorini kamaytirish hisobiga mis chiqishini oshirish innovatsion texnologiyasi yaratilib Olmaliq  kon metallurgiya kombinatining Mis ishlab chiqarish zavodida joriy etishga tavsiya etilgan. Natijada, yiliga bir ming tonnadan ortiq qo’shimcha mis chiqishi imkoni yaratilgan.

Ilmiy-texnologik kompleks akademigi ma’ruzasiga Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “Fan va taraqqiyot” ilmiy-texnologik kompleksining eksperti, Texnika fanlari doktori, professor, Sharipov Xasan Turopovich qo’shimcha qildi:

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining texnogen chiqindilarini atrof muhitga zararini bartaraf etish, hamda uning tarkibidagi qimmatbaho va nodir metallarni ajratib olib qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish maqsadida ulardan molibden, reniy, temir va boshqa metallarni ajratib olish texnologiyasining kengaytirilgan laboratoriya sinovlarini yakunlab tajriba-sanoat miqyosida sinovlarni o’tkazishga tayyorlanmoqdamiz. Olingan natijalar asosida texnogen chiqindilardan yiliga 2,5 t. molibden, 7 ming t.gacha temir tuzi va 200 kg.gacha reniy olish mumkin bo’ladi.



Download 65,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish