Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi


Inson bor ekan, xotira – muqaddas



Download 65,79 Kb.
bet6/6
Sana16.05.2023
Hajmi65,79 Kb.
#939152
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
32-hafta

Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan hech bir kishini xotirasidan forigʻ qilmaydi.

Xotira bor ekan, tirikdir millat,


Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira-elni xalq etguchi qudrat
Xotira –ertani yoritguchi nur

Xotira va qadrlash. Mana shu ikki soʻzda men oʻzligimizni, millatimiz qiyofasini koʻraman. Negaki, oʻzbek xalqi hamisha ajdodlari xotirasiga sadoqatli, keksa-yu yoshga mehr-oqibatli boʻlib kelgan. Bu ulugʻ qadriyatga hamisha amal qilingan. Aslida xotira va qadrlashni bir-biridan ayro tasavvur etish mushkul. Chunki el-ulus orasida, yaqinlari bagʻrida qadr topgan insongina bu dunyoni tark etganida ham mehr ila yodga olinadi, avlodlar xotirasida yorqin asraladi, tiriklikdagi ezgu-amallari tildan tilga oʻtadi, avlodlarda davom etadi. Ayniqsa, Vatan ozodligi, millat hurligi, el tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida sarf etilgan umr, baxshida etilgan jon millat yuragiga muhrlanadi. Bunday umrlar mangulikka hamnafasdir.


Davlatimiz tomonidan 9-may sanasining Xotira va qadrlash kuni deb, eʻlon qilinishi esa, bu qadriyatni yanada yuksak miqyosga olib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, front orti zahmatkashlari va mehnat faxriylarini ziyorat qilish, asrlarga tutash xotiralaridan bahramand boʻlish, oʻgit va nasihatlariga quloq tutish, umr yoʻllaridan oʻrnak olish barchamiz uchun zarur amallardan biridir. Negaki, qariyalari qadrlangan elning qadri baland, kelajagi nurli. Negaki, Vatan yangligʻ tengsiz maskanning har osuda lahzasini nafaqat olmos bilaklar, nuroniylarning nurli duolari ham asrab turadi.
Xotira va qadrlash kuni avlod-ajdodlarimizning soʻngi manzili boʻlgan qabristonlarni obod qilish yoʻlidagi saʻy-harakatlar bilan ham eʻtiborga molikdir. Turli sabablar ila yaqinlarining qabrini ziyorat qilishga imkon topolmaganlar uchun-da, muhim fursatdir, bu sana. Shu kun qabristonlarni obod qilish, koʻkalamzorlashtirish asnosida, oʻtganlar xotirasi yodga olinadi. Xotira aziz, qadr muqaddas, deganlaridek, bunday ulugʻ kunlar muazzam qadriyatlar bardavomligidan dalolat.
Xotira va qadrlashning istiqlol avlodlari uchun muhim jihatlaridan yana biri, mustaqilligimizni asrash yoʻlida jon fido etgan sheryurak oʻgʻlonlarimiz jasorati, tarix zarvaraqlariga muhrlangan aziz nomlari mangulikka daxldor ekanidan bong urib turadi. 
Ularning ota-onalari bilan boʻlgan suhbatlardan birida “Oʻgʻlimning erkimiz yoʻlidagi jasoratini el-yurtimiz unutmaydi, bunga ishonaman”, degan edi qahramonning otasi. Darhaqiqat, bu elimiz qon-qoniga singib ketgan aziz qadriyat. Negaki, millat uchun, uning istiqloli uchun jonini qurbon qilganlarni unutish, oʻzlikni unutish bilan barobar. Men bu sheryurak oʻgʻlonlarni togʻlarga qiyoslagim keladi. Ular metin qoyalar yangligʻ hamisha millat xotirasida qad rostlab turadi.

Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,


Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan

Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuygʻu. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan oʻtib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson oʻzgalarga samimiyatda boʻlib, hurmat-ehtirom koʻrsatsa, oʻzi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor boʻladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan oʻchmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.


Keksalarni qadrlash millatimizga xos ulugʻ fazilat. Ayniqsa, yoshi ulugʻlarni e’zozlash, gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning pand-nasihatiga quloq tutish, parvarishlash va ardoqlashda bizga yetadigani yoʻq. Birgina dasturxon atrofidagi holatni olaylik. Yoshi katta insonlar davra toʻridan joy olmogʻi shart va ulardan oldin dasturxon ne’matlariga qoʻl uzatilmaydi. Buni hatto sabri sayqallanmagan bolakaylarimiz ham yaxshi anglashadi. Shuningdek, ularning soʻzini boʻlib fikr bildirilmaydi. Ulardan ruxsatsiz, ularning duolarisiz dasturxondan turilmaydi. Ba’zida keksalarimizning “qariganing sari qaytadan yosh bolaga aylanib, qarovga, mehrga muhtoj boʻlib qolarkansan”, deya xijolatlik ila aytgan nolishlari qulogʻimizga chalinadi. Ha, nafaqat oʻgʻil-qizlarini, nabiralarini-da koʻtarib katta qilgan, opichlab ulgʻaytirgan baquvvat qoʻllar, tik qomatlar, oʻtkir nigohlar hayot silsilasida toliqib, egilib, nursizlanib boradi. Yaqinlari e’tiboriga, qaroviga muhtoj boʻlib boradi. Shunday paytda har bir inson bu yoshi ulugʻlar biz uchun mehmon ekanligini, bir kun kelib ularni topolmay, aytgan soʻzlariga ham zor boʻlib qolishimizni vaqtida anglab yetishimiz kerak.
Rivoyat qilishlaricha, kampiridan ayrilib yolgʻiz qolgan chol ovqatlanayotganda qoʻllari qaltirab ovqat suzib berilgan chinni kosani sindirib qoʻyadi. Buni koʻrgan kelin achchiq gaplar aytib uning koʻnglini vayron qiladi. Oʻgil esa otasini hovli chetidagi zax joyga eltib tashlaydi. Kelin eski yogʻoch kosada qaynotasiga taom beradigan boʻladi. Cholning yolgʻiz ovunchog‘i kichkinagina nabirasi edi.
Bir kuni bola qoʻliga pichoq olib yogʻoch yoʻnib oʻtirganini koʻrgan ogʻil farzandidan “Ogʻlim nima qilyapsan?” - deb soʻradi.
-Dadajon, oyim eski yogʻoch kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yogʻoch kosa yasayapman, katta boʻlganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.
Goʻdakning bu ibratli gapi oʻgʻilga qattiq ta’sir qildi. Darhol zax xonada yotgan otasining huzuriga kirdi, tiz chokdi, koʻz yosh toʻkib, uzr soʻradi.
(T.Malik. “Odamiylik mulki”)


Download 65,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish